242
rad yiliga, Hindistonning ayrim yerlari qum tarkibida aholi yashaydigan joylarda
radioaktiv nurlanish 0,2-2,6 rad yiliga ekanligi aniqlangan.
Radionuklidlarning manbalari va tarqalishi bilan radioekologiya fani
shug’ullanadi. Radioekologiya fani asosan radionuklidlarni har xil yer zonalarida
migrasion mexanizmi bilan shug’ullanadi.
O’simliklar
radioaktiv
uglerodni
atmosferadan
oladilar.
Ko’pincha
atmosferadan yog’ingarchilik bilan tushadigan radionuklidlarni o’simliklar o’ziga
singdirib oladilar. Chorvachilikdagi asosiy radioaktiv zararlanish ham ozuqaviy
o’simliklarda bo’lgan radioaktiv nuklidlar sabablidir. Eng xavfli radioaktiv
ifloslanish bu reaktorlarda og’ir yadroning bo’linishidan hosil bo’ladigan
mahsulotlardir. Hozirgi vaqtda asosiy e’tibor odamning ichki organlarida to’planib
qoladigan va uzoq yashovchi stronsiy-90 va seziy-137 bo’lib, radiasiyaga eng
sezgir ichki organlarni nurlantiradi. Odamning ichki organlariga, tuproq – o’simlik
– odam yoki tuproq-o’simlik –hayvon – odam zanjir orqali insonni ichki
organlarga radionuklidlar joylashib oladi. Ma’lumki qishloq xo’jalik radiologlari
radioaktiv ifloslanishni kamaytirish choralarini ham ko’radi. Ya’ni tuproq ekinlari,
hosillarini dezaktivasiya qilish bilan ham shug’ullanadi.
Agar ifloslanish aktivligi yer yuzida 10
-3
Ki ga ortiq bo’lsa, bu holatda
aktivlik 10
-4
Ki bo’lganga qadar dala ishini to’xtatib turish kerak. Agar o’rtacha
radioaktivlik ifloslanish darajasi 10
-4
, 10
-3
Ki bo’lsa, tuproqning radioaktivligini
tushirish choralarini ko’rish kerak.
Qishloq xo’jalik ekinlarining yoki dalaning radioaktivlik bilan ifloslanishini
kamaytirish muammolari hozircha shartli bo’lib meliorativ va gidrotexnik
metodlardan foydalaniladi. Meliorativ usul yordamida yerning ustki qismida
buldozerlar bilan tuproq to’planadi. Bu to’plangan tuproqning aktivligi tushguncha
saqlanadi. Agar kichik lokal uchastkalar radioaktiv ifloslangan bo’lsa, u holda
butun iflos tuproq karyerlarga tashlanadi.
Tuproqning ustki qismini olish metodi kelgusi hosilga zarar keltiradi, ya’ni
ko’p mineral o’g’it solish kerak bo’ladi. Gidromeliorasiya usulida esa tuproq
asosan suv bilan yuviladi, yomg’ir yog’diruvchi apparatlar bilan esa qum tuproq
yerlarda amalga oshiriladi. Bu usul faqatgina gidromeliorativ inshootlar bor joyda
amalga oshirilishi mumkin. Radioaktivlikni kamaytirishning kimyoviy meliorasiya
usullari ham mavjuddir. Kimyoviy meliorasiya usullaridan biri tuproqning
tarkibiga kimyoviy reagentlar (kislota, tuzlar, komplekslar) yuborish bilan eritib
radionuklidlarni adsorbsiya qilish radioaktivlik bilan ifloslangan maydonlarda
amalga oshirish kerak. Agrotexnik usullardan radioaktivlik bilan ifloslangan
o’simlik maydonlarini chopiq, kultivasiya, suvlash, mineral o’g’it berish yo’li bilan
o’simliklarni radionuklidlardan oziqlanishini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: