Faxriddin Ismoilovning chorvachilikdagi boy tajribasi soha vakillariga namuna. Mehnatsevarligi va tashkilotchiligi tufayli odamlar orasida hurmat qozongan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 26-avgustdagi farmoniga binoan Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Baxt imkon rivoj chorvasi» fermer xo‘jaligi rahbari Faxriddin Ismoilov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
– Mehnat qadrlanadigan yurtda yashash – baxt, – deydi F.Ismoilov. – Bugun mehnat qilgan kam bo‘lmayapti. Fermer xo‘jaligimiz 2006-yilda tashkil topgan. Dastlab, 330 boshdan ko‘proq mahalliy qoramol boqdik. 2010-yilda Germaniyadan 93 bosh “Shvits” zotli qoramol olib keldik. Keyinchalik har yili 300-400 bosh qoramol olib kelishni yo‘lga qo‘ydik. Hozir zotli qoramollar soni ikki yarim ming boshga yetdi.
Xo‘jalikdagi yuqori mahsuldor “Simmental”, “Golshtin friz”, “Shvits” zotli qoramollarning har biridan bir kunda o‘rtacha 24 litr sut sog‘ib olinmoqda.
Qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida echkichilik yo‘lga qo‘yildi. Yangi loyihani amalga oshirish uchun xo‘jalikka Germaniyadan “Zaanen” zotli echkilar olib kelindi. Ularning har biridan 3-3,5 litr sut sog‘ib olinmoqda. Hozir echkilar soni 650 yetdi.
Joriy yil mulkdorga xayrli keldi. O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun "Tashabbus – 2017" ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichida Faxriddin Ismoilov «Yilning eng yaxshi fermeri» yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
– Bunday nufuzli tanlovda g‘olib bo‘lish katta sharaf, – deydi F.Ismoilov. – Raqobat juda kuchli bo‘ldi. Chunki ko‘rik-tanlovda eng ilg‘or va salohiyatli tadbirkorlar qatnashdi. Mamlakatimizda bunday tashabbuskorlar ko‘p va ular turli sohalarda faoliyat yuritmoqda. Istiqboldagi rejalarimiz talaygina, jumladan, xalqaro bozorga chiqishni mo‘ljallaganmiz.
Xo‘jalikka Ulug‘nor tumanidan 1,5 ming gektar yer ajratildi. Hozir 400 gektarga yong‘oq ekilmoqda. Qolgan maydonlarda 10 ming bosh echki va 2 ming bosh qoramol parvarishlashga mo‘ljallangan zamonaviy kompleks qurish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, biogaz ishlab chiqarish tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Joriy yilning oxiriga qadar kuniga 2 ming kub metr biogaz ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.
Keyingi yillarda dunyo miqyosida vujudga kelgan ekologik muammolarni ijobiy hal etishda muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
B iogaz ana shunday energiya manbalardan biri. Uni olishning qulayligi ko'pchilikka ma'qul bo'lmoqda. Arzon va qulay texnologiyaning afzalliklarini anglab etgan kombinat mutaxassislari 2013 yilda «Do'stlik» agrofirmasi parrandachilik fermasida sutkasiga 200 kub metr, 2014 yilda esa chorvachilik fermasida sutkasiga 400 kub metr biogaz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan qurilmalarni ishga tushirishdi.
- Biologik gaz asosan, daraxt, o'simliklar, barglar, shox-shabba chirindilari, ishlab chiqarish sexlari (sut zavodi, meva sabzavotlarni qayta ishlash sexi, kushxona)ning chiqindilaridan olinadi. Organik va boshqa chiqindilar, sut zardobi, kushxonadagi qoldiqlar ham maydalangan va suyultirilgan holda, 85-92 foiz namlikda nasos qurilmalari orqali bioreaktorlarga yuklanadi va gaz hosil qilinadi, - deydi agrofirma bosh muhandisi Ulug'bek Yo'ldoshev.
Parrandachilik fermasi tuxum beradigan 30 ming bosh tovuq va 36 ming bosh jo'jani parvarishlashga mo'ljallangan. Bu erda kuniga o'rtacha chiqadigan 3-4 tonna go'ngning namlik darajasi aniqlanib, kerakli miqdorda maxsus bunkerga, massa belgilangan namlik darajasiga etkazilgach, bioreaktorlarga yuklanadi. Oradan 10-15 kun vaqt o'tishi bilan metan gazi ajralish jarayoni boshlanib, qish vaqtlarida 100-200, yozda esa 52-105 kub metrgacha gaz ajralib chiqadi. Olingan biogaz parrandachilik fermasi ehtiyojlari uchun ishlatiladi.
Qoramolchilik fermasida ming boshga yaqin qoramollar parvarish qilinmoqda. Bu erda ham yuqorida ta'kidlangan jarayon amalga oshiriladi. Bioreaktorlardan ajralib chiqqan gaz kompressorlar orqali tozalash qurilmasida tozalanib, gazgolderlarda yig'iladi. Undan chorvachilik majmuasini isitish va issiq suv ta'minotida foydalanilmoqda. YAna bir muhim jihat shundaki, bioreaktorlarda qayta ishlangan biomassa to'kish hovuzida tindirilib, qishloq xo'jaligi uchun biosharbat sifatida foydalanilsa, biogumus tayyorlash uchastkasida Kaliforniya chuvalchanglari yordamida unumdor o'g'it hosil qilishda ishlatilmoqda. Mutaxassisning ta'kidlashicha, har bosh qoramol chiqindisidan bir kecha-kunduzda 1,5 kub metrgacha biogaz olish mumkin. Boshqacha aytganda, 1 kub metr biogazning yonish issiqligi qariyb 0,6 litr benzin, 0,85 litr spirt, 1.75 kilogramm o'tin yonishi yoki 2 kilovat elektr energiyasi sarfi tufayli hosil bo'ladigan issiqlik miqdoriga tengdir. Go'ngning bu yo'l bilan chiritilishi atmosfera zararlanishining oldini olishga yordam beradi. 1 tonna go'ngning chirish jarayonida atmosfera havosiga 300-400 kub metr metan gazi, ammiak, serovodorod kabi zaharli gazlar ajralib chiqadi. Go'ng va boshqa qishloq xo'jalik chiqindilarini biogaz olish maqsadida maxsus qurilmalarda qayta ishlash ushbu muammolarni hal etishning istiqbolli, ekologik xavfsiz va iqtisodiy jihatdan foydali yo'nalishlaridandir. Hisob-kitoblar natijalariga ko'ra, hosil bo'lgan 1 kub metr biogazdan 2 kilovatt soat elektr energiyasi olinadi. Biogaz texnologiyasidan foydalanish, shuningdek, mazut, ko'mir, gaz, elektr energiyasini tejash, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish imkoniyatini beradi.
Jahonda biogaz olish texnologiyasining 60 turi mavjud bo'lib, eng keng tarqalgani bioreaktorlarda anaerob bijg'itish usulidir. Bunda harorat bir me'yorda bo'lishi zarur. Agrofirma sharoitida mezofil isitish jarayoni yo'lga qo'yilgan. YA'ni, bijg'itish jarayonida harorat biogaz hisobidan doimiy ravishda 30-40°S da ushlab turiladi. Biogaz yonganida atmosfera havosining ifloslanish darajasi ancha kamayadi. Inson salomatligiga salbiy ta'siri ham yo'q. Xulosa qilib aytganda, «Do'stlik» agrofirmasida kelajak energiyasidan foydalanish yuzasidan dastlabki qadamlar qo'yildi. Kelgusida bu yo'nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish mo'ljallanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |