Biogaz qurilmalari



Download 0,78 Mb.
bet1/3
Sana25.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#701582
  1   2   3
Bog'liq
BIOGAZ QURILMALARI


BIOGAZ QURILMALARI
Biogaz - qishloq xo‘jaligini barqaror energiya bilan ta'minlash garovi (Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 noyabrdagi “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 343-sonli qarori to‘g‘risida)
Respublikamizning agrosanoat kompleksida ekologik toza va energiyadan samarali foydalanuvchi texnologiyalarni joriy qilish maqsadida, biogaz qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni taqdim etishni ko‘zda tutuvchi “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, ATB “Hamkorbank”, ATB “Turonbank”, ATB “Qishloq qurilish bank”, AT “Xalq banki”, AITB “Ipak yo‘li”, ATB “O‘zsanoatqurilishbank”larga Global ekologik fond (GEF) grantlarini, shuningdek kreditlarni respublikamizning qishloq xo‘jaligi korxonalarida biogaz qurilmalarini qurish bo‘yicha loyihalarning tashabbuschilariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan foiz stavkalarida ajratish tavsiya etilgan.
Shundan tartib joriy qilinmoqdaki, unga binoan, biogaz qurilmalarini qurish loyihalari tashabbuschilari talabnomalariga asosan yer uchastkalarini va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish vakolatli tashkilotlar tomonidan “bir darcha” tamoyili orqali amalga oshiriladi.
Qarorda maxsus uskunalarni qurish, montaj va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar, shuningdek biogaz qurilmalarining namunaviy loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini qurishning manzilli hududiy dasturlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Biogaz qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni, biogaz qurilmalari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni boshlagandan sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga kiritish mumkinligi xabar qilinmoqda.
2016/2017 o‘quv yilidan boshlab qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha “Qishloq xo‘jaligi texnikasi” ta'lim sohasi yo‘nalishlari va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” va “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” yo‘nalishlari ixtisosliklari doirasida oliy, o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarining tegishli o‘quv fanlari dasturlariga “Biogaz qurilmalari. Qurish va ulardan foydalanish” mavzulari (bo‘limlari)ni kiritish ko‘zda tutilgan.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari orqali elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi qurilmalarga ega bo‘lgan iste'molchilar ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga o‘rnatilgan tartibda yetkazib berishlari mumkinligi belgilab qo‘yildi.
“Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joriy yilning iyul-avgust oylarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining veb-saytida umumiy muhokamaga qo‘yilgan edi.
Yuqorida tilga olingan hukumat qarori bilan ko‘zda tutilgan biogaz qurilmalarini qurishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish iqtisodiyot agrosanoat kompleksini energiyadan samarali foydalanadigan va kam uglerodli rivojlanish modelini joriy qilinishini, chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarining barqaror energiya ta'minotini ta'minlaydi, ularning chiqindilarini utilizatsiya qilish masalasini, tuproqning oksidlanishini, yer osti va yuzadagi suvlarning ifloslanishi, metan - issiqxona gazlarini chiqishi muammolarini hal qiladi.
Qabul qilingan qarorni amalga oshirish qishloq joylarda yashash darajasining oshishiga imkon beradi va xo‘jaliklarning nafaqat barqaror energiya ta'minoti, balki ularning serdaromadligini oshirish va energiyaning tiklanadigan manbalari bozorini kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish masalasining hal qilinishini ta'minlaydi.
Respublikamizda, xususan chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talabning oshib borishi bilan ularning barqaror energiya ta'minoti masalasi muhim bo‘lib bormoqda. Bu masalani qisman energiyadan samarali foydalanadigan va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, jumladan qayta tiklanadigan manbalardan avtonom tarzda energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish orqali yechish mumkin.
Xalqaro tajribani va chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilish natijasida, eng ilg‘or texnologiyalardan biri sifatida biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi tan olingan.
Organik chiqindilardan olinadigan biogaz o‘z tarkibida 50 foizdan 70 foizgacha bo‘lgan miqdorda metan - yonuvchi gazni jamlaydi, u ovqat tayyorlash, elektr va issiqlik energiyasini (issiq suv va isitish) ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Biogaz ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan chiqindilar yuqori sifatli o‘g‘itlar hisoblanadi, ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish mumkin.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 6 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularda 650 mingdan ortiq qoramol va 21 million boshdan ortiq parrandalar yiliga 6 million tonnadan ortiq organik chiqindilar hosil qiladilar.
Bir qator fermer xo‘jaliklarida biologik chiqindilarni qayta ishlaydigan va biogaz hamda bioo‘g‘it ishlab chiqaradigan biogaz qurilmalari foydalanilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan biogaz xo‘jaliularning ichki ehtiyojlari uchun foydalanilmoqda.

Rasm. Biogaz qurilmalarining prinsipial ishlash sxemasi:
1 - go‘ng uchun quduq; 2 - nasos; 3 - biogaz reaktori; 4 - ishlatib bo‘lingan cho‘kindi; 5 - biogaz; 6 - gazgolder; 7 - gaz gorelkasi; 8 - issiqlik energiyasi; 9 - elektr qurilmasi; 10 - elektroenergiya; 11 - issiqlik energiyasi.
Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida yiliga 6 million tonna biologik chiqindilar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud bo‘la turib, yiliga 23 ming tonnasi qayta ishlanmoqda, bu 0,4% ni tashkil etadi.
2008-2014 yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fond doirasida respublikamizning fermer xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini qurish bo‘yicha amalga oshirilgan pilot loyihalar ushbu qurilmalardan foydalanishning amaliy imkoniyatini va samaradorligini ko‘rsatib berdi. line-height:115%;font-family:"MS Shell Dlg 2","sans-serif"; mso-fareast-font-family:Calibri;mso-fareast-theme-font:minor-latin;mso-ansi-language: EN-US;mso-fareast-language:EN-US;mso-bidi-language:AR-SA'>9 - elektr qurilmasi; 10 - elektroenergiya; 11 - issiqlik energiyasi.

«Umid» f/x, Sirdaryo viloyati

«Milk Agro» f/x, Toshkent viloyati
Shundaylardan biri Sirdaryo viloyatining Hovos tumanida joylashgan “Umid” fermer xo‘jaligidagi pilot loyiha bo‘lib, bu yerda Global ekologik fondi Kichik grandlar dasturining moliyaviy ko‘magida 2010 yilda hajmi 30 kub.m.ga teng reaktorga ega bo‘lgan, kuniga 25 kum.m. biogaz va yiliga 300 tonna biologik o‘g‘it ishlab chiqaradigan biogaz qurilmasi qurilgan. Quvvati 15 kVtga teng bo‘lgan o‘rnatilgan elektrogenerator uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. Biogaz qurilmasini 5 yil mobaynida amal qilish davrida fermer xo‘jaligidakatta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Biogaz qurilmasi orqali ishlab chiqarilgan bioo‘g‘itlar tufayli ekinlarning hosildorligi oshdi. Bu fermaning daromadini sezilarli darajada oshishiga va avtonom uzluksiz energiya bilan ta'minlashga imkon tug‘dirdi.
Biogaz qurilmasi orqali ishlab chiqariladigan bioo‘g‘itlar qishloq xo‘jaligi korxonalarining mineral o‘g‘itlar yetkazib berilishiga bog‘liqligini kamaytirishi muhim fakt hisoblanadi. 



Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish