UMUMIY MA’LUMOTLAR
1. “Injenerlik geodeziyasi” fani va uning vazifalari
So‘z boshi o‘rnida
Respublikamizda xalq xo‘jaligida hozirgi zamon qurilishi xalq xujaligining kompleks
tarmog‘i bo‘lib, u qurilish materiallari ishlab chiqaradigan minglab korxona, yirik uy qurish
kombinatlari hamda temir-beton buyumlari va po‘lat konstruksiyalar zavodlariga ega. Unlab ilmiy
tadqiqot va yuzlab loyihalash institutlari qurilishning ilmiy markazini tashkil etadi.
Geodeziya Yerning shakli va o‘lchamini o‘rganuvchi fan bo‘lib, undan turli inshootlarni
loyihalash va qurish ishlarida ham keng qo‘lamda foydalaniladi.
Mamlakatimiz bo‘ylab olib borilayotgan barcha qurilish ishlarida turli geodezik o‘lchash
ishlari bajariladi. “Injenerlik geodeziyasi” fanidan laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko‘rsatmada
inshoot loyihasini joyga ko‘chirish, qurish va ishlatish davridagi geodezik ishlarni bajarish usullari
ham o‘rganiladi. Shunday qilib, yer yuzining shakli va kattaligini aniqlab, uni qog‘ozda plan, karta
va profil holida tasvirlash hamda inshootlarni barpo qilishda turli geodezik o‘lchash ishlarini
o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
“Injenerlik geodeziyasi” fani halq xo‘jaligidagi turli qurilish ishlarida, shuningdek, mudofaa
ishlarida ham muhim o‘rinni egallaydi. Masalan, biror yo‘l qurish yoki kanal qazishdan oldin
ularning puxta, arzon bo‘lishi va tez bitishi e’tiborga olinib, shu yo‘l yoki kanal trassasi (o‘q chiziq)
uchun qulay joy taxminan belgilanadi. Bu ishrekognossirovkadeyiladi. So‘ngra, tanlangan trassa
bo‘ylab geodezik tayanch shoxobchalar barpo qilinadi va gorizontal hamda vertikal s’yomka (plan
olish) ishlari bajariladi. S’yomka materiallariga ko‘ra, shu joyning topografik plani, nivelirlash
natijalariga ko‘ra esa trassaning bo‘ylama va ko‘ndalang profillari chiziladi. Plan va profillarga
qarab, unda quriladigan turli inshootlar o‘rni aniqlanadi va loyihalanadi, keyin yer qazish ishlari
hajmi topiladi. Qurilishga sarf bo‘ladigan mablag‘ aniqlanadi.
Qurilish ishlarini boshlashdan oldin loyihadagi asosiy nuqtalarni, ya’ni qurilish o‘rnini joyda
ko‘rsatish kerak. Bu ishloyihani joyga ko‘chirish deyiladi. Loyihani joyga ko‘chirish ishi ham
geodezik o‘lchash ishlari orqali bajariladi. Qurilish jarayonida inshootning to‘g‘ri qurilayotganligi
ham geodezik kuzatishlar yordamida tekshirib boriladi.
Hozirgi zamon qurilishining o‘ziga xos xususiyati uning mujassamligi, ob’ektlarning yirikligi,
ularning qurilish konstruksiyalari va injenerlik jihozlarining murakkabligi, shuningdek, qurilish
konstruksiyalari elementlarining tutashmalari va uzellarining aniqligiga nisbatan quyilayotgan
talabning orta borishidir.
Yuqorida kursatilgan xususiyatlar bilan birga, qurilishning nixoyatda industrlashtirilishi va
mexanizatsiyalashtirilishi natijasida uning texnologiyasi tubdan uzgarib ketdi, unumsiz qo‘l mehnati
juda kamaydi, qurilish maydonchasi serunum mashinalar va mexanizmlarga boy montaj qilish
maydonchasiga aylandi.
Hozirgi zamon qurilishi inshootlar konstruktiv sxemasini va ularning injenerlik asbob-
uskunalari texnologik sxemalarini yig‘ishda juda katta aniqlik talab qiladi, bunda O‘qlar va
gorizontlar o‘tkazishda millimetr va uning ulushlaricha chetga chiqishga yul quyiladi. SHu sababli
aniq geodezik ulchashlar va yasashlar qurilishmontaj ishlarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
SHu sababli ham quruvchi uchun geodeziyani bilish shart. Qurilishda geodeziya kursini o‘rta
maxsus yurtlarining
5340100 – Arxitektura (turlari bo’yicha), 5340200 – “Bino va inshootlar qurilishi” (turlari
bo‘yicha), 5340400 – “Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” (turlari bo‘yicha)
ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |