Allergik reaksiya sodir bo‘lishida biogen omillar ahamiyati.
Antigista’min dori-darmonlar.
Organizmga ba’zi antigen moddalar
(oqsil tabiatli, polisaxaridli antigenlar, bir qancha dorilar) tushganda
organizmning sensibilizatsiyalashgan holati (darhol yuzaga chiqadigan
turdagi ota sezuvchanlik holati) rivojlanadi. Osha antigenning ozi bir
necha daqiqa davomida organizmga yana tushadigan bo‘lsa, bu
gista’min shokining deyarli aniq nusxasidan iborat bo‘lgan o‘tkir
reaksiya boshlanishiga olib keladi (anafilaktik va allergik reaksiyalar).
Bu reaksiyalar mexanizmi semiz hujayralardagi gista’min ajralib
chiqishini o‘z ichiga oladi. Bu hujayralardan gista’min ularning yuzasida
antigen-antitana ta’siri yuzaga kelishi natijasida ajralib chiqadi.
Ushbu reaksiyalarni oldini olish va davolashda antigista’min
preparatlaridan foydalaniladi: sanorin, pipolfen, dimedrol,
glyukokortikoidlar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |