Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


Maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlash



Download 4,86 Mb.
bet24/68
Sana14.04.2023
Hajmi4,86 Mb.
#927890
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti

4.4. Maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlash


Maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlashga kiradi:

  • vaqtinchalik yo‘l va qurilish maydoniga keluvchi yo‘lkalarni qurish;

  • vaqtinchalik kommunikatsiyalarni yotqizish;

  • qurilish mashinalari turar joyi uchun maydoncha qurish;

  • qurilish maydonini to‘sish;

  • vaqtinchalik maishiy-xizmat xonalarini tayyorlash.

Qurilish maydonini muhandislik ta’minoti vaqtinchalik yo‘llar qurilishini nazarda to‘tadi. Qurilish maydoniga yuk olib kelish va undan olib ketish uchun maksimal darajada mavjud yo‘l tarmoqlaridan foydalanishni va faqat zarurat bo‘lgandagina vaqtinchalik yo‘llar , ularni ham ikki tomonlama harakat qiladigan, bir tomonlamasi esa aylanma harakat tashkil qilinganda qurilishi nazarda to‘tiladi. Yo‘lni yurar qismini kengligi transportni ikki tomonlama harakatda 6 m, bir tomonlamada – 3.5 m, obochina kengligi 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Qoplamasiz yo‘llarda yo‘l cheti (obochina) nazarda to‘tilmaydi. Qurilish maydonidagi yo‘llarning minimal radiusi 15 m, eng katta nishablik – 0.08% gacha ruxsat etiladi. Yo‘llarni qazilmalarda qurganda suv oqishini ta’minlash uchun nishabligi 0.003% dan kam bo‘lmagan ariq
(kyuvet)lar bo‘lishi kerak.
Tayyorlov davrida vaqtinchalik kommunikatsiyalar tarmog‘i yotqiziladi.Unga vaqtinchalik suv ta’minot liniyasi, yong‘inga qarshi suv quvurlari bilan birgalikda, issiqlik ta’minoti, hamma yordamchi xonalarga va binolarga, elektromexanizmlar o‘rnatilgan joylarga, elektroenergiya o‘tkazish elektrota’minoti kiradi. Ish yurituvchi ( prorab) xonasi telefon va dispetchrlik aloqasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.Magistral kanalizatsiya tarmog‘iga o‘lanish imkoni bo‘lmasa septiklar (er osti tindirgichlari) o‘rnatiladi.
Yerqazuvchi va boshka mashinalar, avtomobillar uchun to‘rar joyi va ta’mirlash uchun maydonlar jihozlanib , ular albatta to‘silib kerakli nishon va yozuvlar bilan belgilanadi.
Qurilish maydoni vaqtinchalik binolar bilan jihozlanadi: yechinishkiyinish xonalari, oshxona, dush xonalari, ish yurituvchi kontorasi, sanuzellar, qurilish materiallari asboblarini asrash omborlari, ayvonlar va boshqalar. Vaqtinchalik binolar uchun ajratilgan maydon yer usti suvlari oqishini ta’minlash uchun oldindan tekislanadi. Bu vaqtinchalik binolarga bo‘zilishi kerak bo‘lgan lekin asosiy qurilishga halaqit bermaydigan binolarni bir qismidan foydalanish, shuningdek vagon, blok va konteyner tipidagi inventar binolardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

V BOB. BINO VA INSHOOTLARNI ANIQ VA TO‘G‘RI BARPO ETISHNING GEODEZIK TA’MINOTI


Zamonaviy industrial qurilish ishonchli geodezik ta’minot bo‘lishini talab qiladi. Ko‘p qavatli yig‘ma va monolit binolar konstruksiyalarini barpo etish aniqlik va to‘g‘ri o‘rnatilishiga yuqori talablar bilan xarakterlanadi. O‘rnatilgan qo‘yim(dopusk)larga amal qilmaslik, cheklanishlar va xatoliklar yig‘ilishi ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi, ayrim elementlarni va umuman binoning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatini va to‘rg‘unligini kamayishiga olib keladi.
Binoni aniq barpo etishning asosi kompleks geodezik rejalashtirish ishlari bo‘lib, ularning bir qismi tayyorlov davri ishlariga kirsa, qolgan qismi bevosita binoni barpo etishda amalga oshiriladi. Unga kiradi:

  • binoda o‘qlari biriktirilgan va bu o‘qlarni qavatlarga ko‘chirish imkoni bo‘lgan geodezik rejalashtirish planini yaratish ;

  • har bir montaj qilinadigan qavatni qavatlararo yopmalarida oraliq va yordamchi o‘qlarni rejalashtirish;

  • elementlarni montaj qilish shartlariga asosan kerakli o‘rnatuvchi chiziqlarni belgilash;

  • qavatlarda montaj gorizontini aniqlash;

  • qavatlar bo‘yicha bajarish sxemasini to‘zish.

Binoning poydevorlarini cho‘kishi va karkasning deformatsiyasini sistematik nazorat qilish majburiydir.
Binoning yer ustki qismini barpo etishni boshlagunga qadar sokol va yerto‘la yopmasida o‘qlar o‘rni belgilanadi. Har bir bosh o‘q binoga quyidagi tartibda ko‘chiriladi. Teodolit bino obnoskasidan tashqarida binoning o‘qi mahkamlangan shtir ustida joylashgan holda o‘rnatilib, binoning qarama-qarshi tomonida joylashgan shunga uxshash belgiga stvor o‘qi bo‘ylab yunaltiriladi, keyin binoning sokol paneliga yunaltirilib unda stvor o‘qi belgilanadi. Xuddi shuningdek boshqa bosh o‘qlar ko‘chiriladi.Odatda o‘qlarning kerakli belgilari binoning sokoliga va qavatlararo yopmasiga bo‘yoq yordamida chiziladi, bundan tashqari qushimcha ravishda o‘qlarning o‘zaro kesishish joylari ham belgilanadi. Har bir o‘q binoga maydonning ikki joyida mahkamlangan o‘q nuqtalaridan ikki marta ko‘chiriladi. Loyihadagi va amaldagi o‘qlar orasidagi masofa va burchaklar bir-biridan QMQdagi reglamentlashtirilgan qiymatlardan farq qilmasligi kerak. Ikki bo‘ylama o‘qlar orasidag farq 3 mm, yonma-yon ko‘ndalang o‘qlar orasidagi farq yo1 mm bo‘lishi mumkin.
Qurilish maydonining sharoitlari va binoning konstruktiv
xususiyatlariga bog‘liq holda asosiy o‘qlarni boshlang‘ich gorizontdan montaj qilinadigan qavatga ko‘chirish yotiq yoki vertikal proeksiyalash usuli bilan amalga oshiriladi. Yotiq proeksiyalashda teodolit ko‘chiriladigan asosiy yoki yordamchi o‘qni chizig‘ida o‘rnatiladi. Binoning sokolida o‘qni holati mahkamlangan belgi-chiziqqa yunaltiriladi. Kuchiriladigan o‘qni orayopmaga proeksiyalash uchun uning stvorida vizirli nishon (ko‘p hollarda − shoqulli uchoyoq) o‘rnatiladi, o‘qni holati orayopmaga ko‘chiriladi va belgi-chiziq bilan belgilanadi (5.1-rasm).


Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish