Arxiv
saqlash binolari
Arxiv
saqlash
binolariga
qo‘yiladigan
funksional
talablar
quyidagilardan iborat.
1.
Aniq tizimlashtirilganlik
2.
Saqlanayotgan xujjatlardan foydalanishning qulayligi
3.
O‘tish yo‘llarining qulayligi
4.
Xona yuzasidan samarali foydalanish
Saqlash turlarigorizantal va vertikal bo‘lishi mumkin. Vertikal
saqlashda xodimlar soni 40% gacha kamayadi. Xujjatlarni suriladigan
qutilarda saqlashda devor yuzasidan foydalanish 87% ni tashkil
etadi.xujjatlar uzluksiz xarakatlanuvchi liftlarda uzatiladi. Arxiv xodimining
ish o‘rnida xujjatlarni ajratib ko‘rish polkasi, stol va rolikli stul qo‘yilgan
bo‘ladi.
Arxiv binoning o‘rta qismiga joylashtiriladi. Derazalar o‘qlari
oralig‘ining optimal qiymati 2,25-2,5 m, xona balandligi 2,1 m ni tashkil
etadi. Arxiv xonalari quruq bo‘lishi kerak. Arxivni erto‘la va chordoqqa
joylashtirish tavsiya etilmaydi. Xarakatlanuvchi arxiv shkaflaridan
kompaktus tizimi foydalanishga xona yuzasidan foydalanishning
samaradorligi 100-120% ni tashkil etadi. SHkaflar qo‘lda yoki mexanik
uzatma yordamida suriladi.
Jamoat va kommunal xizmat ko‘rsatishlarning boshqa binolarini
loyixalashga qo‘yiladigan talablar. (SHNQ 2.08.02-09 Jamoat binolari
va inshootlari)
YOng‘in deposini
loyixalashga
qo‘yiladigan
asosiy
talablar
quyidagilardan iborat;
•
YOng‘in deposi jamoat muassasalaridan kamaida 15 m;
kasalxona, maktab, bolalar bog‘chasi binolaridan kamida 30 m masofada
joylashishi
kerak;
•
YOng‘in deposining chiqish darvozasi 2 ta bo‘lishi, ularning
kengligi esa kamida 4,5 m bo‘lishi kerak;
•
YOng‘in deposidagi maydonlar va yo‘llar qattiq asfalg‘t yoki
beton bilan qoplanishi kerak
•
O‘t o‘chirish avtomobillari chiqadigan yo‘lga signalli svetafor
o‘rnatilishi kerak yo‘lda xarakatlanayotgan transport vositalari va piyodalarni
ogoxlantirish uchun
•
YOng‘in deposining xizmat ko‘rsatish radiusi quyidagicha qabul
qilinadi;
A, B, V toifaga kiruvchi xonalar uchun 2 km
G, Dtoifaga kiruvchi xonalar uchun 4 km
•
Ko‘rsatilgan xizmat ko‘rsatish, radiusi ortib ketadigan xollarda
korxonaga qo‘shimcha yong‘in portlari ko‘zda tutilishi kerak
•
YOng‘in deposi umumfoydalanish yo‘llariga tutashadigan joyga
qurilishi kerak;
•
YOng‘in postlarini B, G va D toifali ishlab chiqarish va
yordamchi binolarga qo‘shib qurilishiga ruxsat etiladi;
YOng‘in deposi va postlarning chiqish joylarini shunday joylashtirish
kerakki, o‘t o‘chirish avtomobillari chiqish paytida transpotrlarning asosiy
oqimi bilan kesishmasligi kerak
Kutubxona va arxiv binolarini olovbardoshlik darajasi II dan kam
bo‘lmagan 5 qavatdan oshmagan holda loyihalash kerak.
Kutubxonalarning kitoblar saqlanadigan va arxivlarning xujatlar
saqlanadigan xonalarini 600 m
2
maydondan oshirmay yong‘inga qarshi
peregorodkalariEI 45 bo‘lgan holda qismlarga bo‘lib, har bir qismdan
ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqishlari qoldirilishi kerak; chiqish
eshiklari 2- tipli EI 30 bo‘lgan yong‘inga qarshi bo‘lishi kerak.
Nodir va noyob nashrlar saqlanadigan xonalar boshqa xonalardan
olovbardoshlik chegarasi REI 150 bo‘lgan yong‘inga qarshi devor va oraliq
tepa qoplamalari bilan ajratilishi shart.
Kutubxonalar, arxivlar, omborxonalar va 36 m
2
dan oshiq maydonli
omborchalarda derazalar bo‘lmasa xona pol maydonining 0.2 % idan kam
bo‘lmagan maydonli so‘rib chiqaruvchi, har bir qavatda avtomat va
masofadagi uzatmali klapanlari borkanallar ko‘zda tutilishi zarur. Tutun
chiqarib tashlovchi klapanlardan eng uzoq xona nuqtasigacha masofa 20 m
dan oshmasligi kerak. So‘rib chiqaruvchi kanallar KMK 2.04.05 talablariga
mos bo‘lishi shart.
Turli yo‘nalishdagi arxivlar quyidagi xonalarni o‘z ichiga oladi:
qabulxona, ishlov berish xonasi, xujjatlarni komplektlash va saqlash xonalari;
dahliz va keluvchilar uchun xona, xujjatlarni nushalash xonasi, restavratsiya
va ekspertiza qilish xonalari, boshqa ishchi va maishiy xonalar.Xonalarning
tarkibi va maydonlari loyiha topshirig‘i bo‘yicha belgilanadi. Xodimlar
uchun ish xonalari ma’muriy binolar uchun berilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha
qabul qilinadi, keluvchilar uchun xonalar bir ish o‘rni 3,0-6,0 m
2
maydonli
bo‘lishidan kelib chiqqan holda ko‘zda tutiladi.
Arxivning saqlash xonasi saqlanadigan xujjatlar hajmi bo‘yicha
saqlashning bir mingta shartli birligiga2,5 m
2
maydon hisobidan aniqlanadi.
Eslatma: Dahliz, xojatxonalar ma’muriy binolardagi kabi qabul
qilinadi.
Muzey va ko‘rgazmalar ekspozitsiya zallarida, muzeylarning nodir
kitoblar va qo‘lyozmalar saqlanadigan xonalarida, hamda 1 mln. va undan
ko‘pbirlik hajmdagi kutubxona saqlash xonalarida, va I guruhdagi
arxivlarning saqlash xonalarida konditsiyalashtirish nazarda tutilishi shart.
Muzeylar, kutubxonalar va arxivlarda yilning sovuq davri uchun havo
hisobiy harorati va havo almashtirish karraligi 31-jadval bo‘yicha qabul
qilinishi kerak.
O‘qish, nutq so‘zlash zallarida va fondi 200 ming va ko‘psaqlash
birligidagi kutubxonalar saqlash xonalarida, muzeylarning ekspozitsiya va
saqlash zallarida, sig‘diraolishlik miqdori 300 ming saqlash birligidan ko‘p
arxivlarning saqlash xonalarida, qoida bo‘yicha, havoli isitishni havo kiritish
ventilyasiyasi yoki havoni konditsiyalashtirish tizimi bilan qo‘shilgan holda
qo‘llash zarur, havo chiqarib tashlash ventilyasiyasini tabiiy uyg‘onuvchan
qilib loyihalanishi zarur. Suvli isitishni ushbu binolarning boshqa xonalari
uchun nazarda tutish mumkin.
O‘qish joylarini bir xonada kitob fondi bilan joylashtiriladigan saqlash
birligi 50 mingacha bo‘lgan ommaviy kutubxonalarda, hamda 300 ming
birlikkacha saqlash birligidagi arxivlarda tabiiy ventilyasiya qurilmalari bir
karra havo almashtirishdan kam bo‘lmagan hisob bilan nazarda tutilishi
mumkin.
Saqlash birligi 200 ming va ko‘p kutubxonalarning saqlash, nutq
so‘zlash va o‘qish zallarida, hamda sig‘diraolishlik miqdori 300 ming
bo‘lgan arxivlarning saqlash xonalarida havoning retsirkulyasiyasini nazarda
tutish lozim. Tashqi havo sarfini hisob kitob bilan aniqlash shart. Saqlash
binolarining xonalarida u umumiy kiritiladigan havo sarfining 10% idan
oshib ketmaligi shart.
Muzeylar, kutubxonalar va arxivlarning saqlash xonalarini tashqaridan
kiradigan changdan tozalash va texnologik topshiriqda beriladigan havo
resirkulyasiyasini yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyagacha bo‘lishi
nazarda tutilishi shart.
Muzey, kutubxona va arxiv binolarida havoning nisbiy namligi 5055%
qilib qabul qilinishi shart.
Maishiy xizmat, atelg‘e, kir yuvish (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi kir
yuvish korxonalari mustasno), kimyoviy tozalash, oyoq kiyim ta’miri, kiyim,
maishiy texnikaustaxonalari va shunga o‘xshash ishlab chiqish korxonalarida
havo hisobiy harorati va havo almashishini amaldagi loyihalash normalariga
va texnik topshiriqqa mos qabul qilish darkor.
38-jadval
Xonalar
Parametrlar
Barcha
klimatik
xududlarda
havoning
hisobiy
harorati, °S
1 soatda
havoning havo
almashtirish
karraligi, kamida
Xonalar
tipi*
1
2
3
4
5
Buyurtma qabuli
va ulashish, madaniy-
maishiy mo‘ljalidagi
predmetlar prokati,
fotografiya, yuvelir va
graver ishlari, ovoz
yozish studiyalari
xonalari
N
18
YOndosh
xonalar bilan
balansi
bo‘yia, ammo
kamida 2
D
Kiyim, bosh kiyim
tikish va ta’miri, oyoq
kiyim va charm
galanteriyasiyasash va
ta’miri, metal va
plastmas buyumlar, soat,
optika, musiqa asboblari
ta’miri, jildlash ishlari
xonalari
N
18
Hisob kitob
bo‘yicha, ammo
kamida 3
R1
Radioapparatura
va televizor ta’miri
xonalari
N
18
Hisob kitob
bo‘yicha, ammo
kamida5
R1
Ash’yolarga ishlov
berish xonalari
N
18
Hisob kitob
bo‘yicha, ammo
kamida 10
R1
soni (kg) bo‘yicha
hisoblanadi.
Kir yuvish xonalari takibida nazarda tutiladi: kir qabuli, yuvish sexi,
quritish va dazmollash, taxlash va qadoqlash, toza kiyimlarni saqlash va
topshirish, omborchalar xonalari, (jumladan yuvish vositalarini saqlash),
xodimlar uchun ma’muriy-maishiy xonalar ( jumladan xojatxona dushxonasi
bilan), ta’mirlash-mexanik punkti.Mijozlar uchun xona kamida 12 m
2
bo‘lishi
shart.Tashqi kirish joylari kir topshirish va toza kiyimlarni qaytarib olish
uchun alohida bo‘lishi kerak, bunda toza va kir kiyimlar potoki kesishmasligi
zarur.
Xonalarning taxminiy umumiy maydonlari quyidagi hisob-kitob
bo‘yicha qabul qilinadi: bir smenada 125 kg gacha kir ishlab chiqarish
unumdorligi bo‘lganda - 0,8 m
2
/kg , 250 kg gacha - 0,5 m
2
/kg ishlov
beriladigan kirlarga.
Bir smenada 125-250 kg kir ishlab chiqarish unumdorligi bo‘lganda
yuvish sexi balandligi kamida 3.6 m , smenada 500 kg kirga – kamida 4.2 m
bo‘lishi shart.
Loyihalashda jihozlarni joylashtirishga texnologik talablar, hamda
ishlab chiqarish binolariga qo‘yiladigan qurilish normalari hisobga olinadi.
Kimyoviy tozalash korxonalari va punktlari qabulxonalari smenada
ishlov beriladigan kiyimlar hajmi bo‘yicha kg ga hisoblanadi.Qabul qilish
punktlari tarkibida:qabul qilish va kiyimlar qaytarilishi xududlaribilan dahliz,
xodimlar uchun ma’muriy-maishiy xonalar (jumladan xojatxona dushi bilan),
kiyim saqlash xonalari, inventar xonalari bo‘ladi.Mijozlar uchun xona
maydoni kamida 12 m
2
bo‘lishi kerak.
Kimyoviy tozalash
N
18
Hisob kitob
bo‘yicha
R1
Kir yuvish
xonalarida qabul qilish,
sortlarga ajratish i kir
kiyimlarni saqlash
xonalari
N
16
5
R1
Kir yuvish xonalari quvvati bo‘yicha – bir smenada yuviladigan kirlar
Kiyimlarni kimyoviy tozalash korxonalarining ishlab chiqarish
xonalari texnologik talablar bo‘yicha nazarda tutiladi; taxminiy umumiy
maydon hisob-kitob bo‘yicha qabul qilinadi: quvvati smenada 50 dan 150 kg
gacha kiyimlar 1.4 m
2
bir kg ga, 150 kg dan ko‘p bo‘lsa - 1,0 m
2
bir kg ga,
omborchalarning maydonlari 1 kg ga 0.1 m
2
maydon hisobidan nazarda
tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |