78
ikki uchi pastga qarab qiyshaymagan bo‘lsa unga xavfli emas. Kipregel og‘irligi bilan u
to‘g‘rilanishi mumkin.
3. Qo‘shimcha chizg‘ich 3 asosiy chizg‘ich 10 dan farqli masofada bo‘lsa ham unga parallel
ravishda siljishi kerak.
Kipregilni planshetda joyidan qimirlatmasdan qo‘shimcha chizg‘ichni asosiy chizg‘ichdan bir
necha marta qo‘yib, har qo‘yganda qalamning o‘tkir uchi bilan chiziq chiziladi. O‘lchagich bilan
chiziqlarning bir biriga nisbatan joylashgan masofalari o‘lchab ko‘riladi. Masofalar farqi 0,2 mm.
kam bo‘lsa shart bajarilgan bo‘ladi.
4. Kipregel chizg‘ichidagi silindrik adilak o‘qi chizg‘ichning pastki tekisligiga parallel
bo‘lishi kerak.
Kipregel chizg‘ichi ikkita ko‘tarish vinti yo‘nalishi bo‘yicha menzula taxtasining o‘rtasiga
qo‘yiladi. O‘sha ko‘tarish vintlari bilan adilak pufagi o‘rtaga keltirilib chiziq chiziladi. Keyin
kipregel 180
0
aylantirishib, shu chiziqqa boshqa tomondan qo‘yiladi. Agar adilak pufagi o‘rtada
qolsa shart bajarilgan bo‘ladi.
5. Qarash trubasi vizir o‘qi truba aylanishining gorizontal o‘qiga perpendikular bo‘lishi kerak.
6. Trubaning aylanish o‘qi kipregel chizg‘ichi pastki tekisligiga paralel bo‘lishi kerak.
Asbobdan 10-20 m masofadagi bino devorining yuqoriroq joyidan biror nuqta tanlab trubani
o‘sha nuqtaga to‘g‘rilaymiz. Keyin truba gorizontal holatgacha tushiriladi va devorda to‘r iplari
proeksiyasining o‘rni belgilanadi. Trubani zenit orqali aylantirib yana yuqoridagi nuqtaga to‘g‘rilab,
truba pastga tushiriladi va nuqta o‘rni belgilanadi. Agar proeksiyalar ustma-ust tushsa shart
bajarilgan bo‘ladi. Agar bajarilmasa asbob ustaxonada tuzatilishi kerak.
7. To‘rning biror ipi kipregel trubasining kallimatsion tekisligida yotishi kerak.
Ko‘rish trubasining vertikal ipi biror nuqtaga qaratiladi. Trubani syokin aylantirilib nuqtaning
ipdan chiqib ketgan ketmaganligi kuzatiladi. Agar nuqta ipdan chiqmagan bo‘lsa shart bajarilgan
bo‘ladi.
«Ko‘ylak» qurib, tortilgandan keyin unga balandlik kalkasi qo‘yilib, qattiq qalam bilan
orientirlash chizig‘i, trapetsiya burchaklari uchi, geodezik asos punktlarining o‘rni bosib tushiriladi.
Keyinchalik «ko‘ylakning» ozgina joyi lezviya bilan teshik ochib tafsilotlarni tushirish boshlanadi.
Nuktalardan birining absolyut yoki shartli balandligi ma’lum bo‘lsa, boshqa nuqtalarning
absolyut (shartli) balandliklari )hisoblab
SHakl 8.3.6.
chiqariladi. Absolyut balandlik qiymati, nuqtalar yoniga 1 santimetr- gacha yaxlitlab yozib
qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: