30
- mazkur aholi punktida (mahallada) joylashgan uy xo’jaliklarining
hisoblangan sonini o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklarining hisoblangan
soniga bo’lish yo’li bilan "tanlash bosqichi" aniqlanadi. Masalan,
tanlab olingan
aholi punktida 300 ta uy xo’jaligi mavjud bo’lib, o’rganiladigan uy xo’jaliklari
soni esa 30 tani tashkil etishi kerak bo’lsa, "tanlash bosqichi" "10" ni (300:10)
tashkil etadi;
- har bir uy xo’jaligiga ranjirlangan tartib raqami berilib, umumiy uy
xo’jaliklarining sonidan "tanlama to’plam"ga uy xo’jaliklari tanlab olinadi.
Uy xo’jaliklari so’rovi Davlat statistika qo’mitasi bilan kelishgan holda
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
tomonidan tasdiqlanadigan
maxsus so’rovnoma bo’yicha amalga oshiriladi.
Tanlab olingan uy xo’jaliklarining mehnatga layoqatli yoshdagi barcha
a’zolari so’rab chiqilishi kerak, ular hozir bo’lmagan taqdirda esa, hozir bo’lmagan
uy xo’jaliklari a’zolariga tegishli javoblarni uy xo’jaligining
boshqa vakolatli
a’zosidan olinadi.
So’rovni amalga oshirgan xodimlardan uy xo’jaliklari so’rovining to’ldirilgan
so’rovnomalarini qabul qilish Bandlikka ko’maklashish markazining ishga
joylashtirishga muhtoj bo’lgan aholini hisobga olish va ular bo’yicha ma’lumotlar
bankini shakllantirish bo’limi boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi.
To’ldirilgan so’rovnomalarni qabul qilishda:
so’rab chiqqan xodim tomonidan uy xo’jaliklari so’rovining aniq tarzda
tanlanishiga rioya qilinganligi;
so’rovnoma savollari to’liq to’ldirilganligi;
so’rovnoma savollariga javoblarning mantiqliligi va
bir-biriga zid emasligini
tekshirish ta’minlanishi kerak.
Uy xo’jaliklari so’rovi o’tkazilishining sifati uchun javobgarlik uy xo’jaliklari
so’rovini o’tkazgan xodimga va so’rovnomani qabul qilib olgan shaxsga
yuklanadi.
So’rovnoma materiali qabul qilib olingandan keyin uni qayta ishlash maxsus
kompyuter dasturi yordamida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasini
shakllantirish (ma’lumotlarni kompyuterga kiritish) Qoraqalpog’iston
Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
31
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga
oshiriladi.
Ma’lumotlar kompyuterga to’liq kiritilgandan keyin ma’lumotlar
bazasi har
bir tuman bo’yicha alohida fayllar shaklida keyinchalik uzil-kesil puxta ishlash va
tahlil qilish uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga
yuboriladi.
Ma’lumotlarni puxta ishlash va tahlil qilish quyidagi muddatlarda amalga
oshiriladi:
ma’lumotlar bazasini shakllantirish (kompyuterga kiritish)
- hisobot choragi
oxirgi oyidan keyingi oyning 1-kunigacha;
har bir tuman bo’yicha yig’ma jadvallarni puxta ishlash va olish - hisobot
choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 10-kunigacha;
tekshirish natijalari bo’yicha tahliliy ma’lumotnoma va tahliliy jadvallarni
tayyorlash - hisobot choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 15-kunigacha.
Barcha mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarni ro’xatidagi ishchilar soniga
doimiy,
mavsumiy, vaqtincha bir va undan ortiq kunga ishga qabul qilinganlar
hisoblanadi.
Bu ko’rsatkich har bir kalendar kuniga barcha ishga kelgan ishchilar ishdan
qatnashidan qatiy nazar ya’ni ishlayotganlar, ishlamayotgan vaqti (prostoe)
xizmat
safari, kasallik bo’yicha ishga kelmayotganlar: davlat va jamoa topshiriqlarini
bajaruvchilar, qishloq xo’jalik ishlariga jalb qilinganlar, malakasini oshirishdagi,
mehnat ta’tilidagi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: