Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.Jamoa haqida tushuncha.
2. Shaxsning jamoada qaror topishi.
3.Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari.
III.Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Prezidentimiz maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11-yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb kursi tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining usluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur. Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. Pedagog yoki tarbiyachi o`z ishida faqat birgina o`quvchining o`zi bilan emas, balki turli guruh va jamoalar bilan munosabatda bo`ladi. SHuning uchun dastlab u o`zi bilan bolalar o`rtasida guruh yoki jamoa tuzib olishi kerak.
Har bir kishi qaerda yashamasin, baribir qandaydir jamoa orasida yashaydi, ular bilan muloqot qiladi. Jamoalar doimo o`zgarib turadi. Shaxs ana shu guruh yoki jamoaga moslashib yashashi kerak. Guruh va jamoadagi munosabatlarni ijtimoiy psixologiya o`rganadi. Guruhning eng yuksak shakli jamoadir. Har qanday jamoa umumiy maqsad asosida tarkib topadi. Har qanday uyushgan guruh jamoa bo`la olmaydi. Masalan, banditlar shaykasi, jinoyatchilar to`dasini jamoa deb bo`lmaydi. Chunki ularning maqsadi faqat o`zlarining ehtiyojini qondirish, shaxsiy boylik orttirishdir. Ular ichki manfaatidan tashqariga chiqa olmaydi. Haqiqiy jamoa a`zolari jamiyat rivoji, o`z xalqining moddiy hayot farovonligini oshirish maqsadida harakat qiladilar. Masalan, oila, o`qituvchilar jamoasi, tadbirkorlar uyushmasi, olimalar va psixologlar uyushmasi kabilarni jamoa deyish mumkin. Jamoadagi kishilar umuminsoniy maqsad yo`lida xizmat qiladilar. Demak, jamoa deb umumiy maqsadlari asosida birlashgan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va ana shu jamiyat maqsadlariga to`la buysungan kishilar guruhiga aytiladi. Ushinskiy K. D. , Leont`ev A.N, Anan’ev B. G, Kovalev A. G. kabilarning ishlari shaxs va jamoaning tarkib topishiga qaratilgan.
Har qanday jamoaning maqsadlari shu jamoaning o`z ichida cheklanmay, jamoa doirasidan chetga chiqishi kerak. Sнunda jamoa a`zolarining javobgarlik hissi ortadi. Har bir jamoa o`zidan katta bir jamoaning bir qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |