Bino va inshootlar qurilishi



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/115
Sana29.03.2022
Hajmi4,3 Mb.
#515436
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
Bog'liq
injenerlik geodeziyasi (1)

Nazorat savollari: 
1.
 
Sanoat maydonlarini tanlashda nimalarga ahamiyat beriladi? 
2.
 
Texnikaviy loyiha tuzish uchun qanday planlar olinadi? Bu planlarda nimalar tushiriladi? 
3.
 
Sanoat maydonlarida qanday tarmoqlar geodezik asos sifatida barpo etiladi? 
4.
 
Sanoat maydonidagi geodezik asos tarmoqlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
5.
 
Sanoat maydonlarida balandlik asosi sifatida qanday tarmoqdan foydalaniladi? 
Tanch so‘zlar:
Sanoat maydoni, korxonaning texnikaviy loyihasi, sanoat majmui, injener-
geologik plan, stereofotogrammetrik usul, to‘ldiruvchi tarmoqlar bazis tomon, shakl va azimut 
shartlari,markaziy tizim. 
M A ‘ R U Z A № 14 
YER OSTI KOMMUNIKATSIYALARINI QURISH VA ISHLATISHDAGI 
GEODEZIK ISHLAR 
REJA
1.
Yer osti kommunikatsiyalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
2.
Yer osti kommunikatsiyalarini rejalashtirish va ularni yotkizishdagi geodezik ishlar. 
3.
Yer osti kommunikatsiyalarini s’yomka qilish.
4.
Yer osti kommunikatsiyalarini qidirish.
Tayanch so‘zlar: 
Yirik masshtabli planlar, maxsuslashtirilgan plan, kadastr plan, qidiruv 
planlari, ijroyaviy planlar, plan aniqligi, plan batafsilligi, plan zichligi, o‘zi oqar 
quvuro‘tkazgichlar, bosimni quvuro‘tkazgichlar, induktivli qidirish asboblari, generator. 
Yer osti kommunikatsiyalarining turlari.
Hozirgi zamon sanoat va fuqaro inshootlari katta 
tarmoqli yer osti kommunikatsiyalari bilan xarakterlanadi. Yer osti kommunikatsiyalarini
texnik ro‘yhatga olishda, ya’ni joyning kadastrini barpo etishda ularni barcha o‘zgarish va 
qo‘shimchalari bilan aniq va to‘liq tasvirlangan plani kerak bo‘ladi. 
Geodezik o‘lchashlar nuqtai nazaridan barcha yer osti kommunikatsiyalarini uch turga
bo‘lish mumkin. 
1.O‘zioqar quvur o‘tkazgichlar-ifloslangan suvlarni tozalash inshootlariga yuboradi.
Ular 600mm va undan katta diametrli quvurlardan quriladi. Bu turdagi 
kommunikatsiyalarga drenajlarni ham kiritish mumkin. 
O‘zioqar quvur o‘tkazgichlarni yotqizishda loyihaviy nishabliklarga katta ahamiyat
beriladi, nishablikning eng kichik qiymati 200 mm diametrli quvur uchun 0,003-0,001 va 
1250mm va katta diametrli quvurlar uchun 0,0005 ni tashkil etishi kerak. 
2. Bosimli quvur o‘tkazgichlar- metal quvurlardan yasalgan bo‘lib, suyuq va gaz 
mahsulotlari bosim ostida oqiziladi. 
3. Kabel tarmoqlari – elektr bilan ishlovchi transportlar va yoritish uchun ishlatiladigan
yuqori va past kuchlanishli kabellar hamda telefon va telegraf aloqasi, radioeshittirish
signallashtirish uchun ishlatiladigan tarmoqlarga bo‘linadi. 


103 
Plan olish usullari. E
ng sodda va shu bilan birga eng aniq va ishonchli plan olish 
usullaridan biri, zovurlarga yotqizilgan yer osti kommunikatsiyalarini ijroiy planini olish
hisoblanadi. Planda burilish burchak uchlari, quduqlar va boshqa xarakterli nuqtalar geodezik
asos punktlariga yoki inshoot o‘qlariga bog‘lanadi. Balandlik hisobini aniqlash uchun quvur 
o‘tkazgich nivelirlanadi. 
Ijroiy hujjatlar mavjud bo‘lmagan shahar hududlarida, yer osti kommunikatsiyalar
planini tuzish uchun, shurflash usuli qo‘llaniladi, bir-biridan ma’lum masofalarda joylashgan
chuqur bo‘ylama zovurlar qaziladi. Zovurlar joyda quvur o‘tkazgichlar va kabellar zarar
etkazmagan holda ehtiyotlik bilan qaziladi. 
Induktivl qidirish asboblari. 
Yer osti kommunikatsiyalarini qidirishda ishlatiladigan
barcha asboblar bir xil prinsipda tuzilgan va faqat sxemalari va texnik xarakteristikasi bilan
farq qiladi.
 
Ular ikkita blokdan tuzilgan bo‘ladi: uzatuvchi va qabul qiluvchi (14.1-shakl). 
14.1-shakl. 
Yer osti kommunikatsiyalarini qidirish usullari. 
Yer osti kommunikatsiyalari holatini
induktiv asboblarda aniqlash bog‘langan va bog‘lanmagan usullarda bajarilishi mumkin. 
Bog‘langan usul nisbatan aniqroq hisoblanadi. Bu usulda generator bevosita quvurga
ulanadi va uning atrofida elektromagnit maydoni tashkil etiladi. 
Generator ta’minlash manbaiga ulanadi va qabul qiluvchi qurilma yordamida, tovush
eshitish yo‘li bilan yer osti kommunikatsiyalari o‘qlarini qidirish boshlanadi. 
Agarda generatorni quvur yoki kabel o‘tkazgichga ulash imkoniyati bo‘lmasa, u holda
qidiruv bog‘lanmagan usulda amalga oshirilishi mumkin. Bu usulning mohiyati shundan
iboratki, generator kamida ikkita nuqtada erga sim orqali ulanadi, natijada quvur yoki kabel
atrofida elektromagnit maydoni hosil bo‘ladi, bundan esa o‘z navbatida qidirish uchun
foydalaniladi. 
Bog‘lanmagan usulda eshitilish uzoqligi bog‘langan usuldagidan 2-4 marta kam
bo‘ladi. Bu usulning aniqligi kam hisoblanadi, shuning uchun bog‘lanmagan usul asosan
kommunikatsiyalarning dastlabki holatini aniqlashda qo‘llaniladi. 

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish