«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
37
Respublikamizda universitetlarda va pedagogika oliy o‘quv yurtlarida
zoologiya fanidan qo‘lanilib kelinayotgan namunaviy o‘quv dasturlarida umurtqasiz
hayvonlardan quyidagi mavzular talabalar tomonidan mustaqil ish sifatida
bajarishlari rejalashtirilgan:
1.
Chlorophyta tipi, volvokslar. Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar.
2.
Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellata), Retortamonada va Axostylata tiplari.
3.
Taroqsimonlar (Ctenophora) tipi.
4.
Mesozoa: Orthonectida va Dicyemida tiplari: umumiy tavsiflari; filogeniyasi.
5.
Kurakoyoqli mollyuskalar(Scaphopoda) sinfi.
6.
Echiura va Sipuncula tiplari.
7.
Onychophora va Tardigrada tiplari.
8.
Dengiz o‘rgimchaklari (Picnogonida) sinfi.
9.
Priapulida, Loricifera, Kinorhyncha tiplari vakillarini xilma-xilligi.
10.
Gnathifera katta tipi. Umumiy tavsifi. Gnathostomulida tipi: tavsifi, xilma-xilligi.
11.
Kamptozoa va Cycliophora tiplari.
12.
Lophophorata katta tipi.
O‘qituvchi mustaqil ishlash topshiriqlarini ishlab chiqarishga o‘quvchi-
talabalar bilimini ular egallagan va egallashi lozim bo‘lgan amaliy va o‘quv
ko‘nikmalarini hisobga olishi lozim.
Mustaqil ishlarni tabiiy obyektlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari ekran va
kompyuter vositalari orqali tashkil etish mumkin. Mustaqil ishlar o‘quvchi-talabalar
o‘quv faoliyatining eng muhim doimiy tarkibiy qismi bo‘lishi lozim. Bu, ayniqsa,
hozirgi davrning eng dolzarb muammosi hisoblanadi.
Fan, texnika va jamiyat taraqqiyotining misli ko‘rilmagan darajada
jadallashuvi, o‘quvchi-talabalarni bilishi va esda saqlab qolishi lozim bo‘lgan
axborotning kun sayin ortib borishi tufayli ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsining
asosiy o‘ringa chiqishi, ya’ni «o‘qituvchi-darslik-o‘quvchi» paradigmasi yangi
«o‘quvchi-darslik-o‘qituvchi» sistemasi bilan almashishi lozim. Hozirgi ta’lim
tizimida o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilarning mustaqil bilim olish
faoliyatini tashkil etish, ularni mustaqil bilim olishga va olgan bilimlarini amaliyotga
tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat. Buning uchun o‘qituvchi faqat tayyor bilimlarni
o‘zlashtirishga yordam beradigan metodlardan foydalanish bilan cheklanmasdan,
balki yangi bilimlarni o‘zi mustaqil o‘zlashtirishga, ular dunyoqarashini
shakllantirishga imkon beradigan texnologiyalar tanlab olinadi.
Mustaqil ishlash uchun beriladigan mavzular va ishlar individual xarakterda
bo‘lib, talabalarning Zoologiya fani bo‘yicha ma’lumotlarni chuqur o‘rganishga
qaratilgandir. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga
olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |