Nazariyaning boshlanғich tuzilishi – o`rganilayotgan sohaga oid eng aosisy tushunchalar , aksoimalar, gipotezalar yiғindisidan iborat.
Mazmundor nazariyalarda - ma`lum bir soxaga oid faktlar sistemaga solinadi, umumlashtiriladi va tushuntiriladi.
Gipotetik - deduktiv nazariyalar u turli xil mantiqiy kuchga ega gipotezalar sistemasidan iborat bo`lib unda mantiqan kuchlilaridan mantiqan kuchsizroqlari deduktsiya qilinadi.
Aksiomatik sistemalarda- nazariya elementlarning katta qismi kichkina boshlanғich asosdan asosiy atamalarni deduktiv yo`l bilan keltirib chiqariladi. Aksiomatik nazariyalar matematikada quriladi. Aksiomatik metod birinchi marta Evklid tomonidan elementar geometriyani qurishda muvaffaqiyatli ishlatilgan. Masalan: nuqta, to`ғri chiziq, tekislik va hokazo.