M A ‘ R U Z A
№
1
GEODEZIYA TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT
Reja
1. Geodeziya fani va uning vazifalari.
2. Geodeziyaning mamlakatimiz xalk xujaligi va mudofasidagi axamiyati.
3. Geodeziyaning rivojlanishining kiskacha ta’rifi.
4. Yerning shakli va o‘lchamlari to‘g‘risida tushuncha
.
5.Geoedziyada proeksiyalash usullari.
6.Geografik, to‘g‘ri burchakli va qutbiy koordinatalar to‘g‘risida tushuncha.
7.Yer yuzaisdagi nuqtalarning absolyut va nisbiy balandliklari.
8.Yerning egriligini gorizontal va vertikal masofalarni aniqlashga ta’siri.
9. S’yomka va nivelirlash.
Tayanch so‘zlar:
ellipsoid, qo‘sh qutbiy koordinata, qutbiy koordinata, Grinvich, Grinvich
meridiani, Gauss-Kryugyerning to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasi, geografik koordinata,
astronomik uzunlik, parallel, meridian tekislik, kenglik, geodezik uzunlik, Krasovskiy referens-
ellipsoidi, qutblari siqiqlig, geoid.
1.1.Geodeziya fani va uning vazifalari.
Geodeziya - Yerning shakli va kattaligini o‘rganishda, yer yuzidagi nuqtalarning bir-biriga
nisbatan o‘rnini aniqlashda, yer yuzining karta, plan va profillarini tuzishda, hamda injenerlik
inshootlarini barpo etishda bajariladigan o‘lchashlar nazariyasi va praktikasi haqidagi fandir.
"Geodeziya
" - grekcha so‘z bo‘lib, "geo" - er, "deziya" - bo‘lish demakdir.
Geodeziyaning
asosiy vazifasi
:
Yerning shakli va kattaligini, hamda gravitatsion maydonini aniqlash.
Geodeziyaning
ilmiy vazifasi
:
1. Yer yuzasining gorizontal va vertikal harakati, qit’alar siljishi, okean, dengiz suv satxining
bir-biridan farqi, "Yer qutbini" o‘zgarishini aniqlash.
2. Quyosh sistemasidagi planetalarning karta va planlarini tuzish.
3. Quyosh sistemasidagi planetalarni shakli va kattaligini aniqlash.
4. Yer va quyosh sistemasini boshqa sistemalarda nuqtalarni yagona koordinatalarini aniqlash.
5. Tabiiy resurslarni o‘zlashtirishda geodezik ishlarni bajarish.
Mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishda geodezik ishlarni bajarish.
Geodezik ishlarda - asosan geodezik o‘lchashlar ishlatiladi. Bunda xilma xil geodezik
asboblar ishlatiladi.
Umuman, o‘lchash ishlarini tashkil qilish, o‘lchashlarda ishlatiladigan asboblarni o‘rganish va
ular bilan ishlash geodeziyaning vazifasiga kiradi.
Geodeziyani boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Yerning sun’iy yo‘ldoshlari-ni geodezik
maqsadlarda kuzatishda, geodezik tayanch shaxobchalarni barpo etishda, yer yuzidagi nuqtalarning
geografik koordinatalarini aniqlashda astronomiyafaniga tayanadi. Yerning shaklini o‘rganishda va
kattaligini aniqlashda geodeziya
gravimetriya, geologiya, geofizika
va boshqa fanlar ma’lumotidan
foydalaniladi. Territoriyalarni topografik kartalarda to‘g‘ri tasvirlash uchun
geografiya,
geomorfologiya
fanlaridan foydalaniladi. Geodezik o‘lchash ishlarida va ularni grafik jixatdan
rasmiylashtirishda
matematikaga
tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |