Binar munosabatlar



Download 59,04 Kb.
bet5/7
Sana28.12.2020
Hajmi59,04 Kb.
#53763
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
binar munosabatlar

4. Ekvivalentlik munosabati.

Ta’rif. Agar X to‘plamda berilgan R munosabat refleksiv, simmetrik va tranzitiv bo‘lsa, u holda y ekvivalentlik deyiladi.

Masalan, to‘g‘ri chiziqlarning parallelligi munosabati, figuralarning tenglik munosabati, biror universitetdagi “kursdoshlik”, so‘zlar to‘plamida “o‘zakdoshlik” kabi munosabatlar refleksiv, simmetrik va tranzitiv munosabatlardan iborat, ya’ni ular ekvivalentlik munosabatlardir.

Ekvivalentlik munosabatiga yana bir qancha misollar qaraymiz:

1. R: “Sonli ifodalar to‘plamida x va y bir xil son qiymatga ega” munosabatni qaraymiz. Bu munosabat:

a) refleksiv, chunki x ifodaning son qiymati x ifodaning son qiymatiga teng;

b) simmetrik, chunki x ifodaning qiymati y ifodaning qiymatiga teng bo‘lsa, y ifodaning qiymati ham x ifodaning qiymatiga teng;

d) tranzitiv, chunki x ifodaning qiymati y ifodaning qiymatiga, y ifodaning qiymati esa z ifodaning qiymatiga teng bo‘lsa, x ifodaning qiymati z ifodaning qiymatiga teng. Demak, R ekvivalentlik munosabati bo‘ladi.

Bu munosabat yordamida barcha sonli ifodalar sinflarga ajraladi, bunda har bir sinfda son qiymatlari bir xil bo‘lgan ifodalar joylashadi, masalan, 5+3, 23, 2+2+2+2 va h.k. ifodalar bitta sinfga tegishli bo‘ladi, 7–3, 22, 16:4 lar boshqa sinfda joylashadi.



2. X={} kasrlar to‘plamida S: “kasrlar tengligi” munosabatini qaraymiz. Bu munosabat:

1. Refleksiv, chunki ixtiyoriy kasr o‘zi-o‘ziga teng.

2. Simmetrik, chunki x kasrning y kasrga tengligidan y kasrning x kasrga tengligi kelib chiqadi.

3. Tranzitiv, chunki x kasrning y kasrga, y kasrning z kasrga tengligidan x kasrning z kasrga tengligi kelib chiqadi. Bu munosabatning grafi 1-chizmada tasvirlangan.



1-chizma


Demak, S munosabat ekvivalentlik munosabat bo‘ladi. Yuqorida ko‘rilgan misollarda mavjud bo‘lgan umumiylik shundan iboratki, ularda munosabati berilgan to‘plam bir nechta qism to‘plamlarga ajraladi. Masalan, kasrlarning tengligi munosabatida X to‘plam uchta kasrlar o‘zaro kesishmaydigan qism to‘plamlarga ajratiladi, ularning birlashmasi X to‘plam bilan ustma-ust tushadi. Biz yuqorida ko‘rilgan munosabatlar uchun ham shunga o‘xshash hodisaga ega bo‘lamiz.


Download 59,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish