3- Amaliyot mavzusi: Xonalar tarkibi va maydonlarini aniqlash.
Reja:
1.
Jamoat binolarining xonalari turlari va vazifasi.
2.
Jamoat binolarining asosiy xonalar.
Tayanch iboralar:
funksional protsess, xajmiy-rejaviy, konstruktiv echim,
o‘rta koridorli jamoat binolari, xajm-rejaviy echimlar, baland qavatli
jamoat binolari.
Loyixalash protsessida jamoat binolarining xajm-rejaviy echimlarining
shakllanishi quyidagi asosiy faktorlar yordamida aniqlanadi: funksional
protsess va shu asosida
aniqlanadigan xonalarning tarkibi, geometrik
parametrlari, xonalarning joylashuviga, bir-biriga bog‘lanishiga qo‘yilgan
talablar; shaxar qurilishi talablari; tabiiyiqlimiy faktorlar, shu bilan birga
qurilish uchastkasi xususiyatlari, uning relefi, atrofidagi qurilishlar, joyning
landshafti va boshqa tavsiflari; loyixalanilayotgan binoning konstruktiv
xususiyatlari (geometrik parametrlari, yuk ko‘taruvchi va to‘siq
konstruksiyalarining materiallari); loyixalanilayotgan jamoat binolarining
qurilish ansamblidagi ijtimoiy mazmuni va qiymatiga bog‘liq bo‘lgan
arxitekturabadiiy vazifalar; binoning qurilishi, uning funksional va texnik
foydalanilishi, xajmiy-rejaviy va konstruktiv echimlarini iqisodiy jixatdan
arzonligi.
73
Jamoat binolarining xonalari ishchi, xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi
turlariga bo‘linadi. Birinchisiga binoning funksional vazifasiga mos bo‘lgan
xonalar (sinflar, auditoriyalar va boshqalar) kiradi. Xizmat ko‘rsatuvchi
xonalarga vestibyullar, xojatxonalar, xonalar, bufetlar, omborxonalar va
boshqalar kiradi. YOrdamchi xonalarga kommunikatsion, ya’ni koridorlar,
o‘tish joylari, tamburlar shu bilan birga muxandis uskunalari joylashgan xonalar
(issiq xonalar, nasoslar, elektr shitlari, shamollatish kameralari va boshqalar)
kiradi.
Asosiy xonalarning tarkibi bo‘yicha jamoat binolari quyidagi guruxlarga
bo‘linadi: funksional vazifasi bo‘yicha xar xil bo‘lgan va ko‘p marta
takrorlanuvchi xonalari bo‘lgan binolar. Bu turdagi binolarga maktablar,
kasalxonalar, turli xildagi ma’muriy binolar va boshqalar kiradi; asosiy xonasi
zal tipida bo‘lgan binolar (teatrlar, kinoteatrlar, klublar, yopiq sport inshootlari
va boshqalar); turli xildagi xonalari bo‘lgan binolar (oliy o‘quv yurtlari,
loyixa va tadqiqot istitutlari, ma’muriy binolar va boshqalar); asosiy xonalari
zal tipida bo‘lgan va funksional bir-biriga o‘xshash loyixalangan binolar
(muzeylar, badiy galereyalar, vokzallar, vistavka povilionlari va boshqalar).
Birinchi guruxga ta’luqli jamoat binolarida xonalar bir-biriga koridorlar
yordamida bog‘lanadi. Koridorlar asosan 4 ko‘rinishda bo‘ladi: o‘rtada-xonalar
koridorning ikki tomonidan joylashgan; yon tomonlixonalar koridorning bir
tomonida joylashgan; aralash tipdagi- bir qism koridorlar o‘rtada va qolgan bir
qismi esa yon tomonli; ikki o‘rtada joylashgan (ikki koridor o‘rtasida tabiiy
yorug‘lik bilan ta’minlash talab etilmaydigan xonalar joylashtiriladi.
74
O‘rta koridorli jamoat binolarining xajm-rejaviy echimlari.
A-to‘g‘ri to‘rtburchakli, B- zinasimon; V- P shaklidagi.
YOn tomon koridorli jamoat binolarining xajm-rejaviy echimlari. A-to‘g‘ri
to‘rtburchakli; B-aralash
75
Ikki koridorli jamoat binolarining xajm-rejaviy echimlari: 1koridorlar;
2-vertikal kommunikatsiyalar va yordamchi xonalar; 3-asosiy xonalar
Jamoat binolarining baland qavatli xajm-rejaviy echimlari, odatda,
markazdagi vertikal kommunikatsiyalar atrofida joylashgan asosiy xonalarni
ko‘zda tutadi
Baland qavatli jamoat binolarining xajm- rejaviy echimlari.Akvadrat
shaklida; B-xoj shaklida; 1-koridor; 2-vertikal kommunikatsiyalar;3-asosiy
xonalar.
Asosiy xonasi zal tipida bo‘lgan jamoat binolari guruxi uchun markaziy
xajm-rejaviy kompozitsiya (zal xonasi asosiy xajm qilib ajratiladi) maqadga
muvofiqdir
76
Drama teatri. Reja; qirqim.
1-tomosha zali; 2-saxna; 3-saxna orti; 4-yon tomon xonalari; 5-xizmat
ko‘rsatuvchi xonalar; 6-faye;7-saxnaning aylanuvchi doirasi; 8-saxna ustida
joylashgan mexanizmlar; 9-tutun chiqish tuynugi;10-yong‘inga chidamli
parda;11-orkestr xonasi;12-avan saxna.
Asosiy xonalari zallardan tashkil topgan va bir-biriga funksional
bog‘langan jamoat binolari guruxi uchun anfiland sistemasidagi xajmrejaviy
echimlar (muzeylar, vыstavkalar, badiiy galereyalar va boshqalar) maqsadga
muvofiqdir
Anfiladsistemasidagi xajm-rejaviy echim
Do'stlaringiz bilan baham: |