Bilimlarni to’liq o’zlaztirish texnologiyasi reja: To’liq o’zlashtirish texnologiyasining mazmuni



Download 65,5 Kb.
bet1/2
Sana05.12.2022
Hajmi65,5 Kb.
#879257
  1   2
Bog'liq
5-maruza


BILIMLARNI TO’LIQ O’ZLAZTIRISH TEXNOLOGIYASI


Reja:
1. To’liq o’zlashtirish texnologiyasining mazmuni.
2. To’liq o’zlashtirish texnologiyasining asosiy tavsifi.


Tayanch atama va iboralar: to’liq o’zlashtirish texnologiyasi, etalon, test, joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat, o’quv maqsadi, individual-brigada tizimi.


1. To’liq o’zlashtirish texnologiyasining mazmuni.
To’liq o’zlashtirish texnologiyasi o’tgan asrning 60-yillarda Amerika psixologlari J.Kerroll va B.Blumlar taklif etgan g’oyaga asoslangan. Ular quyidagi fikrlardan kelib chiqdilar: o’zlashtirish yoyilmasi paydo bo’lishining asosiy sababi- talabalar o’qish qobiliyatining turlicha ekanligidir. Shu bilan birga J.Kerroll mavjud o’qish jarayonining barcha shartlari (o’qish vaqtining bir xilligi, axborotni uzatish usullari va fanlarning bir xilligi va h.k.) to’la aniqlanganligi va faqat o’qitish natijasigina aniq belgilanmaganligiga jiddiy e`tibor berdi. J.Kerroll o’qitish natijalarini aniq va o’zgarmas bo’lishini taklif etdi. Uning fikricha, o’quv jarayonining barcha shartlarini oldindan belgilangan natijaga muvofiq holda o’zgartirish mumkin bo’ladi.
Bunday yondashish B.Blum tomonidan ham ma`qullandi. U talaba qobiliyatini o’rtacha sharoitda emas, balki har bir talaba uchun eng maqbul tanlangan sharoitdagi o’zlashtirish sur`ati bilan aniqlashni taklif etdi. B.Blum talabalar qobiliyatini turli fanlarni o’qitilishida, materialni o’rganish uchun cheklanmagan vaqtdan foydalanishni taklif etadi. Va u talabalarni quyidagi toifalarga ajratadi.
1. Kam qobiliyatlilar (5 foiz atrofida) juda ko’p vaqt sarflanganda ham belgilangan bilim va ko’nikmalar darajasini egallay olmaydilar.
2. Iqtidorli bolalar (5 foiz atrofida), ular boshqalarni kuchi yetmagan topshiriqlarni uddalaydilar va yuqori sur`atda o’zlashtiradilar.
3. Oddiy qobiliyatli talabalar - ular ko’pchilikni tashkil etadilar (90 foiz atrofida) va o’zlashtirish qobiliyatlari ajratilgan vaqtga bog’liq bo’ladi.
Bu ma`lumotlar asosida, o’quv jarayoni to’g’ri tashkil etilsa va unga ajratilgan vaqt qat`iy cheklanmasa, 95 foiz talabalar materialni to’liq o’zlashtirishga erishishlari mumkin, qolganlari esa to’liq o’zlashtira olmaydilar degan fikrga kelindi.
Agar o’qish shartlari (uslublar, usullar, o’quv materiali, ajratilgan vaqt) barcha uchun bir xil bo’lsa, talabalarning ko’pchiligi bilim va ko’nikmalarni egallashda «o’rtacha» natijaga erishadilar. Talabalarning qobiliyati bo’yicha taqsimlanishi va ular erishgan o’quv natijalari yoyilmasi orasidagi bunday bog’liqlik B.Blum tajribasida ham tasdiqlandi. U talabalar qobiliyatlarini o’qitishdan oldin aniqladi va o’quv natijalariga ko’ra yuqori qobiliyatli talabalar yuqori ko’rsatkichga, o’rtacha qobiliyatlar esa o’rtacha va past qobiliyatlilar past ko’rsatkichlarga erishganliklarini qayd qildi. Lekin, odatdagi o’qitishdan farqli holda, o’quv jarayonini eng maqbul holda tashkil etilsa (eng avvalo o’qitish sur`ati bo’yicha), o’quv materialini deyarli barcha talabalar tomonidan o’zlashtirishga erishilgan. Bu holda talabalar qobiliyatlari va o’zlashtirish natijalari o’rtasidagi bog’liqlik sezilarli darajada pasayadi, ya`ni faqat yuqori qobiliyatli talabalargina emas, balki o’rtacha va past qobiliyatlilari ham yuqori darajalarga erishishlari mumkin. Shunday qilib, to’liq o’zlashtirish modeliga asoslangan o’qitishning asosiy belgilaridan biri, deyarli barcha talabalar erisha oladigan yuqori darajadagi o’quv natijalarining belgilanishidir. J.Kerroll va B.Blumlarning bunday nazariy yondashishlarini amalga oshira borib, J.Blok va L.Andersenlar to’liq o’zlashtirish asosida o’qitish uslubini ishlab chiqdilar.
Bu tizimda ishlaydigan o’qituvchi: barcha talabalar o’quv materialini to’liq o’zlashtira oladilar, mening vazifam o’quv jarayonini to’g’ri tashkil etib, ularga ana shuning uchun imkoniyat yaratishim zarur, deb o’z oldiga maqsad qo’yishi - to’la o’zlashtirish uslubining dastlabki qoidasi bo’lib hisoblanadi. So’ngra o’qituvchi to’liq o’zlashtirish mohiyati va barcha talabalar qanday natijalarga erishishlari zarurligini aniqlashi lozim.

Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish