Bilish
Bilish jarayonlari quyidagilarga bo'linari:
-tafakkur, hayol;
-xotira;
-idrok;
-sezgi;
-diqqat.
Diqqat deb - ongni bir nuqtaga to'plab muayyan bir obyektga aktiv qaratilishiga aytiladi(P.I.Ivanov).
"Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi"(K.D.Ushinskiy). Diqqat turlari: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyordan so'nggiga bo'linadi. Sezgi biosfera va neosferada xarakatlanuvchi jamiki narsalarning xox, mikro xox makro tuzilishidan qatiiy nazar, sezgi organlariga ta’sir qilish maxsulasining sodda obrazlar, timsollarining ayrim tarkibiy xusuxiyatlar tariqasida aks ettirishdir. Sezgi 3ga bo'linadi: eksteroseptiv, interoreseptiv, proproreseptiv. Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq, to‘laroq aks ettirish jarayoni bo‘lib, sezgi aʼzolarimizga taʼsir etib turgan narsa va hodisalarni butun belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, yaʼni yaxlit aks ettirishdan iboratdir. Masalan, olmani ko‘rgan paytimizda uning shakli, rangi, taʼmi, hidi va navi bilan birgalikda bir butun narsa tarzida idrok etamiz. Shuning uchun ham biz idrok qilganimizda olamni sezgilarimizga nisbatan chuqurroq qilib olamiz. Bu muvaqqat nerv bog‘lanishlar narsa-hodisaning birgina xossasi bilan emas, balki barcha xossalari kompleks qo‘zg‘atuvchilar taʼsiri bilan vujudga keladi. Masalan, talaba butun bir dars jarayonida idrok qilayotganda o‘qituvchini ko‘radi, uning nutqini tinglaydi, yozadi. Bu kompleks qo‘zg‘atuvchilar ko‘rish, eshitish, muskul-harakat retseptorlarini qo‘zg‘aydi.Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jaroyonidir Xotira atrof muxitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda passiv va faol xolatda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yul bn aks ettiruvchi esda olib qolish esda saqlash, qayta esga tushirish, unintish kabi jarayon. Alohida va umumiylik nomoyon qiluvchi ishtimoiy xodisa barcha taasurotlarni ijobiy qayta ishlashga yunaltirilgan mnemek faoliyatdir.
Psixika
Psixologiya bu, inson ruhiy holatini o'rganuvchi fan bo'lsa, psixika ana shu ruhiy holatlar yig'indisidir. Psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borlikni faol aks ettirish, mazkur borlik manzalarini subyekt oʻzidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o'z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o'tmishning hozirgi davr va kelasi zamonning xodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. Oʻtmish hodisalari inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon buladi. Hozirgi zamon akliy jarayonlar, chissiy kechinmalar, obrazlar va tasavvurlar majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu niyatlarda, shuningdek, fantaziya, vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi. Inson psixikasi ham anglanilmagan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo'lib, anglanilmagan psixika o'z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan keskin tafovutga va ustuvorlikka ega. Psixika tushunchasi o'z-o'zini anglash bilan chambarchas bog'liq bo'lib, u atrofdagi ob'ektiv dunyoni sub'ektiv idrok etadi. Bu har qanday odamdan farq qiladigan, atrofdagi barcha narsalarni tahlil qilishning ajoyib shakli. Bu tajriba to'plash va tushunish bilan shakllanadi. O'z-o'zini anglash shaxs uchun hayotiy muhim bo'lgan ehtiyojlar to'plamini, masalan, fikrlash, his qilish, motivatsiya, tajriba, harakatga bo'lgan ehtiyojni belgilaydi.
Faoliyat
Faoliyatning oddiy shakllaridan biri oʻyin hisoblanadi, lekin u tobora takomillashib, sodda harakatlardan keyinchalik syujetli, rolli oʻyinlarga, hatto sportgacha murakkablashib boradi, atrof-muhitni aks ettirishida ishtirok eta boshlaydi. Insonning borliqni inʼikos etishidagi dastlabki urinish harakat orqali namoyon boʻladi. Harakatlar bolaning tabiatga, uni qurshab turgan kishilik dunyosiga nisbatan munosabatini, ular toʻgʻrisidagi ilk taassurotlar, sodda tasavvurlar, bilimlarni oʻzlashtirishni anglatib keladi. Keyinchalik oddiy harakatlar muayyan maʼno kasb etib, syujetli va rolli oʻyinlarga aylanadi. Oʻyinlar milliy (etnik) va umumbashariy turkumlardan tarkib topgan boʻlib, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini oʻzida aks ettiradi. Oʻyinlar takomillashib borib sport turlariga, sport faoliyatiga oʻsib oʻtadi, jumladan, shaxmat, damino, futbol, shashka va xokazo. Sport oʻyin faoliyati sifatida barcha yoshdagi insonlarga xos boʻlib hisoblanadi.Oʻyin faoliyatida bola ijtimoiy voqelikni taqlid, rol orqali ijro etishga harakat qiladi va shu yoʻsinda atrof-muhit toʻgʻrisidagi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo munosabatlarni oʻzlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rol orqali ijro qiladi. Soʻz bilan harakatning birikuvi natijasida oʻyin faoliyat tusini oladi va muayyan maʼno, axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega boʻladi. Dastlabki oʻyin aynan kattalar xatti-harakatini takrorlash, ularga taqlid qilish bilan tavsiflanadi. Syujetli oʻyinlar borliqning goh anglangan, goho anglanmagan tarzda u yoki bu tomonlarini egallashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |