Rasm 15.6. ―Utinor‖ firmasining tunnel qolipi:
1 – vertikal panel; 2 – magnit qulfli bushliq hosil qiluvchilar; 3 –gorizontal panel; 4 – sokolni
betonlash uchun qolip; 5 – qolipni to‗sib turuvchi devorini yon qismi; 6 – rolikli g‗ildirak; 7 –
rostlovchi domkrat; 8 – markaziy tayanch
ustun-tirgak; 9 – orqa panel; 10 –
tirgak.
Ikki seksiyali tunnel standart shchitli qolip ―Utinor‖ asosida yaratilgan (15.6-rasm). Vertikal
panellar xuddi devor qoliplaridagidek, 3 mm qalinlikdagi metall list konstruksiyalariga ega. 1,25 va
2,5m uzunlikdagi har bir standart panel balandlik bo‗yicha sathga ko‗tarib qo‗yish uchun ikkita vintli
domkratlarva ikkita rolikli g‗ildiraklar bilan jihozlangan. Alohida tunnellar biriktirilib, uzunligi 3,75
dan 12,5m gacha bo‗lgan bitta element holatiga keltirilishi mumkin, bunda qolipni ko‗chirish esa yirik
modullab amalga oshiriladi. Vertikal panel beton qorishmasi bosimini qabul qiladigan fermaga ega
emas, shuning uchun tunnelning uchta sathida qadami 1,25m dan iborat bo‗lgan vintli tortqilar
yordamida mahkamlash ko‗zda tutilgan.
―YUzma-yuz‖ o‗rnatiladigan qo‗shni tunnellarning vertikal panellarida
shchitlarni uchinchi
(shchitlarni yuqorigi va past qismidagi ikkitadan tashqari) biriktiruvchi vintli tortqilar bilan tortib
qo‗yish uchun tuynuk nazarda tutilgan. Tunnelning standart balandligi 2,43m ga teng, bu esa betonlash
balandligi bo‗yicha balandligi 2,52m bo‗lgan devor shchitlariga mos keladi.
3mm qalinlikdagi metall listlardan tayyorlangan gorizontal panellar bikirlik elementlari bilan
kuchlantirilgan. Ikki vertikal va gorizontal panellar o‗zaro tirqishlari orqali tutashtirilib, boltlar
yordamida tortib qo‗yiladi. Tutashtiruvchi qulf, bu ikkita (bittasi yonlama yoriqli) qator qilib parmalab
teshilgan shtampovkalangan po‗lat plastinadir. Boltlar bilan tortilib qisilgan plastina ikkita yarim
tunnellarni
bir butun qilib, ikkita elementni to‗g‗ri tutashtirlishini hamda qolipni ko‗chirish uchun
zarur oraliq masofani ta‘minlaydi.
15.7-rasm. ―Utinor‖ firmasi yarim tunnelining konstruktiv echimi:
1 – vertikal panel; 2 – gorizontal panel; 3 – yordamchi-qo‗shicha panel; 4 – suriladigan panel;
5 – sharnirli tirgak; 6 – burchakli tirgovich; 7 – yarim tunnelni chiqarma konsolga surish rolikli
g‗ildiragi.
Tunnelni oralig‗i gorizontal panellar orasiga qo‗shimcha qo‗yiladigan
elementlar hisobiga
kengaytirilishi mumkin. Bu qo‗shimcha qo‗yiladigan elementlar rostlanadigan stabilizator bilan
jihozlanadi va u yarim tunnelga montaj qilingan holda qoldiriladi.
Ayrim hollarda uzun tor oraliqlarni betonlashda qolip ko‗chirilganda yig‗ilgan ko‗rinishda
qoladigan tunnel qoliplardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun tunnel yarim
seksiyalari shatun va tortqibilan jihozlanadi. Qolipni ko‗chirish tirgak va tortqilarniqisqartirish evaziga
amalga oshiriladi, shu bilan birgalikda yon devor qoliplari markaz tomon tortiladi. Bitta yarim seksiya
yonidagisiga nisbatan pastga tushiriladi va uni ichkari tomonga bir necha santimetrga burab qo‗yiladi.
Vertikal shchitlarni bunday Yaqinlashtirish va gorizontal shchitni domkratlar yordamida tushirish
natijasida tunnel qolipning butun perimetri bo‗ylab tirqish paydo bo‗ladi, bu esa tunnelni oraliq
bo‗ylamasi bo‗yicha siljishiga etarli bo‗ladi.
Ba‘zan ichki ko‗nadalang devorlarni ham bir vaqtda betonlash zarur, bunday holatda tunnel
qolipning yon tomonida orqa panel montaj qilinadi. U o‗yiq joyi (paz)da birlashtirilgan, tutashtiruvchi
qulf yordamida tunnel qolipga mahkamlangan ikkita elementlardan yig‗iladi.
Bu panellar sathga
ko‗tarib o‗rnatuvchi domkratlar va rolikli g‗ildiraklar bilan jihozlangan. Tunnelning vertikal panellari
bilan birlashtirilishi, xuddi devor qoliplarini burchaklik birlashtirishdek amalga oshiriladi.SHunday
qilib devor qolipining bir tomoni shakllanadi.Devor qolipining ikkinchi tomoni esa mayda shchitli
qolip elementlaridan yig‗iladi. Bu ikki panel qoliplarini o‗zaro tutashtirish vintli tortqilar bilan
bajariladi.
YArim seksiyalarni qolipdan ajratish tayanch domkratlarni pastga tushirish yo‗li bilan
bajariladi, bunda, ya‘ni domkrat tirgaklarini tushirish natijasida gorizontal
panellar betonlangan
orayopmadan ajraladi. Tunnel seksiyalarni ko‗chirish navbatma-navbat yarim seksiyalarni g‗ildiratish
yo‗li bilan qolipdan ajratib so‗ri maydonchaga keltirish bilan amalga oshiriladi (18.8-rasm), bunda
bitta yarim seksiya demontaj qilingach, ikkinchi yarim seksiyani demontajidan avval orayopmani
yarim seksiyalarini biriktirish o‗qlari bo‗yicha oraliqning markazida tayanch ustunga tirab qo‗yiladi,
holbuki, beton zarur mustahkamligini olishi kerak. So‗ri-maydonchada ajratilgan qolipni vertikal
sirtiga
moy surkaladi, keyin yarim tunnel yangi qamrov (ish o‗rni)ga qayta o‗rnatiladi. Ajratilgan
qolipni so‗ri-maydonchasi qolipni tozalash va moylashga qulay sharoit yaratish uchun mo‗ljallangan
hamda ishchilarning erkin va xavf-xatarsiz harakatini ta‘minlaydi, shuning uchun ham himoya to‗rlari
bilan jihozlangan.
Betonlangan yacheykadan tunnel qolipni chiqarib olishda g‗ildirab chiqatiladigan
platformadan foydalaniladi. Ularni pol va orayopma orasiga o‗rnatiladi, qurilish ishlarining jadalligiga
qarab yangi joyda kran yordamida montaj qilinadi va qayta montaj qilinadi. Binoning bir tomonidan
tunnelni chiqarib olinsa, qarama-qarshi tomonida ishchilarni bir yacheykadan boshqasiga xavf-xatarsiz
xarakatlanishini ta‘minlash uchun so‗ri-maydonchani montaj qilinadi.
Tunnel qoliplari o‗lchamlarining yuqori aniqlikdaligi betonlangan va qolipi ko‗chirilgan
yuzalarni pardozlashni mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi. Ikki seksiyali qolip bilan ishlash
uchun juda oz ishchilar talab qilinadi. Bir xildagi operatsiyalarning takrorlanishi
evaziga texnologik
jarayonlarni oson o‗rganish mumkin, buning ustiga og‗ir qo‗l mehnatining hissasi ham oz.
15.8-rasm. ―Utinor‖ firmasining teleskopik oyoqli qolipni ajratish so‗ri-maydonchasi:
1 – betonlangan orayopma; 2 – ikkita blokdan tashkil topgan tunnel qolip bog‗lovchi; 3 –
uchburchakli montaj traversasi; 4 – himoya to‗sig‗i; 5 – qolipni ajratish so‗ri-maydonchasi; 6 –
vaqtinchalik oraliq tirgak-ustun.
Do'stlaringiz bilan baham: