Bilolda 3 ta ruchka va 8 ta qalam bor. Qalam ruchkadan nechta ko’p?
Bilolda 3ta ruchka 8 ta qalam bor. Ruchka qalamdan nechta kam?
Sofiya 5 yoshda, ukasi esa 3 yoshda. Sofiya ukasidan necha yosh katta?
Birinchi uy 4 qavatli, ikkinchisi esa 9. Birinchi uy ikkinchi uydan necha qavat past?
Yusufda 4 ta olma, Ibrohimda 3 ta ko’p olma bor. Ibrohimda nechta olma bor?
Hayvonot bog’ida 7 ta ayiq bor. Bu fillardan 2 ta kam. Hayvonot bog’iga nechta fil bor?
Hosil bayrami uchun Yunus 5 ta, Ismoil ta ko’p o’yinchoq tayyorladi. Ismoil nechta o’yinchoq tayyorladi?
Xonada 9 ta o’g’il bola bor, qizlar esa 3 ta kam. Xonada nechta qiz bor?
Kitob javonda 8 ta kitob bor. Bu stoldagi kitoblardan 4 ta ko’p. stolda nechta kitob bor?
Xadichaning daftarida 6 ta besh va 1 ta to’rt baho bor. Xadichaning daftarida nechta baho bor?
Xadichaning daftarida 6 ta besh va 1 ta to’rt baho bor. Besh baholari to’rt bahosidan nechta ko’p?
Hovlida 6 ta qiz o’ynayapti, o’g’il bolalar 2 ta kam. Hovlida nechta o’g’il bolalar bor?
Fotimada 6 ta marka bor. Bu Solihdagi markalardan 2 ta ko’p. Solihda nechta marka bor?
Akvariumda 9 ta baliq bor. Bulardan 2 tasi sazan, 4 tasi qilich-baliq, qolganlari laqqa baliq. Nechta laqqa baliq bor?
Soliha bayramga 4 ta qiz va 5ta o’g’il bolani taklif qildi. Soliha bayramga nechta Bolani taklif qilgan?
Qutichada 9 o’yinchoq bor. Bulardan 7 tasi olindi. Qutida nechta o’yinchoq qoldi?
Xonadan 4 ta stul, keyin yana 3 ta stul olib chiqildi. Xonadan jami nechta stul olib chiqildi?
Sayfulloh 8 ta qo’ziqorin terdi, bulardan 5 tasi yeyishga yaroqli. Nechtasi yeyishga yaroqsiz qo’ziqorin bor?
9 ta o’g’il bola va 7 qiz konkida uchishdi. Konkida qizlar o’g’il bolalardan nechta kam?
Kuzda 3 qatordan 9 qop kartoshka kovlab olishdi. Birinchi qatordan 3 qop, ikkinchi qatordan 4 qop kartoshka kovlashdi. Uchinchi qatordan necha qop kartoshka kovlab olishdi?
Saidaning 4 ta kitobi bor edi. Onasi unga kecha 2 ta, bugun 3 ta kitob olib berdi. Saidada nechta kitob bo’ldi?
Tarvuzning massasi 6 kg, qovun undan 2 kg kam. Qovun necha kilogramm?
Mushukning og’irligi5 kg. bu kuchukning og’irliigidan 2 kg kam. Kuchuk necha kilogramm?
Bolalar bo’tqasi tayyorlash uchun 8 qoshiq yorma va 2 qoshiq shakar solindi. Shakar yormadan necha qoshiq kam solindi?
Zohid tomorqani sug’orish uchun 3 chelak, Mohir 5 chelak, Farida esa 1 chelak suv keltirishdi. Ular birgalikda necha chelak suv keltirishdi?
Idishga dastlab 2 l sut, keyin yana 3 l sut quyishdi. Idishga jami necha litr sut quyishdi?
Shohdan dastlab 3 ta qush, keyin yana 5 ta qush uchib ketdi. Hammasi bo’lib nechta qush shohdan uchib ketgan?
Ertalab oyna yonida 8 ta muz sumalagi osilib turgan edi. Kunduzi 4 tasi eridi. Kechqurun oyna oldida nechta muz sumalagi qolgan?
Aerodromda 7 ta samolyot turgan edi. Dastlab 2 ta, keyin yana 3 ta samolyot havoga ko’tarildi. Nechta samolyot havoga ko’tarilgan?
Aerodromda 7 ta samolyot turgan edi. Dastlab 2 ta, keyin yana 3 ta samolyot havoga ko’tarildi. Maydonda nechta samolyot qolgan?
Umarning bosh barmog’I uzunligi 5 sm, o’rta barmog’I uzunligi 7 sm. Umarning o’rta barmog’I uzunligi bosh barmog’idan necha sm uzun?
Bir choynakka 2 litr, ikkinchi choynakka 3 litr suv quyish mumkin. Ikki choynakka hammasi qancha suv quyish mumkin?
Savatchadan dastlab 4 ta, keyin yana 2 ta qo’ziqorin olindi. Savatchadan nechta qo’ziqorin olindi?
Madina 6 taqalam sotib oldi. Ulardan 1 tasi yashil, 3 tasi qizil, qolganlari ko’k. madina nechta ko’k qalam sotib oldi?
Jonli burchakda 3 ta tipratikan, 1 ilon va 2 ta atirgul bor. Jonli burchakda nechta jonivor bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |