189
Barcha biomembranalar singari ular lipidlar
va oqsillardan tashkil topgan,
biroq disk membranalari uchun farq qildiruvchi ikkita muhim jihati mavjud:
Birinchidan, uning asosiy oqsil tashkil etuvchisi bo’lib ko’rish pigmenti-
rodopsin xromoglikoproteidi hisoblanadi (uning konsentrasiyasi fotoreseptor
membranada umumiy oqsilning 90%ini tashkil etadi).
Ikkinchidan, disk membranasining fosfolipidlari tarkibidagi yog’ kislotalar
40% polito’yinmagan yog’ kislotalari tashkil etadi. Shuning uchun fotoreseptor
membrananing qovushqoqligi kichik bo’lib (~30 mPas), harakatchanligi katta
bo’ladi.
Fotoreseptor membrana sirtining 75%ini
lipidlar, 25%ini oqsillar (asosan,
rodopsin) tashkil etadi. Har bir tayoqchada 10
9
tadan ortiq ko’rish pigmenti
molekulasi mavjud.
Rodopsin – molekulyar massasi 39 kDa bo’lib, asosan A vitamin aldegidi
(retinal) va opsin deb ataluvchi lipoproteindan tashkil topgan. Rodopsin
fotoreseptor membranada yettita
α
-spiralli ustunlar tariqasida joylashgan. Shunga
o’xshagan strukturaga galofill bakteriyalardagi plazmolemeda bakteriorodopsinlar
egadir. Lipid qo’shqatlami ichida retinal joylashgan bo’lib, opsin molekulasidagi
lizin qoldig’i bilan kovalent bog’langan. Retinal barcha hayvonlar ko’rish
pigmentlarining xromofor (yorug’likka sezgir)
guruhidir, ammo ularning oqsil
komponentlarida farq bor. Turli hayvonlar opsinlarining xususiyatlariga qarab, ular
ko’rish pigmentlari yutilish spektrining maksimumi 330
nm
dan 700
nm
gacha
bo’lishi mumkin. Shuning uchun turli hayvonlar ko’rishi turli muhitlarga – dengiz
tubidan havo okeanigacha moslashgan. Rodopsin yutilish spektridagi maksimum
498
nm
ga to’g’ri keladi.
Родопсин
молекуласи
Диск
мембранаси
тузилиши
1
3
4
5
6
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
190
a) b)
8.18-rasm.
Fotoreseptor hujayra lar tuzilishi:
a) tayoqchaning tuzilishi; b) kolbachaning tuzilishi; 1. Disklar; 2. Moyli
tomchi; 3. Mitoxondriyalar; 4. Goldji apparati; 5. Yadro; 6. Sinaptik zona.
Rodopsin ultrabinafsha nurlarni ham yaxshi yutadi (
нм
278
max
=
λ
) – biroq bu
yutilish
maksimumi retinalga emas, opsin tarkibiga kiruvchi aminokislotalar
(triptofan va tirozin)ga bog’liq (8.19-rasm).
D
10
8
6
4
2
0
250 350 450 550
λ
, nm
8.19-rasm.
Rodopsin yutilish spektri.
λ
-to’lqin uzunligi,
D-optik zichlik
Biroq ultrabinafsha nurlar ko’zning to’ridagi rodopsinni qo’zg’ata olmaydi,
chunki bu nurlarni ko’zning singdiruvchi muhiti yutib qoladi.
Qorong’ulikda retinal buralgan 11-sis shaklda bo’ladi. Bu shakldagi sisretinal
molekulasi opsin bilan kuchli ta’sirlashadi, shuning uchun ular birikmasi ancha
turg’undir. Uni yemirish uchun 11-sisretinalni boshqa izomerga – to’la
transretinalga o’zgartirish kerak. Yorug’lik ta’siridagi bunday o’zgartirishga
fotoizomerlash deyiladi (8.20-rasm).
1 2
8.20-rasm.
Retinal fotoizomerlanishi sxemasi:
11 sisretinal (1) ning to’la transretinal (2) ga aylanishi.
Fotoizomerlash - ko’rish aktidagi birinchi va yagona fotokimyoviy
reaksiyadir. U alohida rodopsin molekulasi ichida ro’y beradi va fotosintezdan
farqli ularoq kimyoviy reaksiyalar bilan bog’liq bo’lmaydi. Ko’rishning
fotosintezdan yana bir farqi shundaki, rodopsin molekulalari
orasida energiya
o’tishlari mumkin emas, chunki fotoreseptor membranada ular bir-biridan 7
nm
masofada joylashgan. Fotoizomerlash tufayli ko’rish hissiyoti paydo bo’lishiga
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
191
rodopsin molekulasining konformasion o’zgarishi sababchi bo’ladi. 11 – sisretinal
fazoviy holda opsin aktiv markazi tuzilishiga to’g’ri keladi. Transizomer hosil
bo’lganda bu muvofiqlik buziladi, natijada retinal opsindan ajraladi va rodopsin
rangsizlanadi – fotolizga uchraydi.
Yorug’lik ta’sir etmagan holda parchalangan rodopsin tiklanadi. Transretinal
o’zining sisshakliga qaytadi. Fotoizomerlashga
teskari bunday jarayon
reizomerlash deb ataladi. Har bir tayoqcha bir sutkada
5
10
8
⋅
rodopsinni, 11-
sisretinalni opsin bilan qo’shilishi orqali sintezlaydi. Bu ko’rish pigmentining bir
sutkadagi umumiy sintezi
14
10
2
⋅
molekulani tashkil etadi.
Retinal fotoizomerlanishi tufayli opsinda paydo bo’ladigan konformasion
o’zgarishlar fotoreseptor membrananing fizik-kimyoviy xossalarini o’zgartiradi.
Buning natijasida fotoreseptor hujayraning membrana potensialida o’zgarishlar
ro’y beradi. Qorong’ilikda hujayrada erkin siklik guanozinmonofosfat (s GMF)
mavjud va sitotplazmatik membrananing ionlar kanallari ochiq, membrana
potensiali hujayra ichida “+” ishoraga ega.
Yorug’likning bir necha millisekund davomidagi ta’sirida
tayoqchalarning
tashqi segmentlari s GFM ni ATF ishtirokida bog’lashi ro’y beradi. Hujayrada
bog’lanish markazlari soni s GMF molekulalari sonidan ko’proq bo’lgani uchun,
siklik nukleotid to’la bog’lanishi va uning sitoplazmadan yo’qolishi mumkin. Bu
ionlar kanallarining yopilishiga va membrana potensialdagi siljishga olib keladi.
So’ngra s GMF bog’lanish markazlarida nukleotid desorbsiyasi boshlanadi,
kanallar ochiladi va qorong’ilikdagi hujayra uchun xos bo’lgan tinchlikdagi
membrana potensiali tiklanadi.
Kolbachalar orasida yutilish spektri molekula maksimumlari 445, 535 va 570
nm
bo’lgan 3 turi ochilgan. Kolbachalar pigmenti, rodopsindagi kabi, 11-sis-
retinalga ega, ammo pigmentning oqsil qismida farq bo’lgani uchun, kolbachalar
pigmenti yodopsin deb ataladi. Kolbachalarning tashqi segmenti berk bo’lmagan
disklardan tashkil topgan (8.18-rasm, v). Uchala
tipdagi kolbachalarning
pigmentlardagi xromofor guruhi retinaldan iborat, yutilish spektridagi farqlar esa
turli oqsillar mavjudligi bilan tushuntiriladi. Kolbachalarning uch tipi mavjudligi
sababli odam ko’zi ranglarni ajrata oladi.
Ayrim genetik kasalliklarda yodopsin oqsillardan birining sintezi buziladi,
natijada rangli ko’rishning mos keluvchi pigmenti hosil bo’lmaydi va odam
ranglarni ajratish qobiliyatini yo’qotadi. Ushbu kasallik daltonizm deb ataladi.
Bakteriorodopsin galofill bakteriyalar membranasida topilgan bo’lib,
qator
xossalari bilan rodopsinga o’xshaydi (aminokislotali tarkibi, molekulalar massasi,
xromoforning kimyoviy tabiati). Bu umumiylik ulardagi fotokimyoviy o’zgarishlar
jarayonida ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: