Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 8.5. Optik nurlanishning biologik ta’siri



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/116
Sana15.04.2023
Hajmi2,18 Mb.
#928647
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA

 
§ 8.5. Optik nurlanishning biologik ta’siri 
 
Yorug’lik – hayotiy funksiyalarni boshqaruvchi muhim omildir. Ko’rinadigan 
yorug’lik ko’z qorachig’i orqali organlarga ham ta’sir ko’rsatadi. Teriga tushgan 
nur uni isitadi, natijada teri reseptorlarini uyg’otadi va ichki reflektik ta’sir 
ko’rsatadi. Quyosh nuri sun’iy hosil qilinadigan nurlarga qaraganda ancha kuchli 
biologik ta’sir ko’rsatadi, chunki quyoshda ultrabinafsha va infraqizil nurlar ancha 
ko’pdir.
Yorug’lik nuri muhim biologik birikmalarda yutilganda foydali va zararli 
jarayonlar kechishi mumkin. Yorug’lik nuri zararli ta’siri ham ikkiga bo’linadi. 
Yorug’lik nuri teriga, ko’zga ta’sirida allergiya berishi bo’lsa, fotoperiodizm 
ta’sirida hayvonlarda yillik, sutkalik sikllar mavjud bo’lishi mumkin. 
Bu jarayonlar yorug’lik nuri bilan boshqariladi, ya’ni odam va 
kemiruvchilarda ko’z, qushlarda gipotalamus, baliqda epifiz, hashoratlarda miya, 
o’simliklarda xlorofill asosiy fotobiologik jarayonlar fotosintez, fototaksis, 
fototropizm va fotoperiodizmdir. 
Fotosintez – yorug’lik nuri energiyasi hisobiga organik molekulalar sintezi; 
Fototaksis – organizmning, masalan bakteriyalarning, yorug’likka yoki 
qarama-qarshi tomonga harakati; 
Fototropizm – o’simlik barglari yoki poyalarining yorug’likka yoki 
yorug’likdan burilishi; 
Ko’rish – ko’z to’rida yorug’lik energiyasining asab impulsi energiyasiga 
aylanishi; 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


178
Ultrabinafsha nurlarning ta’siri (mikroorganizmlarga bakterisid ta’siri, 
mutagen ta’sir, D vitaminning hosil bo’lishi, teriga eritem ta’siri va h.). 
Biofizika kursida asosan quyidagi fotobiologik jarayonlar o’rganiladi: 
Yorug’lik kvantini yutish, molekula tarkibida energiya almashinish, molekulalar 
orasida qo’zg’algan holat bo’lganda energiya o’tkazish, ya’ni energiya migrasiyasi 
va birlamchi fotokimyoviy akt jarayonlari o’rganiladi. 
Fotobiologiya 
fizik-kimyoviy 
biologiyaning 
biologik 
obyektlarga 
ultrabinafsha va ko’rinuvchi nurlar ta’sirini o’rganadigan sohadir. Infraqizil va o’ta 
qisqa to’lqin uzunlikli (rentgen va gamma) nurlarning biologik ta’sirini o’rganish 
esa fotobiologiyaning muammolariga kirmaydi. Demak, fotobiologiya fotofizika 
va fotokimyoga bevosita bog’liq ekan. 
Asosiy fotokimyoviy reaksiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: fotoionlashish 
(elektronning molekula tashqarisiga otilib chiqib, ionlar yoki erkin radikallar hosil 
bo’lishiga olib kelishi), fotoqaytarilish yoki fotooksidlanish (elektronning bir 
molekuladan ikkinchisiga o’tishi), fotodissosiasiya (molekulalarning ionlarga 
parchalanishi) va fotoizomerizasiya (molekulalar fazoviy konfigurasiyasining 
yorug’lik ta’siri ostida o’zgarishi). 
Har qanday fotokimyoviy reaksiya ikki bosqichda o’tadi: birinchi bosqich-
yorug’likka aloqador bosqich bo’lib buning natijasida qo’zg’algan molekulalar, 
ionlar va erkin radikallar hosil bo’ladi. 
Ikkinchi bosqich – “qorong’ulikka aloqador” bo’lib, birlamchi (dastlab paydo 
bo’lgan), aktiv mahsulotlarning keyinchalik qayta o’zgarishidan iborat. Bu 
bosqichda energiyaga boy molekulalar yana reaksiyaga kirishadi, bu reaksiyalar 
endi biokimyoviy reaksiyalar bo’ladi. Yaxlit biologik tizimda bu jarayonlar birin-
ketin tartib bilan boradi, ya’ni kvant yutilishi – fotokimyoviy reaksiyalar – 
kimyoviy va biokimyoviy reaksiyalar – fiziologik aktdir.
Fotobiologik jarayonlar mexanizmini aniqlash uchun umuman shu 
jarayonning oxirgi yakunini tekshirish kerak. Masalan: ultrabinafsha nurining 
teriga qanday ta’sir ko’rsatishini analiz qilish uchun eritemaning darajasi, 
chuqurligi va maydoni aniqlanadi.
Fotobiologik jarayonlarni o’rganishdagi masalalardan biri ta’sir etuvchi 
nurlanishni yutayotgan va jarayonning boshlang’ich bosqichlarida qatnashayotgan 
moddani aniqlashdan iborat. Buning uchun fotokimyoviy ta’sir spektri o’rganiladi 
va reaksiya qatnashchilari deb faraz qilinayotgan moddalar spektri bilan 
taqqoslanadi.
Suvda radiasiya ta’sirida gidroperekis (NO
2
) vodorod peroksidi (N
2
O
2

gidroksil (ON) radikallari paydo bo’lib, o’ta tez reaksiyaga kirishuvchandir. Erkin 
radikallar organik molekulalarda ham ionlovchi nur, ultrabinafsha nur ta’sirida 
oqsillarda, fenollarda, nuklein kislotalarda erkin radikallar hosil bo’ladi. Masalan, 
fenol moddasining xenonga aylanishida semixinon erkin radikali hosil bo’ladi. 
Semixinon erkin radikalining miqdori hujayra va to’qimalarni, o’simlik urug’larini 
funksional holatiga bog’liq bo’ladi.
O’simlik urug’lariga, barglariga ionlovchi nurlar ta’sir etganda va o’simlik 
urug’ida semixinon radikali miqdorini nazoratga nisbatan yuqori ekanligini 
Z.N.Norboyev tomonidan aniqlangan. Demak, erkin elektronlar yuqori tartibda 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


179
radiasiyaga 
kirishuvchan 
bo’lib, 
paramagnetizm 
xossasi, 
ya’ni 
kompensasiyalashgan magnit momentiga ega, ya’ni juftlashmagan elektronlar 
hisoblanadi va zanjirli reaksiyaga olib keladi. Shuning uchun tirik organizmdagi 
biofizikaviy, biokimyoviy jarayonlarda juftlashmagan, ya’ni erkin elektronlar 
ishtirok etib, funksional holatini belgilaydi. Bu erkin radikallarning miqdori 
hujayra va to’qimalarning funksional holatiga bog’liq bo’lishini Z.N.Norboyev 
atmosfera har xil gazlar bilan ifloslanganda radioaktiv uranli tuproqda o’sayotgan 
o’simlik urug’larida elektron paramagnit rezonans usuli yordamida aniqlagan. 
Hujayra va to’qimalarining membranalari asosan fosfor, lipidlardan tuzilgan 
bo’lib, ionlovchi nurlar ta’sir etganda erkin radikallar hosil bo’ladi.
Ultrabinafsha nurlar ko’plab hayvonlar va odamlarda sezgi uyg’otmaydi. 
Uning ta’siri asosan eritmik va bakterisid bo’lishi mumkin.
Eritmik ta’sir deb, ultrabinafsha nur ta’sirida terining qizarish hodisasiga 
aytiladi.
Bu holda teri sirti yaqinidagi arteriolalar kengayadi va to’qimalarda 
to’planadi. Bunda asosiy vazifani ultrabinafsha nur ta’sirida hosil bo’ladigan 
gistamin o’ynaydi. U esa qon tomirlarini kengaytirish xususiyatiga ega. 
Ultrabinafsha nurlar eritmik ta’sirini ifodalovchi kattalikka eritmik oqim deyiladi. 
Uning o’lchov birligi erg. To’lqin uzunligi 296,7 nm bo’lgan 1Vt quvvatli 
nurlagich 1 erg oqim hosil qiladi. Quvvati 1 Vt bo’lgan boshqa to’lqin uzunlikli 
nurlagich hosil qiladigan oqim 
( )

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish