Predikatlar hisobi va semantik tarmoqlar bilimlarni tasvirlashda kuchli vositalar hisoblanadi, lekin ular murakkab strukturalashgan obyektlarni yoki hodisalarni etarlicha yaxshi tavsiflay olmaydi. Chunki, murakkab strukturalashgan obyektlarda yoki hodisalarda qo’llaniladigan qoidalar nabori-bu bir-biri bilan aniq shaklda bog’liq bo’lmagan yozuvlarning chiziqli ro’yxatidan iborat [1-3].
Mantiqiy tizimlar ham qandaydir strukturaga birlashmagan formulalar bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, ushbu formulalarga kirivchi mulohazalar, predikatlar yoki obyektlar oddiy o’zgaruvchilardan iborat bo’ladi. Semantik tarmoqlarda tugunlar holati fazoda qayd qilinmaydi, ya’ni tarmoq tugunlarini izomorfli almashtirishganda biz butunlay boshqa ko’rinishdagi tarmoqni hosil qilamiz, likin tarmoqning shakli o’zgargani bilan ushbu tarmoqdagi tugunlar orasidagi bo’g’lanishlar o’zgarmaydi.
Shunung uchun freymli modellarda obyektni va hodisalarni to’liq tasvirlashga alohida e’tibor beriladi. Har bir freym bilan quyidagi malumotlar bog`langan boladi:
Shunung uchun freymli modellarda obyektni va hodisalarni to’liq tasvirlashga alohida e’tibor beriladi. Har bir freym bilan quyidagi malumotlar bog`langan boladi:
1) Freymdan qanday foydalanish haqida;
2) Freymni bajarishdan qanday natijalar kutish kerakligi;
3) Kutganingiz oqlanmasa nima qilish kerak.
Freymlarning bilimlarni tasvirlash modeli sifatidagi asosiy yutuqlari bu model inson xotirasining fikrlash asosini tashkillashtirishni hamda uning egiluvchanligi va korgazmaliligini aks ettiradi. Shuningdek, boshqa tarmoqli modellardan farqli ravishda, freymli modellarda axborot birliklar orasidagi aloqalar qat’iy tuzilishga ega boladi. Amaliy jihatdan freymli modellardan suniy intellektda, yani exspert tizimlarda bilimlarni tasvirlashda keng foydalanildi.
Freym bir qator tavsiflangan slotlardan tashkil topgan strukturalardan iborat boladi. Slot ikkita elementdah iborat: slot nomi va slot qiymati. Slotlarning nomlaridan tushunchalarning oxshashligini aniqlashda foydalaniladi. Slotlarning qiymatlari sifatida boshqa freymlarning nomlari ham qatnashishi mumkin.
Freymning tuzilmasi. Freym tuzilmasi deganda - tipik harakatlar ketma-ketligi, freymni joylashish modifikatsiyasidan iborat sxemalardan foydalanish uslublari tushuniladi. Freymlar bilimlar bazasida obyektlarni, hodisalarni, vaziyatlarni va boshqa tushunchalarni hamda ular ortasidagi ozaro boglanishlarni tavsiflashda foydalaniladi.