Sohani qo’llab quvvatlash maqsadida, bir qancha qaror, farmon va farmoyishlar ishlab chiqilgan. Xususan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev Shavkat Miromonovich tomonidan 2017 yil 8-noyabrda ishlab chiqilgan “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida oʼz aksini topgan. Qarorga koʼra shaharsozlik sohasidagi amaldagi meʼyor va qoidalar obʼektlarning energiya samaradorligini taʼminlovchi zamonaviy talablarga javob bermasligi. Shuningdek, binolar va inshootlarning qurilishi va rekonstruktsiya qilinishida energiya tejamkor materiallar va texnologiyalarni koʼllashga yetarli eʼtiborning mavjud emasligi ham energiya resurslarining ortiqcha sarf qilinishiga olib kelinishi haqida soʼz yoʼritilgan. Qarorga muvofiq qurilish sohasida xali xam bu borada kamchiliklar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |