Bino va inshootlar qurilishi



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

To„xtash joyi
– ish o‗rni bo‗lib, unda ma‘lum aniq belgilangan qurilish jarayoni bajariladi, u 
erdagi ishlarni maksimal mexanizatsiyalashtirish uchun ular konduktorlar, so‗rilar, moslamalar, kichik 
mexanizatsiya vositalari , elektr bilan ishlaydigan yuqori unumdorli instrumentlar, asbob-uskunalar
bilan jihozlangan bo‗ladi.
Tomyopma bloklarini konstruktiv echimlariga qarab birinchi 3…6 to‗xtash joylarida 
tomyopma bloklarini ya‘ni stropila va stropilaosti fermalari, bog‗lovchilar, progonlar, profil 
to‗shamalar, yorug‗lik – aeratsiya fonarlarini yig‗ish ishlari bajariladi. Keyingi to‗xtash joylarida 
ferma oraliqlari to‗ldirilib, konstruksiyalari bo‗yaladi, tomqoplamalari quriladi va sanoat 
kommunikatsiyalari, kabellar o‗tkaziladi.
Bajariladigan ish turiga qarab konveyer liniyasining to‗xtash joylari statsionar so‗rilar, o‗tish 
ko‗prikchalari bilan jihozlanadi. Har bir yig‗iladigan blok aravalarda siljitilib metallkonstruksiyalar 
yig‗ilishi va bo‗yoqlanishidan tashqari to‗xtash joylarida ketma-ket ravishda sanitar-texnik jihozlarni, 
elektroapparaturalarni va ventilyasion quvurlarni montaji, hamda umumqurilish ishlari bo‗lgan tom 
qurish va oynalash ishlari bajariladi. Oxirgi to‗xtash joyida yiriklashtirilgan bloklarni qabul qilish 
amalga oshiriladi.
Bunday bloklar, konveyerdan tushgach o‗rnatishga to‗liq tayyor holatda bo‗ladi va ular qabul 
qilingach montaj qilish zonasiga tashiladi, u erda mos yuk ko‗taruvchanlikka ega kranlar bilan 
loyihaviy holatiga o‗rnatiladi. Bo‗shagan aravalar konveyer boshiga ko‗chiriladi. 


Bloklarni konveyerda bo‗ylama joylashishi yig‗ishda kichik qulochli strelali kranlarni, 
ko‗ndalang joylashganda esa konveyer uzunligi kamaysada lekin yuk ko‗tarish qobiliyati katta va 
uzun qulochli kranlarni qo‗llashga to‗g‗ri keladi. 
Ko‗pincha metall konstruksiyalarni yig‗ishda va bo‗yashda bloklar konveyerda bo‗ylama 
joylashganda 8...10 ta gacha to‗xtash joyi, tomqoplamalarni yopish va kabellarni o‗tqazish uchun 6 ta 
to‗xtash joylari talab qilinadi. SHunday qilib konveyerni umumiy uzunligi o‗rtacha 16 ta to‗xtash
joyidan iborat bo‗ladi.
Konveyerni joylashish o‗rni qurilayotgan binoga nisbatan uning konfiguratsiyasiga, bo‗sh 
maydonining borligiga, konveyer liniyasi yonida umumqurilish va maxsus ishlarni olib borish uchun
temir konstruksiyalar va materiallar omborxonasini joylashtirish imkonlariga bog‗liq bo‗ladi.
8.4-rasm. ―Konveyer – blokli montaj‖ ishlarini tashkillashtirishning 
umumiy sxemasi 
1 – montaj qilingan tomyopma bloklari; 2 – bloklarni o‗rnatuvchi yordamida o‗rnatish 
joyiga siljitish; 3 – blokni aravachadan o‗rnatuvchiga olib qo‗yish uchun kran; 4 – blokli 
o‗rnatilgan tashish aravachasi; 5 – oldindan montaj qilingan relsli kranosti to‗sinlari; 6 – 
binoning karkasining ustunlari; 7 – konveyerga konstruksiya va materiallarni etkazish uchun 
yo‗l; 8 – konveyer; 9 – konveyerni to‗xtash joylari; 10 – konveyerga xizmat qiluvchi 
chorpoyali kran; 11 – konveyer yonidagi materiallar va konstruksiyalar omborxonasi. 
Agar kompleks qurilayotgan bo‗lsa, unda konveyer bir nechta barpo etilayotgan binolarga 
xizmat qiladigan qilib loyihalanadi. 
Konveyerda yig‗ishning o‗ziga xos xususiyatlariga quyidagilar kiradi (8.4-rasm):
• blokning chidamliligi va geometrik o‗lchamlarni o‗zgarmasligini ta‘minlovchi konduktorlar 
bilan jihozlangan, konveyerda yig‗ish zonasining yaratilishi; 
• yig‗ilgan bloklarni tashish uchun aravacha va kran yo‗llarini o‗rnatilishi; 
• yigishni qulayligi uchun so‗ri va boshqa uskunalar bilan ta‘minlanganligi; 
• konstruksiyalarni saralash, oraliq yiriklashtirib va ularni konveyer yig‗ish zonasiga o‗zatish 
uchun parallel joylashgan omborxona zonasi; 
• konveyer bo‗ylab bloklarni tashishda va loyixaviy holatiga o‗rnatishda maxsus asbob-
uskunalar qo‗llanilishi; 
• bloklarni tayyorlashda kompleks ishlarni ya‘ni montaj umumqurilish ishlari va maxsus 
ishlarni alohida sikllarga ajratish;
• texnologik quvurlar, uskunalarni, , ventilyasiya shaxtalari, havo o‗tkazgichlar va ularni 
qutilari, ichki suv tarnov quvurlarini montaj qilish va elektrotexnik uskunalarni mahkamlash ishlarni 
maxsus ishlar sifatida bajarilishi. 
Bloklarni konveyerda yig‗ishning afzalligi:
• ish joylarini ixtisoslashtirilganligi, ishlarni murakkab va oddiy operatsiyalarga bo‗linishi 
hisobiga mehnat unumdorligini ahamiyatli o‗sishi; 
• ishlarni ritmli( maromli) va oqimli –uzluksiz ravishda bo‗lishi; 
• qurilish montaj ishlarining maksimal mexanizatsiyalashganligi; 


• bloklarni bir to‗xtash joyidan boshqa to‗xtash joyiga maxsus konveyer aravachasida 
siljitilishi.
Bloklarni konstruktiv echimiga, texnologik jihozlar ko‗pligiga, to‗xtash joylarida 
bajarilayotgan jarayolarni taqsimlanishiga qarab oraliq to‗xtash joylari 7 dan 16 ta gacha bo‗lishi 
mumkin.
Konveyerda ishlar siklini alohida uchastkalar va to‗xtash joylarida taqsimlanishning asosiy 
prinsiplari: 
• bitta to‗xtash joyidagi maksimal ishchilar soni 10 ta; 
• bajarilayotgan ishlarning bir turliligi;
• bir oraliq to‗xtash joyida belgilangan ishlarni konveyer xarakatlanishi davomida 2, 3 yoki 4 
soat ichida bajarilish imkoniyati. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish