Lentasimon turdagi poydevorlar – bloklar-yostiqlar. Yigʻma lentasimon poydevorlar ikki turdagi bloklardan tuzilgan boʻlib, ulardan biri poydevor asosiga joylashtiriladigan blok – yostiqlar va ikkinchisi – binolarning yer osti qismi devorlari hisoblangan devor bloklaridir
Lentali yostiqlarni montaj qilishda dastlab oʻqlar kesilgan nuqtadan metr bilan poydevor lentasining tashqi qirrasining loyihaviy holati oʻlchanadi va ikkita metall shtir shunday qoqiladiki, bunda ular orasida tortilgan sim prichalka poydevorlar lentasi chizigʻidan 2 ... 3 mm tashqarida joylashsin (7.2-rasm). Agar loyihada boshqa koʻrsatmalar boʻlmasa, u holda qumli gruntlarda poydevor bloklari bevosita tekislangan asosga joylashtiriladi, boshqa gruntlarda – qalinligi 10 sm boʻlgan qumli yostiq ustiga joylashtirila.
Yertoʻla devor bloklarini montaj qilish. Poydevor yertoʻla devorlari yostiqlari va bloklari texnologik karta boʻyicha, unda keltirilgan bloklarni joylashtirish sxemasi boʻyicha joylashtiriladi, bunda poydevorlar orqali binoga truboprovodlar va kabellarni kiritish uchun teshiklar va ular orasida oʻtish yoʻli qoldirilishi hisobga olinadi.
Devor poydevor bloklarini montaj qilish boshlanguncha poydevor yostiqlari lentasida koʻndalang va boʻylama oʻqlar belgilab olinadi, bu maqsad uchun obnoskadagi simli oʻqlardan foydalaniladi. Poydevor
bloklarini montaj qilish burchaklardagi – bino fasadi boʻyicha ikki chetki bloklarni oʻrnatishdan boshlanadi. Burchakdagilardan soʻng oraliq mayoq bloklari bir – biridan 20...30 m masofada oʻrnatiladi, ular boʻylab
poydevorning tashqi chetidan 2...3 mm masofada mayoq prichalkalari tortiladi.
Binoning yerosti qismi montajining xususiyatlari. Binoning yer osti qismini montaj qilish uchun binoning yer usti qismini barpo etish uchun loyihalashtirilgan pnevmogʻildirakli, avtomobil, gusenitsali kranlardan, kran-nuleviklar va minorali kranlardan foydalanish mumkin.
Ishlarning asosiy xususiyatlari:
1. yer ishlari bilan bogʻlash – montaj qiluvchi kran yoki kotlovanga tushiriladi va uning uchun kiruvchi pandus quriladi yoki kran uchun kotlovan chetida xarakatlanish uchun yetarlicha keng joy qoldiriladi;
2. tuproqni qayta toʻkib toʻldirish va qatlam – qatlam boʻyicha zichlashtirishning puxtaligi, chunki tuproqni qayta toʻldirish zonalarida koʻpincha joylashtiriladigan kranosti yoʻllarining mustaxkamligini kafolatlash zarur.
Agar binoning yer usti qismini montaj qilishda minorali krandan foydalanish nazarda tutilgan boʻlsa, u bilan yer osti qismini ham montaj qilish mumkin. Bu holda kran osti yoʻllari va kranning oʻzini montaj qilishni poydevorlarni yotqizish boshlangunga qadar tugallash zarur. Agar kotlovanning chuqurligi katta boʻlsa va kranning kotlovan cheti boʻylab harakatlanishda yonbagʻirning mustahkamligi buzilishi mumkin boʻlsa, u holda montaj ishlarini bir nuqtadan va strela qulochi uzunligida olib borish maqsadga muvofiq. Bunda poydevor yostiqlari, yertoʻla devorlari bloklari, ustyopma plitalari oʻrnatiladi, gidroizolyatsiya qilinadi,
qoʻyinlarga qayta tuproq tortiladi, yaʼni yonbagʻirning (qiyalikning) buzilish havfini bartaraf etuvchi tiragich devor shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |