Insolyatsion passiv quyoshli isitish tizimlarida quyosh nurlari isitiladigan xonaga uning o’lchamlari odatdagidan kattaroq bo’lgan derazasi ya’ni shaffof to’siqlari orqali kirib uning nur qabul qiluvchi va issiqlik jamlovchi qurilmalari vazifasini o’tovchi ichki jixozlari tomonidan yutiladi va issiqlikka aylanadi. Bu turdagi quyoshli isitish tizimlari eng yuqori issiqlik samaradorligiga ega bo’lishi bilan birga nobar qaror harorat rejimi, kechki paytlarda shaffof to’siqlar orqali issiqlik yo’qotilishini kamaytirish uchun yordamchi moslamalarning talab etilishi va kunduzgi paytlarda ro’yberishi mumkin bo’lgan issiqlik va yorug’lik diskomforti holatlari kabi bir qator kamchiliklarga ham ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |