4. Respublika bosqichi. Bu bosqichda respublika miqyosida iqtidorli yoshlar ajratib olinadi. Bu bosqichda jami har bir fandan 14 nafar (12ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog’iston respublikasi) yoshlar kuch sinashadilar. Bunda aniq va ijtimoiy fanlarda 2 bosqichda tabiiy fanlarda 3 bosqichda imihon o’tkaziladi (Tuman, viloyat va respublika bosqichini o’tkazish nizomi deyarli farq qilmaydi) :
1-bosqich. Tabiiy fanlar (biologiya, kimyo, geografiya) uchun 3ta yozma ishlar bir yozma ish maksimal 10 balldan jami 30 ball.
Aniq fanlar (fizika,matematika) 5 ta masala - har bir masala uchun maksimal 10 balldan jami 50 ball.
Gumanitar fanlar (ona tili va adabiyoti , rus tili, ingilis tili) –bayon (7-sinflar uchun) va insho (yuqori sinflar va 1-2 kurs talabalari uchun ) ko’rinishida o’tkaziladi-50 balli sistemda
2-bosqich.Barcha yo’nalish o’quvchilariga bilimlar bellashuvida 25 ta test taqdim etiladi-har bir test uchun 2 balldan jami 50 ball. Fan olimpiadasida esa 40 ta test –har bir test uchun 1.25 balldan jami 50 ball.
3-bosqich.Laboratoriya mashg’uloti. 20 ball. Bu bosqichda o’quvchi va talabalar (biolog va ximiklar) laboratoriya o’tkazish ko’nikmalarini namayon etadilar. Geograflar esa dunyo xaritasi bilan ishlash ko’nikmalarini namayon etadilar.
Fan olimpiadsi va bilimlar bellashuvi g’oliblari har bosqichda taqdirlanadilar. Fan olimpiadalari g’oliblari nufuzli o’quv yurtlariga (9-sinf olimpiada g’oliblar akademik litseylarga, 11-sinf olimpiada g’oliblar OTM larga) imtihonsiz qabul qilinadilar.
Xalqaro olimpiadalar .
Har yili aniq va tabiiy fanlar yuzasidan xalqaro olimpiadalar o’tkaziladi. Olimpiadada 9-11 sinf o’quvchilari va akademik litsey talabalari ishtirok etadilar. Xalqaro olimpiadalar 3 bosqichda (viloyat bosqichi, respublika bosqichi, xalqaro bosqichi) o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada fan olimpiadasidan farq qilib har bir bosqichda yoshlar faqatgina bitta shart bo’yicha kuch sinashadilar, ya’ni 5 ta xalqaro olimpiada masalasi (har biriga 20 balldan 100 ball ) yuzasidan bilimlarini sinaydilar. Yana bir farqli tomini saralashda yosh e’tiborga olinmaydi, ya’ni 9-11 sinflar va talabalar o’zaro kuch sinashadilar. Barchaga bir xil holatda 5 ta masala beriladi va eng yuqori ball to’plagan o’quvchi ( hoh u 9-sinf bo’lsin, hoh 2-kurs talabasi bo’lsin) g’olib deb topiladi .
Viloyat bosqichi fan olimpiadasi qatnashchilari orasida o’tkaziladi.
Respublika bosqichida esa eng kuchli 5 talik O’zbekiston jamoasi sifatida xalqaro bosqichga yo’l oladilar.
Xalqaro bosqich jamoaviy va individual tartibda o’tkaziladi. Jamoaviy xalqaro bosqichda jamoalar kurash olib boradilar va kuchli 3 ta jamoa (3ta davlat) g’olib deb topiladi. Xalqaro bosqichda jamoaviy g’oliblik bilan birga shaxsiy g’oliblikni ham qo’lga kiritishingiz mumkin. Bunda sizning intelektingiz yuksak rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |