Biofizika kitob yangisi 2013. doc



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/116
Sana26.02.2022
Hajmi2,18 Mb.
#466991
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116
Bog'liq
biofizika

 
Sinov savollari:
1.
Elektr maydon nima? Maydon kuchlanganligi haqida tushuncha 
bering. 
2.
Potensiallar farqi, uning o’lchov birligi nima. 
3.
Moddalarning elektr xossalari. 
4.
Elektrostatik induksiya hodisasi. 
5.
Yarim o’tkazgich va ularning xossalari. 
6.
Dielektrik kirituvchanlik nimani ko’rsatadi. 
7.
Tirik organizm dielektrik kirituvchanligi organizm holatiga kanday 
bog’liq. 
8.
Termistorlar va ularning qo’llanilish sohalari. 
9.
Qanday suyuqliklar elektrolitlar deyiladi. 
10.
Elektroliz va uning qonunlari. 
11.
Tirik organizmga o’zgarmas tokning ta’siri. 
12.
Elektroforez nima? 
13.
Uyg’onish tokining ta’sir etish vaqti nima? 
14.
Biopotensiallar nima? Tinchlik va qo’zg’alish biopotensiallarni 
tushuntiring. 
15.
Biopotensialarni o’lchash (EKG) usullari. 
16.
Hujayra biopotensiali nima? 
17.
Magnit maydoni nima? 
18.
Ersted va Amper tajribalari. 
19.
Amper qonunini tushuntiring. 
20.
Tesla nimaning o’lchov birligi? 
21.
Magnit kirituvchanligi nima? 
22.
Moddalar magnit xususiyatiga ko’ra necha xil bo’ladi? 
23.
Magnit maydonining tirik organizmga ta’siri. 
24.
Magnit zondlari nima? 
25.
Magnitoterapiya nima? 
26.
Erkin radikallarni aniqlashda magnit maydonining roli. 
27.
Elektroterapiya nima? 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


162
VIII bob. KVANT BIOFIZIKASI 
§ 8.1. Yorug’likning tabiati va uning tarqalish qonunlari 
 
Optika – grekcha optikos – ko’rish degan ma’noni bildiradi. Bu bo’lim 
yorug’likning tabiati, uning boshqa moddalar bilan o’zaro ta’sirini o’rganadi. XVII 
asrda yorug’likning to’lqin (Gyuygens) va korpuskulyar (Nyuton) nazariyalari 
paydo bo’ldi. XVIII asrda korpuskulyar nazariya tarafdorlari g’alaba qilgan bo’lsa, 
XIX asrda to’lqin nazariyasi oldinda bo’ldi. To’lqin «Dunyo efirida» tarqaladi 
degan fikr noto’g’ri deb hisoblandi. Maksvell elektromagnit to’lqinlar nazariyasini 
yaratgandan so’ng «Dunyo efiri»ga hojat qolmadi. Maksvell nazariyasini Fizo 
(1849 ), Fiko (1850) va Maykelson (1881 ) tajribalari tasdiqladi. P.N.Lebedev esa 
(1899 ) yorug’likning bosimini o’lchadi. Shu davrda yana fotoeffekt, kompton 
effekti va boshqa xodisalarni elektromagnit to’lqinlar nazariyasi bilan tushuntirib 
bo’lmadi. Faqatgina 1900 yildan Plank kvant nazariyasini yaratgandan so’ng va 
Eynshteynning yorug’lik kvant nazariyasi e’lon qilingandan so’ng bu qarama-
qarshilik barham topa boshladi. Eynshteyn nazariyasiga binoan yorug’lik fotonlar 
oqimidan iborat deb faraz qilindi. Bu nazariyani N.Bor (1913), Shredinger (1925) 
va Fok (1957), Feynman (1949 y) yoqlab chiqdi. Hozirgi davrda yorug’lik 
to’g’risidagi ikkala ta’limot ham o’rinli ekani va korpuskulyar-to’lqin dualizmi 
haqida gap yuritiladi. 
Geometrik optikaning to’rtta qonuni mavjud. 
1. Yorug’lik bir jinsli optik muhitda to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Bunga 
yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni deyiladi. 
2. Yorug’lik nurining mustaqillik qonuni. Yorug’lik to’lqinlari bir-biri bilan 
kesishganda ular bir-biriga halaqit bermaydi. 
3. Yorug’likning qaytish qonuni. Qaytgan nur, tushuvchi nur va ikki muhit 
chegarasiga o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi qaytish 
burchagiga tengdir. 
4. Yorug’likning sinish qonuni. Tushuvchi nur, singan nur va ikki muhit 
chegarasiga o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi sinusining 
sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan moddalar uchun doimiy bo’lib, ikkinchi 
muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko’rsatkichi deyiladi. 
21
2
1
n
Sini
Sini
=
(8.1) 
Barcha nuqtalarida yorug’likning tarqalish tezligi bir xil bo’lgan muhitga 
optik bir jinsli muhit deyiladi. 
Muhitning absolyut sindirish ko’rsatkichi deb, yorug’likning vakuumdagi S 
tezligining moddadagi V tezligiga nisbatiga aytiladi. 
V
C
n
=
(8.2) 
U holda (8.1) ga asosan
2
2
ϑ
C
n
=
1
1
ϑ
C
n
=
Ya’ni,
2
1
1
2
1
2
2
1
ϑ
ϑ
=
=
=
V
V
n
n
Sini
Sini
(8.3) 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


163
Cindirish ko’rsatkichi yorug’likning muhitga tushganda tezligining qanchaga 
kamayishini ko’rsatar ekan. i

= 0 bo’lsa, i
2
= 0 bo’ladi, demak ikki muhitning 
ajralish chegarasiga normal tushuvchi nur sinmaydi. Sindirish ko’rsatkichining 
kattaligi optik zichlikni ko’rsatadi.
Yer atmosferasi bir jinsli emas, shu sababli uning sindirish ko’rsatkichi Yer 
sirtidan ko’tarilgan sari kamayib boradi. Shuning uchun yorug’lik yerga kelguncha 
parallel qatlamlarda sinib qabariqlanadi. Bu hodisaga refraksiya deyiladi.
Agarda yorug’lik optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga 
tushsa, u holda i
2
> i
1
sinish burchagi tushish burchagidan katta bo’ladi. Demak. 
21
1
2
2
1
n
n
n
Sini
Sini
=
=
(8.4) 
8.1-rasm. 
Yorug’likning to’la ichki qaytish hodisasini ifodalovchi chizma. n
1
,n
2

muxit sindirish kursatkichlari, i
1
-tushish burchagi,
'
1
i
-kaytish burchagi, i
2
-sinish 
burchagi 
 
i
2
= 90
o
va Sin i
2
= 1 va bu xolda singan nur ikki muxit chegarasi 
buylab tarkaladi,bunda tushish burchagi tula kaytishning limit burchagi deb 
ataladi: 
1
2
1
n
n
Sini
л
=
(8.5) 
Agar ikkinchi muxit havo bo’lsa
n
Sini
л
1
1
=
(8.6) 
Bu hodisa yorug’likning to’la ichki qaytish hodisasi deyiladi. Shisha havo 
chegarasi uchun limit burchagi 42
o
. Shu burchakdan katta bo’lsa to’la ichki qaytish 
yuz beradi. To’la ichki qaytish hodisasidan ko’plab optik asboblarda foydalaniladi. 
Masalan, nurni 90
o
ga burish, tasvirni teskari burish, hozirgi vaqtda to’la ichki 
qaytishdan tola optikasida (svetovodlar) keng qo’llanilmoqda. Shisha tola optik 
zichligi kamroq modda bilan qoplanadi. Tolaning bir uchiga tushgan nur ikkinchi 
uchidan bemalol chiqib ketadi.
To’la ichki qaytish yordamida bir muhitning absolyut sindirish ko’rsatkichi 
ma’lum bo’lsa, boshqa muhitning sindirish ko’rsatkichini aniqlashga asoslangan 
asbobga refraktometr deyiladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


164
Pulfrix refraktometri suyuq va qattiq shaffof jismlarning sindirish 
ko’rsatkichini aniqlaydi. Bunda prizmadan o’tgan nurlarning sinish burchagini 
o’lchab, modda sindirish ko’rsatkichi topiladi.
Abbe refraktometrining ishlash prinsipi yorug’likning sindirish ko’rsatkichlari 
turlicha bo’lgan ikki muhitning ajralish chegarasidan o’tganda sodir bo’ladigan 
optik hodisalarga asoslangan. 
Refraktometrlar yordamida moddalar tarkibi, turli mahsulotlar si-fatini 
nazorat qilishda, dorishunoslikda, oziq-ovqat sanoatida keng qo’llaniladi. Qattiq va 
suyuq moddalar gidrodinamik tadqiqotlari yordamida ularning bir jinsliligi 
tekshiriladi. 
Endoskoplar ishlash prinsipi to’la ichki qaytish hodisasiga asoslangan bo’lib 
ingichka naydan iborat. Uning ichida lampochka va linza qo’yilgan. Undan asosan 
odam va hayvonlar ichki organlarni, asosan oshqozonni tekshirishda ishlatiladi. 
Endoskopning ikkinchi uchi monitorga ulangan bo’lib, ichki organlar tasvirini 
ko’rsatib turadi. Undan ichki organlarni jarrohlik usulida davolashda ham 
ishlatiladi. Endoskop elastik nayi yorug’lik tolasidan iboratdir, u har qancha egilib, 
buralsa ham monitorda tasvir aniq ko’rinadi. 
Refraktometrlar yordamida veterinariyada hayvon organizmidan olin-gan turli 
suyuqliklar, ayniqsa, siydik sindirish ko’rsatkichini aniqlash yo’li bilan uning 
kasalliklarini tashxis qilish mumkin. Qonda, siydikda shakar miqdorini yuqori 
daraja aniqlikda o’lchash mumkin. Bularni aniqlash esa hayvon organizmi holati 
haqida to’la ma’lumot olishga imkon beradi. Olingan natijalarga ko’ra davolash 
usullarini qo’llash mumkin. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish