Bilish nazariyasi



Download 19,03 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi19,03 Kb.
#480299
Bog'liq
Bilish nazariyasi


10-seminar topshiriqlariga javoblar.
1. Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obʼyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiy metodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obʼyektiv dunyoning subʼyektiv inʼikosi. U sezgi aʼzolari orqali dunyo hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrimayrim, bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aklan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada kilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. U — amaliyotning , tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, yaʼni bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan. Til boʻlmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham boʻlmaydi. Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda roʻy beradi. Bu shakllar tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Mac, "odam" tushunchasi hamma insonlarga xos eng asosiy belgilarni oʻzida mujassam ifoda qiladi. Muhokamada buyumlarda muayyan xususiyatlar mavjudligi taʼkidlanadi yoki inkor qilinadi. Tilda muhokamalar ran orqali ifodalanadi. Bir yoki bir necha muhokama vositasi bilan yangi muhokama olish imkonini beradigan tafakkur shakli aqliy xulosa, deb ataladi.
Bunday usul bilan mavjud bilimlarga tayanib, yangi bilimlar hosil qilinadi. 19-asr va 20-asr boshida bilish toʻgʻrisidagi taʼlimotda empirizm, empiriokrititsizm, idealizm, illyuzionizm, pozitivizm, pragmatizm, realizm, sensualizm, skeptitsizm kabi koʻpdankoʻp yoʻnalishlar paydo boʻldi.
2. Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarta qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur— inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi. Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.
3. Mantiq, logika — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. M. oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. M.ga oid dastlabki fikrlar Qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keddi. Qadimda M. falsafa tarkibida boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida M. masalalari dastlab Parmenidning "Tabiat toʻgʻrisida" asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib chiqilgan. Aristotelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritning mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. M. ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib M. oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning "Kategoriyalar", "Talqin haqida", "Birinchi analitika", "Ikkinchi analitika", "Sofistik raddiyalar haqida", "Topika" nomli asarlari M. masalalariga bagʻishlangan. Aristotel M.ni "maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi", "chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi" fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng M., asosan, stoiklar maktabi vakillarining , Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar M.ning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham M. ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va M. mustaqil fan sifatida taraqqiy etdi. Bunda Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Farobiy oʻzining "Mantiqqa kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi" asarlarida M. masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikricha, M. insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning "Kitob ashshifo", "Kitob annajot", "Donishnoma" asarlarida M.ga doir fikrlari bayon etilgan. "M. bilingan (bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni koʻrsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir", degan edi Ibn Sino. U M. ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning M.ga oid taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning M. ga oid asarlari orqali Yevropaga kirib keldi. Oʻrta asr Yevropasida M. masalalari, asosan, umumiy va yakka tushunchalarning oʻzaro munosabati doirasida oʻrganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, V. Leybnits va boshqa M. ilmi turli yoʻnalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18 — 19-asrlar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy tizimlar muhim oʻrin tutadi. Gegel fikricha, falsafa M. shaklida mavjud, uning oʻrganish obʼyektini tafakkur tashkil etadi. M.ning asosiy vazifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yoʻllarini oʻrganishdir.
5. Tafakkur qonunlarini bilmasdan to'g'ri fikr chiqarishning iloji yo'q deb o'ylayman. Tafakkurning quyidagicha qonunlari mavjud: Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchi istisno qonuni va Yetarli asos qqonuni.Masalan yetarli asos qonunini olaylik. Biror ovqat yeganimizda unga baho bermoqchi bo'lsak uni Mazali, shirin, achchiq deb baholashimiz mumkin. Buning uchun esa albatta yetarli asos bo'lishi kerak. Biz esa uni ta'm bilish sezgimiz orqali bilib tafakkur yuritib aytishimiz mumkin.
6.Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari to'g'risidagi axborot tashkil etadi. Masalan “imij ” tushunchasining mazmunini -odamlar ongida muayyan shaxs , tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga mos keladigan , idrok etilayotgan obekt haqidagi axborotni o'zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy hulq-atvorga da'vat etadigan muayyan sintetik obraz haqidagi ma'lumot tashkil etadi.
Tushunchaning hajmi unda fikr qilinayotgan predmetlar yig'indisi aks ettiradi. Masalan “orol" tushunchasining hajmi yer yuzidagi mavjud barcha orollarni o'z ichiga qamrab oladi. Tushunchani ifodalovchi ko'plik so'zda “lar” bo'lmasa ham u hajmga ega bo'lishi mumkin. Masalan Inson, uy , davlat tushunchalari kabi.
Download 19,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish