Bino va inshootlar konstruksiyasi



Download 5,07 Mb.
bet1/16
Sana11.06.2022
Hajmi5,07 Mb.
#656055
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi asoslari


­ O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI


"Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi


Asatov N.A., Erboyev Sh.O., Aliyev M.R.
BINO VA INSHOOTLAR KONSTRUKSIYASI HISOBI ASOSLARI
O‘QUV QO‘LLANMA


(kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun mo’ljallangan)


JIZZAX - 2013 y.
Asatov N.A., Erboyev Sh.O., Aliyev M.R.
E'tiboringizga havola etilayotgan “Bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi asoslari” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma qurilish sohasidagi kasb-hunar kollejlari o’quvchlair uchun ushbu fan o’quv dasturi asosida yozilgan. Undan oliy o‘quv yurtlarining texnika yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim olayotgan bakalavrlar, ilmiy-texnik va muhandis xodimlar, magistrlar, tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin. Shuningdek, mazkur o‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlarida hamda o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida dars beruvchi o‘qituvchilar uchun ham foydali deb hisoblaymiz.
Ushbu o‘quv qo‘llanma JizPi ilmiy-uslubiy kengashining “___” _______________ 2013 y. № ___ -sonli bayonnomasi bilan chop etishga tavsiya etilgan.


Taqrizchilar: Xolboyev U.
Zokirov S.

 Jizzax politexnika instituti


KIRISH

Qurilish konstruksiyalari - har qanday bino va sun'iy inshootlarni qurish, turar-joy binolari, jamoat, sanoat va qishloq xo'jalik binolari, ko'priklar, katta hajmli imoratlar, quvurlar va inshootlarning asosi hisoblanadi. Bino va inshootni qurish uchun sarflangan xarajatlarning asosiy qismi konstruksiyalarga to'g'ri keladi.


Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan katta hajmdagi kapital qurilislar, qurilish konstruksiyalaridan samarali foydalanish rivojining juda tez jadallashuviga turtki bo'idi - konstruksiyalarning turlari va ulardan tayyorlanadigan xomashyolar to'xtovsiz takomillashib bormoqda. Shu boisdan ularni hisoblash, loyihalash va tiklash usullari ham takomillash­tirilmoqda. Qurilish konstruksiyalarini hisoblashdan maqsad qurilishning samaradorligini oshirish, uning konstruktiv sxemalarini ixchamlashtirish va konstruksiyalarni tiplashtirish asosida, iloji boricha ko'proq tayyorligini oshirish bo'lsa, ikkinchisi - bu imoratlami raqobatbardosh, yuqori sifatli, shinam va vazifaviy qulay bo'li­shini ta'minlashdir. Shu tufayli mexanizatsiyalashtirilgan va avtomat­lashtirilgan texnologik jarayonlarni qo'llash bilan bir qatorda qurilish maydonchalarida bajariladigan ishlarga keng imkoniyatlar ochib berildi.
O’quv qo’llanmada qurilish konstruksiyalarini hisoblash usullari, konstruktiv elementlardan tayyorlanadigan fuqaro va sanoat binolari konstruksiyalari haqida zarur axborotlar keltirilgan. Yangi bilimlar bo'lmish - konstruksiyalarning optimal va ishonchli bo'lishini ta'minlaydigan usullar; fuqaro va sanoat binolarini loyihalashda, qurishda va undan foydalanishda sifat ko'rsatkichlar keltirilgan.
Kitobning birinchi bobida qurilish konstruktsiyalarini hisoblash va loyihalash bino va inshootlar ta'rifi, ularning tuzilishi, klassifikatsiyalari, ularga qo'yiladigan talablar hamda konstruktiv elementlari keltirilgan.
Ikkinchi bobda mеtall konstruktsiyalar, qurilishda ishlatiladigan metallarning xossalari va sortamenti, mеtall konstruktsiyalarni hisoblash, mеtall konstruktsiyalarning xususiyatlari keltirilgan.
Keyingi, uchinchi bobda yog’och konstrukutsiyalarinig turlari, yog’ochning mexanik tarkibiga turli omillarning ta’siri, yog’och konstrukutsiyalarini chirishdan va yong’indan himoya qilish, yog’och konstrukutsiyalarinig afzalliklari va kamchiliklari, yog’och konstrukutsiyalarini hisoblash, yog’och konstrukutsiyalardan qurilishda foydalanish keltirilgan.
To'rtinchi bobda qurilish konstruksiyasi sifatida tosh, g’isht va o’zaklangan konstruktsiyalar, g’ishtli devorlar konstruktsiyasi, mayda blok va tabiiy toshdan terilgan devorlar kabi mahalliy xom­ashyolar asosida qurilish tajribasidan mujassamlangan bilimlar keltirilgan.
Beshinchi bobda keng qo'llanilayotgan konstruksiyalar: beton va temirbeton konstruksiyalar uchun zarur axborotlar berilgan, eng keng tarqalgan konstruksiyalarning xususiyatlari, mohiyatlari va sifatlari tahlil qilingan. Ularning mexanik ko'rsatkichlari va qo'llashda zarur bo'lgan sifatlari muhokama qilingan.
Oltinchi bobda zamin va poydеvorlarni hisoblash, loihalash va ularga qo’yiladigan talablar keltirilgan.
Umuman, kitobda «Bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi asoslari»ga doir eng zarur va dolzarb axborotlar mujassamlashtirilgan bo'lib, bu qo’llanmada kasb-hunar kolleji o’quvchilari uchun mo'ljallab tayyorlangan.



Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish