Sanatoriyalar, kurort, dam olish vasayyohlik muassasalari
Aholini proflaktik davolash va dam olishini taominlash maqsadida
sanatoriyalar, dam olish uylari, kurort mehmonxonalari vaboshqa
salomatlikni tiklash muassasalari barpo etiladi. Bu muassasalarda davolash va
hordiq chiqarish tabiiy usullar yordamidaamalga oshiriladi (quyosh, havo,
dengiz). Sanatoriyalar va damolish muassasalari mamlakatning nisbatan
tabiiy iqlim sharoitlari yaxshi bo‘lgan hududlaridagi kurortlar va dam olish
zonalaridaquriladi.
Alohida
muassasalardan
yirik
majmualar
yaratilishigao‘tish prinsipial yangi yo‘nalish bo‘lib, sanatoriyakurort
tizimining ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligining sezilarli darajada
ko‘tarilishiga imkon beradi. Yirik majmualarni tashkil etish bilan qimmatli
bo‘lgan
maydonlardan
unumli
foydalanish,
qurilishni
maksimal
industrializatsiyalagan holda arxitekturaviy go‘zal ansambllarni yaratish,
xizmat ko‘rsatishning yuqori saviyasini taominlash, shuningdek, xo‘jalik
faoliyalining tashqi muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish kabi shartlar
bajariladi. Aholining dam olishi va davolanishi uchun maxsuslashtirilgan
kattalar, o‘smirlar va bolalar sanatoriyalari; yosh bolali ota-onalar
sanatoriyalari; maktab o‘quvchilari uchun sanatoriya-lagerlar; sanatoriya-
proflaktoriyalar; dam olish uylari va pansionatlar (shuningdek, yosh bolali
oilalar uchun); dam olish bazalari; yoshlaroromgohlari; yuqori sinf
o‘quvchilarining salomatliklarini tiklash oromgohlari; maktab faollari uchun
oromgohlar; maktabgacha bolalar muassasalarining dala hovlilari; turistik
mehmonxonalar, turistik bazalar, motellar, kempinglar, bolalar uylari quriladi.
Sanatoriyalar
davolash, proflaktika qilish muassasasi bo‘lib, ularning
shifoxonalardan farqi davolashning, asosan, tabiiy vositalar yordamida
amalga oshirilishi (mineral suvlar, shifobaxsh balchiqlar va boshqalar) va
kattalar, bolalar va o‘smirlar, shuningdek, bolali oilalarning dam olishlari
uchun zarur sharoitlarning taominlanganligidir.
Ishchi va xizmatchilarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
davolanishlari uchun davolash-proflaktika qilish muassasasi sifatidagi
sanatoriya-proflaktoriyalar tobora keng tarqalmoqda. SHuningdek, katta
yoshdagilar va yosh bolali oilalar uchun dam olishuylari hamda pansionatlar
qurilishi ham keng tarqalmoqda. Pansionatlar dam olish uylariga nisbatan
dam olish vaqti, ish tartibi va kirish muddatlarining chegaralanganligi bilan
farqlanadi.
Sanatoriyalar,
dam
olish
uylari
va
turistik
muassasalarningarxitekturaviy kompozitsiyalari.Yirik majmualar, alohida
damolish
va
turizm
muassasalari,
shuningdek,
sanatoriyalarning
kompozitsiyalari mahalliy tabiiy muhit xususiyatlarini har tomonlamahamda
maksimal o‘rganish natijasida yaratiladi. Alohida muassasayoki majmuaning
kompozitsion echimini tanlash, kurort yoki202rekreatsion zonalar to‘liq
arxitekturaviy tushunchalar chegarasidaaniqlanishi lozim.
Sanatoriyalar, dam olish uylari, kurort-mehmonxonalar, shuningdek,
boshqa muassasalar qurilishida hamda amaliy loyihalashda quyidagi
kompozitsiya usullari qo‘llaniladi: 203– markazlashtirilgan usul. Bu usulda
barcha xonalar guruhlaribir korpusda joylashtiriladi;– bloklash usuli. Bunda
alohida-alohida binolarda joylashtirilgan xonalar guruhlari birbiriga tegib
turadi yoki o‘zaro uzviybog‘langan murakkab fazoviy kompozitsiyani tashkil
etadi;– pavilyon usulda, avtonom binolardagi alohida xonalar guruhlaribir-
biri bilan bog‘lanmagan holda joylashishi bilan xarakterlanadi.
Mamlakatimizdagi dam olish muassasalarining arxitekturasiqisqa muddatda
yuqori rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi va hozirdasifatli yangi bosqichga chiqib
oldi. Kompleks qurilishga o‘tishnafaqat aholining yuqori darajada dam
olishiga sharoit yaratmoqda, balki tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo‘lish hamdayangi yaratilayotgan arxitekturaviy-fazoviy muhit bilan
uzviybog‘lanishiga
intilishda
murakkab
ekologik
muammolarni
echishimkonini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |