Ilmiy yangiligi. - - isitiladigan xona shaffof to’sig’ining pastki asosiga sharnirli biriktirilgan harakatlanuvchan yassi nur qaytargichning ufqqa nisbatan qiyalik burchagining optimal qiymatlarini hisoblash uchun ifoda;
- - janub yo’nalishida tik o’rnatilgan shaffof to’siqning uning pastki asosiga sharnirli biriktirilgan yassi nur qaytargichdan qaytgan to’g’ri quyosh nurlanishi bilan yoritilayotgan sirtining kunlik o’zgarishini hisoblash uchun ifoda.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. - Tadqiqot ishida hududlarning insolyatsion passiv quyoshli isitish tizimlarida sharnirli harakatlanuvchan yassi nur qaytargichlarni hisoblash parametrlarini optimallash va issiqlik samaradorligini oshirish maqsadida ulardan qay holatda, shu bilan birga ng optimal variantda foydalanish lozimligi, ushbu xolatda konstruksiya va qurilish ashyolarida qanday yangi yondoshuvlar mavjudligi, ushbu yangiliklar ta’sirida qishloq uylarining tashqi ko’rinishi va tipik yechimidagi qanday maqbul o’zagrishlar yuzaga kelganligini o’rganib chiqish masalasi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |