G„isht konstruksiyalarni tuzatish va kuchaytirish
.
Kuchaytirish ishlari quyidagi
amalga oshiriladi: yoriqlarni berkitish; qoplamalar o‗rnatish; shikastlangan uchastkalarni qayta terish;
hajmiy turg‗unligini va bikirligini oshirish;
YOriqlarni berkitishda g‗isht terimidagi yoriqlarga bosim ostida suyuq sementli yoki
polimer qorishmani yuborib, g‗ishtlarning umumiy birikishini oshirib uning yuk ko‗tarish qobiliyatini
oshiriladi. Qoplamalar temir beton, suvaladigan va metaldan bo‗lishi mumkin.
Temir beton qoplamalarda yuzalar yaxshilab tozalanib, izlar tushiriladi, namlanadi
so‗ngra armatura
to‗rlari choklarga shtirlar qoqib maxkamlanadi, qolip o‗rnatilib betonlanadi.
Betonlash yarusining balandligi 1 m gacha, uchastka uzunligi ikki deraza va eshik o‗rtasidagi devor
uzunligiga yoki yaxlit uchastkalarda 3...5 m bo‗lishi mumkin. Temirbeton qoplama o‗rnatishning
boshqa usuli torkretlash. Torkret beton bevosita g‗isht terimiga, armaturaga 2 – 3 sm qalinlikda beton
qorishmasini bosim ostida chaplash
(18.6-rasm).
18.6 –rasm. G‗isht ustunlarni metall (a), temir beton (b ), suvoqli (v ) qoplama bilan
kuchaytirish:
1 – plankalar 3 × 5; 2 – ugolok
(burchaklik);
3 – payvand; 4 – sterjenlar Ø 5 ... 12 mm;
5 – xomutlar Ø 4 ... 10 mm; 6 – beton V 12,5 ... V 14; 7 – sterjenlar Ø 6 – 12 mm; 8 – qorishma
marka 50 ... 75; 9 – g‗isht terimi;
Qoplama o‗rnatishda suvash usuli xam qo‗llaniladi. Bunda yuzani tayyorlash va
armatura o‗rnatish oldingi usullaridagidek amalga oshirilib, so‗ngra 2 – 3 sm qalinlikda bir qancha
qatlam sementli qorishmada suvaladi. Xar qaysi suvoq qatlamidan so‗ng 3 sutkagacha suvoq qotishi
uchun tanaffus qilinadi.
Metall qoplama 2 ta asosiy elementdan tashkil topib, ikki deraza va eshik o‗rtasidagi
devor va ustunlarning burchaklariga sement qorishmaga vertikal o‗rnatiladigan po‗lat
ugoloklar
va
ularni birlashtiruvchi metall tilimli xomutlardan iborat. Metall karkasni korroziyadan saqlash
maqsadida sementli qorishma bilan suvab qoplanadi (21.7-rasm).
18.7-rasm. Bo‗shliqlar orasidagi g‗ishtli devorni po‗lat qoplama bilan kuchaytirish:
1 –bo‗shliqlar orasidagi g‗ishtli devor (prostenka); 2 –
po‗lat ugolok
; 3 – planka; 4 –
ko‗ndalang bog‗lovchi.
G‗isht terimining jiddiy shikast etgan qismlari yangi terim bilan almashtiriladi. Buning
uchun g‗isht terimi vaqtinchalik metall yoki yog‗och karkas bilan maxkamlanadi. Vaqtinchalik
maxkamlash terimdagi qorishma 50 % mustaxkamlikga erishgandan so‗ng olinadi.
G‗ishtli binolarni rekonstruksiyalashda ulardagi yoriqlar, deformatsiyalar yo‗l
quyiladigan darajadan yuqoriroq bo‗lsa ularning turg‗unligini va xajmiy bikirligini oshirish maqsadida
metall tortqilar bilan xajmiy tortiladi (18.8- rasm).
18.8-rasm. G‗ishtli devorni xajmiy tortish bilan kuchaytirish.
1 – tortiqlar; 2 – tortish muftasi; 3 – metall qistirma; 4 – shveller N = 16 – 20; 5 –
ugolok.
Temir beton ustun, to‗sin va yopmalarni kuchaytirishda qo‗shimcha elementlarni qo‗shish,
ya‘ni konstruksiya qirqim yuzasini, armaturalashni oshirish, ayrim xollarda qo‗shimcha tayanch
o‗rnatib xisoblanish sxemasini o‗zgartirish ishlari amalga oshiriladi (18.9, 18.10, 18.11- rasmlar).
18.9-rasm. Ustunlarni po‗lat qoplama (a), armatura karkas (b), setka (v), temirbeton
g‗ilof(g) bilan kuchaytirish:
1- kuchaytiriladigan konstruksiya; 2- kuchaytirish elementlari; 3-himoya qatlami; 4-
shchitli qolip mahkamlovchi xomut bilan; 5-inektor; 6-shlang.
18.10-rasm. To‗sinni kuchaytirish sxemasi:
1 – kuchaytirilayotgan konstruksiya; 2 – armatura karkasi; 3 – osma qolip; 4 – tortqi; 5 –
betonlash uchun yopmadagi teshik.
18.11-rasm. Ustun o‗rnatib to‗sinni kuchaytirish:
1 – ko‗chaytirilayotgan to‗sin; 2 – qo‗shimcha poydevor; 3 – kuchaytirish ustuni; 4 –
boltlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |