8
Qurilish maxsuloti sifatini qo‘tarishda loyiha asosiy o‘rin tutadi.
Loyihaning progressiv echimiga yaratilayotgan asosiy fondlar, mahsulotlar
tannarxi,
foyda rentabelligi, mehnat sharoiti va unumdorligi bevosita bog‘liq.
Binobarin, sanoat fondi sifatini va samaradorligini etarli darajada yangi
korxonalar loyihalarini yaratish va amaldagilarini qayta ta’mirlash bosqichida
oldindan aniqlanadi. Loyihalarada korxonalarning iytisodiy samaradorligiga
dastlabki poydevori qo‘yiladi.
Loyiha echimining samaradorligiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri
loyihaning texnologik va qurilish qismlari bog‘liqligi hisoblanadi.
Mamlakat xalq xujaligi rivojlanishining hozirgi bosqichi inson faoliyati
muxitini
shakllantirish
ob’ektlariga yuqori talablar qo‘yilishi bilan
harakterlanadi. Bu to‘la ma’noda sanoat binolariga tegishlidir.
Sanoat binolari shahar tizimida yoki tabiat landshaftida joylashib, ularning
funksional tizimida faol ishtirok etadi.
Sanoat binolarining o‘zigi xos tomoni shundaki ularda yaratilgan hajm va
muhit insonning psixifiziologik talablarini va texnologik jarayon sharoitlari
muvofiq kechishlarini ta’minlash shartlarini qanoatlantirish kerak.
Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy echimi uning funksional vazifasi va
unda sodir bo‘ladigan texnologik jarayonning injener-texnik ta’minoti harakteri
bilan belgilanadi.
Bunda binoning turi, qavatliligi, geometrik parametrlari,
konstruksiyaga bo‘lgan zo‘riqishlari aniqlaniladi.
Ishchilar sog‘ligini saqlashda va ular mehnatining samaradorligini
oshirishda qulay, havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish
sexlarining intererini majmuali arxitekturaviy-badiiy loyihalash muhim rol
o‘ynaydi.
Sanoat binolari va inshootlarini barpo etisli maqsadida o‘tgan
asrning elliginchi yillarida qurilish me’yorlari va qoidalari amaliyotga
tatbiq etilgan. O‘sha vaqtda ishlab chiqarish korxonalarini qurishda
unifikatsiyalashtirilgan (birxillashtirilgan)
hajm-rejaviy elementlardan,
standartlashgan industrial konstruksiyalardan, texnologik jihozlarni erkin
joylashtirish imkoniyatini beradigan katta oraliqli(prolyotli) binolar
qurishga ommaviy o‘tildi. Ko‘pgina binolar va inshootlar tiplashtirilgan
yig‘ma, ko‘proq engil temirbeton va metalli konstruktiv elementlardan
tiklandi. Ishlab chiqarish binolarining qamrovli sxemalarini tarmoq va
tarmoqlararo birxillashtirish ishlariga o‘tildi.
So‘nggi sanoatlashtirish asosida sanoat qurilishini va metall kons-
truksiyalarni yiriklashtirish, qo‘l mehnati texnik
darajasini uzluk- siz
ko‘tarish, yig‘ma temirbeton mehnatini mexanizatsiyalashtirish ishlari
amalga oshirila boshtandi. Sanoat korxonalarini bir joyda to‘plash, ya’ni
hududiy ishlab chiqarish majmualarini hududiy sanoat bo‘g‘inlarida
joylashtirish (energiya, issiqlik, suv ta’minoti, kanali- zatsiya, binoni
muhandislik tarmoqlari va jihozlardan qulay foy- dalanish evaziga)
samarali bo‘lishligi isbotlandi. Keyinroq esa binolar va inshootlarni
texnik qayta jihozlash sanoat qurilishining muhim yo‘nalishiga aylandi.
Avvalgi davrlarda inshootlar konstruksiyasi ortiqcha mustahkam- lik
zaxirasiga ega bo‘lgan. Zamonaviy davr konstruksiyalari va ular- ning
rivojlanish yo‘nalishi materialning xossasi va material juda qulay
9
ishlaydigan konstruksiyalar formasidan har tomonlama foydalanishga
asoslangan.
Binolarning
arxitekturasi, ularning tashqi ko‘rinishi yoki intereri
muhandislarmehnat mahsuli bo‘lgan konstruksiyalarga ko‘proq bog‘liq
bo‘ladi. SHuningdek, binoningfunksional, ya’ni inson mehnatqilishi va
dam olishi uchun yaratilgan sun’iy muhit sifati ham uning konstruktiv
echimiga bog‘liq. SHunday ekan, quruvchi bakalavrlar qulay, chiroyli,
mustahkam, iqtisodli binolar va inshootlar yaratish bo‘yicha
ijodiy ma-
salalami echishda sanoat binolari asoslarini bilishlari. uning rivojlanish
tendensiyalarini tushunishlari shart.
Professor N.A.CHerkasovning fikricha, qurilish amaliyotida «bino»
deganda yashash, madaniy xizmat yoki ishlab chiqarish maqsadlari uchun
mo‘ljallangan va xonalardan tashkil topgan er usti inshooti tushuniladi.
«Inshoot» deganda inson tomonidan qurilgan har qanday imorat ham
tushuniladi. Odatda, «muhandislik inshooti» deganda max- sus vazifalar
uchun mo‘ljallangan ko‘priklar, shaxtalar, domna pechlari, suv quvurlari,
metropolitenlar kabi inshootlar tushuniladi.
Professor V.A.Bureninning yozishicha, kishilar tomonidan tiklan-
gan har qanday imorat keng ma’noda «inshoot» deb qabul qilingan.
Xonalari bo‘lgan va insonning aniq faoliyati uchun mo‘ljallangan har
qanday imorat esa «bino» deb ataladi. Bunday xonalari bo‘lmagan in-
shootlar (ko‘priklar, suv bosimli minoralar, teleminoralar va hokazo)
muhandislik inshootlari deb yuritiladi. Masalan, Moskvadagi Ostankino,
Toshkentdagi teleminoralarda restoranlar (xonalar)
borligiga qara- may
ular ham inshoot deb yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining shaharsozlik kodeksida ta’rif
berilishiga ko‘ra, «bino» deganda funksional maqsadiga qarab odamlar
yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab
Do'stlaringiz bilan baham: