2-Amaliyot mavzusi:Jamoat binolariga qo‘yiladigan sanitariya va
yong‘inga qarshi talablar
Reja:
1. Jamoat binolarini loyihalashga ta’sir etuvchi omillar.
2. YOrug‘lik, insolyasiya, tovush, ovoz izolyasiyasi va quyoshdan
himoyalashni ta’minlash.
3. Jamoat binolarining muxandislik asbob– uskunalari.
Tayanch iboralar:
YOrug‘lik, tovush, issiqlik iqlimi, insolyasiya, ovoz
izolyasiyasi, quyoshdan himoyalash, shinam, mikroiqlim, asbob– uskunalar.
Jamoat
binolarining vazifasiga, funksional protsessning xususiyatiga u erdagi
odamlarni soniga va bo‘lishining davomiyligiga qarab, sanitargienik talablarga asosan
binodagi xonalarning yorug‘lik, xavo muxiti va ovoz rejimi aniqanadi.
O‘zoq vaqt davomida odamlarning bo‘lishi ko‘zda tutilgan jamoat binolarining
xonalari tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlanishi shart. Xonalarning tabiiy yorug‘lik bilan
ta’minlanishining
kerakli miqdori, ularning vazifasiga, funksional protsessining
xususiyatiga, u erda kechadigan ishlarning tavsifi va aniqlik darajasiga nisbatan
aniqlanadi.
Xonalarning insolyasiyasi xam ularning vazifasi, odamlarning tarkibiy kontingenti va
iqlimiy sharoitlarga asosan aniqlanadi. Derazalarning yo‘naltirilishi, ularning o‘lchamlari
va quyoshdan ximoyalovchi konstruksiyalar xonalarning talab etilgan insolyasiya vaqtini
aniqlab, ortiqcha quyosh radiatsiyasidan ximoyalashi kerak. Qurilish me’yorlari va
qonunlari kerakli parametrlarni ko‘rsatib beradi. Masalan, maktab sinflari janub, sharq va
janubiy sharq tomonlariga yunaltirilishi tavsiya etiladi. CHizmachilik va rasm kabinetlari
shimolgayunaltirilishi tavsiya etiladi.SHimol tomonga yana kitob saqlash xonalari,
kasalxonalarning jarroxlik bloklarini yo‘naltirish tavsiya etiladi. Agar derazalarning
yo‘naltirilishi tomonlarning 200-290 graduslik sektorga to‘g‘ri kelsa, albatta quyoshdan
ximoyalovchi konstruksiyalar bilan ta’minlanmog‘i lozim.
Jamoat binolari xonalarining xavo muxiti (xarorat, namlik, xavoning tozalik darajasi
va uning tezligi) parametrlari odatda markaziy issiqlik sistemasi va sun’iy shamollatish
sistemalari bilan ta’minlanadi.
Jamoat binolari xonalarida ularning vazifasiga, odamlar faoliyatining xarakteriga,
funksional jarayonlarning xususiyatlariga javob bera oladigan ovoz rejimini yaratish
lozimdir. Ovoz rejimi xonalarning tashqi shovqinlardan ximoyalashga, akustikaga va
ichki shovqinlarni me’yoriy pasaytirishga qo‘yilgan talablar asosida aniqlanadi.
Binolarni tashqi shovqinlardan ximoya qilish uchun ularni avtomagistrallardan va
boshqa shovqin manbalaridan uzoqroq joylashtirish maqsadida muvofiqdir.
Kinostudiyalar, ovoz yozish zallari, opera teatrlari va
shunga o‘xshash boshqa xonalarni ximoyalovchi tashqi konstruksiyalar yordamida
ximoya qilish mumkin.Xonalarning ichida xosil bo‘ladigan shovqinlarni kamaytirish
uchun
akustik
ovoz
yutuvchi
shiftlar,
qoplama
devorlar
va
ekranlar
qo‘llaniladi.Kinoteatrlar, teatrlar va konsert zallarini tashqi shovqindan ximoyalash bilan
45
birga ularda yaxshi akustikani yaratish o‘ta muximdir. Bu esa tinglovchilar uchun xamma
o‘rinlarni kerakli ovoz energiyasi bilan ta’minlash, teng (diffuziyali) ovoz maydonini
tashkil qilish, zalning funksiyasiga
qarab reverberatsiya vaqtini ta’minlash kabi
talablarni bajarishni taqozo etadi.Akustik talablar zallarni geometrik parametrlarini
aniqlashda xisobga olish lozimdir uzunligi (L), eni (V) va balandligi (N), shu bilan birga
bu zallarda maxsus akustik uskunalarni joylashtirishda xam xisobga olinishi lozim.
Hozirgi zamon zallarining tavsiya etiladigan samoviy parametrlarining nisbati
quyidagichadir: (L:V:N)-2,5:1,5:1;
3:2:1dan 4,5:2,5:1gacha. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, akustik nisbatlar jixatdan, burchaklari kesilgan to‘g‘ri to‘rtburchak va
trapetsiya shakllari maqsadga muvofiqdir
Akustik nisbatda zallarning maqsadga muvofiq shakllari
Zallarda akustik talablarni to‘la bajarish uchun, ularda saxna tomonga qiya
qilib joylashtirilgan ovoz qaytargichlar xam o‘rnatilishi lozim
Tomosha zalida shiftning tishli shakli
46
Teatrlar zallarining qirqimdagi sxemalari:
A- amfiteatrli va balkonli; B-balkonlari ikki yarusli; V-yon tomondan zina
shaklidagi balkonlar; G-amfiteatr shaklidagi balkonlar; 1-amfiteatr; 2-balkon; 3-saxna; 4-
avansaxna; 5-orkestr; 6-osma shift; 7-yon balkon; 8amfiteatr shaklidagi yon balkon
Xulosa qilib aytganda tomosha zallarining shaklini loyixalashda akustik, ko‘rish,
idrok va arxitektura–badiiy masalalarini birgalikdagi echilishiga asoslanmoq lozim.
Ko‘p oraliqli sanoat binolarida deraza o‘rnida ma’lum bir uzoqlikdagi maydonlarni
yoritish shamollatish uchun bino tom qismida oynalangan derazalar – fonarlar ko‘zda
tutilgan bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra fonarlar yorug‘lik, aeratsiya va aralash turlariga
bo‘linadi. Ko‘ndalang kesimi ko‘rinishiga qarab fonarlar to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak
trapetsiya shaklidagi va “M” ko‘rinishidagi, zenit (tikkaga qaratilgan) va shedovik
(arrasimon) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
YOrug‘lik va aeratsiya fonarlarining asosiy profillari.
a – to‘g‘ri to‘rtburchakli; b,v – trapetsiyasimon; g – uchburchaksimon; d
– “M” simon; e – arrasimon (shedoviy); j,k – zenit fonarlari.
Ko‘pgina hollarda bino bo‘ylamasi bo‘yicha joylashgan fonarlar ishlatiladi
va ular bino to‘risiga ikki tomondan 6,0 yoki 12m etmaydi. Fonarlarning turlarini
47
va o‘lchamlarini yorug‘lik faolligi, qurilish joyi iqlimi sharoiti, bino ichki xarorat-
namlik rejimi, bino inter’eri va tejamkorlik ko‘rsatkichlariga qarab tanlanadi.
Unifikatsiya qilingan fonarlar kengligi 6,0 va 12, xamda 18m bo‘lib
tavaqasi nominal balandligi 1,25: 1,5 va 1,75m qilib qabul qilingan. YOrug‘lik
fonarlari ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyalardan iborat bo‘ladi. Fonar
ko‘taruvchi konstruksiyalarini po‘lat, temirbeton va yog‘och ramalardan
loyihalanadi. Fonarlarni ko‘proq po‘lat tavaqali turlari ishlatiladi.
To‘g‘ri to‘rt burchakli fonar detali
1 – ruxlangan po‘lat tunuka; 2 – issiq sovuqdan himoya qatlami; 3 – bo‘rt
elementi; 4 – yog‘och brusok; 5 – tavaqa; 6 – asbotsement bo‘g‘ot paneli; 7 –
temir beton plita; 8 – qotiruvchi anker; 9 – shveller; 10 – fonar fermasi; 11 –
fonar paneli.
Tavaqalari ochiladigan yoki umuman ochilmaydigan bo‘lishi mumkin,
ularni bir yoki ikki yarusda o‘rnashtiriladi. Ularning hammasini yoki ayrim
qismini mexanik tarzda ochib yopuvchi moslamalar o‘rnatilgan bo‘ladi.
48
YOrug‘lik fonarlarining uzunasi bo‘yicha har 84m masofada 6,0m
kenglikda uzish kerak bo‘ladi. Derazalarni ochilish burchagi 70
0
gacha bo‘ladi.
Qiya deraza panjalarida iloji boricha armaturalangan oyna ishlatiladi va ularni
maxsus qotirgichlar yordamida joyida mahkamlanadi.
Fonar ko‘ndalang bikirligini oshirish uchun fonar konturiga tirgaklar
kiritiladi, fonar ramasi oralig‘iga esa bog‘lovchilar o‘rnatiladi. Ramasimon
fonarlarni o‘rnatish murakkabligini hisobga olib, ekspluatatsiya sarflari va issiqlik
yo‘qotilishi yuqori bo‘lganligini xamda oynalarining tez ifloslanadiganligi keyingi
yillarda fonarlarni yangi konstruksiyalarini ishlab chiqishga to‘g‘ri kelmoqda.
Bunday fonarlar takomillashgan bo‘lib, zenit fonarlari hioblanadi va ular
yuqoridagi kamchiliklardan xoli bo‘lib qolmasdan o‘zidan yorug‘likni yaxshi
o‘tkazuvchi tom xamdir. Bunday fonarlar plastmassalardan tayyorlangan,
industrial, ko‘p og‘irlikka ega bo‘lmagan, katta mustaxkamlikka ega, montaj
qilinishi jo‘n va ishlatishga qulay hisoblanadi. Zenit fonarlarini tom sirtida
aloxida-aloxida turuvchi va seksiya tipida bo‘lishi mumkin. seksiyalar ko‘taruvchi
konstruksiyalarga burama mixlar yordamida maxkamlanadi. Zenit fonarlari
burtmasi (kupoli) o‘lchami 1400x1600mm, organik shishadan qilingan panel
o‘lchami esa 1600x6200mm ga teng bo‘ladi.
Bino
ichkarisini
shamollatish
uchun
mo‘ljallangan
maxsus
ko‘rinishlarga ega bo‘lgan bosimlar har xil bo‘lganda so‘rilish yoki havoni
chiqarish prinsiplariga asoslangan fonarlar aeratsiya fonarlari deyiladi.
Bunday fonarlarda shamoldan muxofaza qiladigan derazadan ma’lum bir
masofada turuvchi panellar qo‘yilgan bo‘ladi. Bunday fonarlarda deraza o‘rni
balandligi 1,25: 1,75: 2,4 va 3,4m qilib olinadi.
49
SHisha plastikali kupollardan ishlangan zenit fonarlarining
konstruksiyalari.
a – bo‘ylama kesimi; b – tayanch qismi detali.
1-Kupol; 2 – YOpma plitasi; 3 – Keramzitobeton plita; 4 – CHetini
o‘rovchi metall rama; 5 – Rezina osti quyma; 6 – Qotiruvchi boltlar; 7 –
Ruxlangan tunukadan ishlangan fartuk; 8 – Issiq-sovuqdan saqlagich.
Aeratsiya
uchun zenit fonarlaridan xam foydalanilmoqda. Bunda
“kolpak”lari ochiladigan yoki uning stakan qismida maxsus yoriqlar qoldirilib,
ularni jalyuzalar yordamida tartibga solinib turiladi.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |