Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 7.4. Tirik organizmga elektr tokining ta’siri



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/116
Sana26.02.2022
Hajmi2,18 Mb.
#466991
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116
Bog'liq
biofizika

 
§ 7.4. Tirik organizmga elektr tokining ta’siri 
 
Biologik to’qimalarning qarshiligi unchalik katta bo’lmagan obyekt-lardir. 
Jonivor va o’simlik organizmlarining suyuqliklari elektrolitlarning eritmalaridir. 
Shuning uchun tirik organizmdan o’zgarmas tok o’tganda organizmda kimyoviy 
reaksiyalar va elektr zaryadlarining kayta taqsimlanishi ro’y beradi, bu organizmda 
turli-tuman seskanishlarni vujudga keltiradi. Seskanish intensivligi va tokning 
boshqa fiziologik ta’sirlarining intensivligi asosan tok kuchi bilan aniqlanadi. 
Amperning yuzdan bir ulushiga teng tok odam tanasini jarohatlaydi. Odam yoki 
hayvon tanasidan o’tayotgan tok kuchi uning elektr qarshiligiga bog’liq, bu 
qarshilikni asosan terining qarshiligi tashkil qiladi. Qishloq xo’jalik hayvonlari 
ichida otning tokka juda sezgir ekanligini aytib o’tish zarur. Odam uchun zararsiz 
bo’lgan tok, ko’pincha otni nobud qilishi mumkin. Sog’lom terining solishtirma 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


135
qarshiligi 10
3
Om.m. Sog’lom teri quruq bo’lsa, bir qo’l uchlaridan ikkinchi qo’l 
uchlarigacha bo’lgan tananing qarshiligi 15000 Om ni tashkil qiladi. Tajribalarning 
ko’rsatishicha, sitoplazma, tirik hujayra, ayrim to’qimalarning o’zgarmas tokka 
qarshiligi ancha kattadir. Turli to’qimalar elektr o’tkazuvchanligi bir-biridan ancha 
farq qiladi. Orqa miya suyuqligi, qon, limfa tokni yaxshi o’tkazadi, muskullar
jigar, yurak, o’pka muskullari esa yomon o’tkazadi. Yog’, suyak to’qimalari va 
teri ulardan ham yomon o’tkazadi. Hujayraning elektr xossalari ham ancha 
murakkabdir. Sitoplazmaning solishtirma qarshiligi 0,1 dan 300 Om.m. 
chegarasida yotadi. Hujayra membranasi 1 sm
2
yuzining qarshiligi 10
3
–10
4
Om.m.gacha bo’ladi. Biologik tizimlaridan tok o’tishiga hujayrada ro’y beradigan 
qutblanish hodisalari ancha ta’sir qiladi.
7.4-rasm. 
Hujayra elektr maydonida. M-membrana, Ya-yadro 
Elektr maydon ta’sirida hujayra sirtida qarama-qarshi yo’nalishda turli 
ishorali ionlar to’planadi. Bu ionlar konsentrasiyasi ma’lum bir miqdorga teng 
bo’lgach, dielektrik qatlam «teshiladi», ya’ni hujayra membranasi orqali tok o’ta 
boshlaydi. Kuchsiz toklarda membrana umuman «teshilmaydi», chunki bunda 
hujayraning ikki uchida to’planayotgan ionlar issiqlik harakati tufayli sochiladi. 
Demak, to’qimalarning elektr toki tomonidan ta’sirlanish bo’sag’asi mavjud bo’lib, 
undan past tokda tirik organizm tok ta’sirini sezmaydi. Elektr tokining ta’siri 
sezilarli bo’lishi uchun hujayra sirtida ma’lum miqdorda zaryad to’planishi shart, 
buning uchun ma’lum bir vaqt kerak bo’ladi. Bo’sag’a tokining vaqtga bog’lanishi 
Veyss formulasi orqali ifodalanadi. 
в
t
a
J
+
=
(7.18) 
Tok kuchi kuchlanishiga proporsional bo’lgani uchun Veyss formulasini 
quyidagicha yozish mumkin (7.5-rasm). 
B
t
A
U
+
=
(7.19) 
Bunda, A,V,a,b –tajribadan topiladigan o’zgarmas kattaliklar. 
v yoki V - konstanta bo’sag’a tokining ko’p vaqt davomida ta’sir etuvchi 
minimal kuchini ko’rsatadi va u reobaza deb yuritiladi. Ikki reobazaga teng tok 
kuchida organizmni ta’sirlashtirishga ketadigan vaqtga xronaksiya
 
deyiladi. 
Xronaksiya kattaligi to’qimaning qo’zg’aluvchanligini ko’rsatadi va 
hayvonlar patalogik holatini aniqlashga imkon beradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


136
7.5-rasm. 
Tovuq uchun doimiy tokning ta’sir etish vaqti. 
Qishloq xo’jaligida parrandalarga 60 DBdan yuqori shovqin bilan ta’sir etilsa 
qushlarning xronaksiyasida o’zgarish ro’y beradi, shu bilan birga ularning 
fiziologik holati yomonlashadi va tuxum tug’uvchanligi pasayadi. Shu sababli 
xronaksiyani o’lchash orqali ayrim kasalliklarni aniqlash mumkin. Kuchsiz toklar 
terapevtik ta’sirga ega, kuchsiz o’zgarmas toklar bilan davollash usuliga 
galvanizasiya deyiladi. Bu usuldan XIX asr boshlarida foydalanila boshlaganlar. 
Elektrodlar joylashishi o’rniga qarab ta’sir teridan nerv hujayralari orqali u yoki bu 
ichki organga uzatiladi. Natijada tok ta’sirida almashish va funksional xossalarda 
o’zgarishlar ro’y beradi. Teri va ichki organlarning tok ta’siriga javob reaksiyasi 
tufayli kapillyarlar reflektor tarzda kengayadi, hujayra membranalarning 
o’tkazuvchanligi o’zgaradi. 
7.6-rasm. 
Elektr maydoni yordamida tirik organizmga dori moddalar kiritish. 
Veterinariya klinikasida elektr toki yordamida tirik organizmga dori 
moddalarni kiritish usuli elektrofarez keng qo’llanilmoqda. Bunda hayvon tanasiga 
kiritilayotgan dorilar ta’siri o’zgarmas tok ta’siri bilan birga bo’ladi. Bunda 
elektrod bilan teri orasiga dori eritmasiga ho’llangan mato qo’yiladi. Tok o’tishi 
paytida matodagi dori ionlari teri orqali orga-nizmga o’tadi. Shu vaqtning o’zida 
teridan matoga hujayralardan K
+
, Na
+
,Cl
-
va boshqa ionlar o’tadi 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish