hisoblanadi. Kelib chiqishi, ularning sohasi va qo'llanilgan fikrlar, usullari va dastur
Aim.uz
Aim.uz
intellektual tizimdir. Bu tizim original strukturasi, ya'ni e'lonlar taxtasi — tizimning
ayni vaqtdagi ishining natijalari, chuqur ma'lumotlar bazasini ifodalash orqali ajralib
turadi. Keyinchalik shu tizimlar asosida ETlarni yaratish uchun HEARKAY-3 va
AGE (Attemrt tr Generalize) instrumental tizimlari yaratildi.
6.
SM (Artificial Mathematician — Sun'iy Matematik) va EURIKCO tizimlari
Stenford Universitetida doktor D. Lenat tomonidan qidiruv va o'qitish maqsadlarida
ishlab chiqildi. Lenatning o'ylashicha, ETlar samaradorligi ulardagi joylashgan
bilimlarga bog'liq bo'ladi. Uning fikricha, tizim o'qitish qobilyatiga ega bo'lishi
uchun, unga 1000000 ga yaqin umumiy xarakterdagi ma'lumotlarni kiritish kerak.
Shuningdek, Lenat kichik bir sohani o'rganishga qaratilgan bilimlar hajmi kichik ET
larni yaratish maqsadga muvofiq emasligini ta'kidlaydi.
SM tizimiga 100 ga yaqin chiqish qoidalari va 200 dan ortiq matematik nazariya
va tasavvurlarni ko'ra oluvchi o'qitishning evristik algoritmlari jamlangan edi.
Boshidan tizim ishining natijalari yuqori baholandi. U natural qator va oddiy sonlar
tushunchalarini ifodalash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizim Goldbax
gipotezasining varianti, ya'ni har qanday ikkidan katta juft sonni, ikkita oddiy sonlar
yig'indisi shaklida yozish mumkinligini sintezladi. Bu gipotezani to'g'riligi yoki
inkor etish kerakligi haligacha aniq emas. Tizimning keyingi rivojlanish jarayoni
to'xtab qoldi. Boshida namoyon etilgan matematik imkoniyatlarga qaramasdan,
tizim evristik qoidalarni keltirib chiqara olmasligi, faqat dastlabki kiritilgan
qoidalardan kelib chiqqan holda ish yuritishi aniqlandi.
EURIKCO tizimini yaratishda SM tizimida belgilangan kamchiliklarni yo'q
qilish usuli qo'llab ko'rildi. SM tizimidek EURIKCO yordamida olingan natijalar
yuqori baholandi. Shuningdek, EURIKCO juda qaltis o'yinlarda ishtirok eta olishi
ta'kidlandi. Uning yordamida AQSH ning harbiy dengiz floti tomonidan original
mo'ljallangan bosqichma-bosqich bajariladigan yurishlarga ega bo'lgan strategiya
ishlab chiqildi. Bu bosqichlardan biri yaroqsiz bo'lgan harbiy dengiz floti kemalarini
cho'ktirishdan iborat. Bunda butun qolgan kemalarga keng joy qoladi.
Ammo bir qancha vaqtdan keyin, tizim hamisha ham o'zidagi qoidalarni qayta
tuza olmasligi ma'lum bo'ldi. U faqat sutkaning ma'lum bir vaqtida
dasturlashtiruvchiga murojaat qilish kerak bo'lgan holda, bu qoidani qo'pol ravishda
buzadi. Shunday qilib, EURIKCO tizimi ham ishlab chiqaruvchi tomonidan
belgilangan chegaraga yetib, rivojlanishdan to'xtadi.
1990-yildan boshlab doktor Lenat bir guruh olimlar boshchi-ligida intellektual
tizimni yaratish uchun kerak bo'ladigan bir necha ming bilimlar elementlarini
kodlash va kiritish proyekti bilan mashg'ul bo'ldi. Bu proyekt Cyc deb atalgan (Cyc
«NHK»
— inglizcha enciklipedia so'zidan).
Do'stlaringiz bilan baham: