Oilada aqliy tarbiya. Oilada aqliy tarbiyani shakllantirishda bolalarning dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirish, unda aqliy mehnat madaniyatini tarkib toptirishga qaratilgan maqsad yo‘lidagi faoliyat tushuniladi. Aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida bolalarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan, yangilik va kashfiyotlardan xabardor etish, ularga ijtimoiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida tafakkur qobiliyatini qaror toptirish, dunyoqarashini shakllantirishdan iboratdir.
Bola dunyoqarashi uning fundamental tushunchalaridan shakllanadi. Mazkur tushunchalar asosida bola shaxsiyati va xatti-harakatlari tashkil topadi, aniqlanadi va borlig‘i belgilanadi. Bunday tushunchalar o‘ziga xos bo‘lgan hayotga qarash prizmasini yaratadi. Har bir inson o‘zi yaratgan prizmasi orqali hayotga, atrofidagi hodisa va narsalarga qaraydi. Shuning uchun ham bolaga ijobiy tushunchalarni singdirish lozim, chunki, hayotdagi har bir yechimi yo‘q bo‘lib ko‘rinayotgan muammolar ichki kechinmalari orqali sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga yordam beradi. Bolalar ham kattalar singari muammo yo‘qligiga, faqatgina imkoniyat borligiga to‘laqonli ishonganidagina katta yutuqlarga erisha oladilar.
M
Oilada axloqiy tarbiya. Oilada axloqiy tarbiyani shakllantirish kundalik ishlarimizga va ongimizgaaktiv ta’sir ko‘rsatib, jamiyat nomidan yaxshilik bilan yomonlik, zulm, adolat bilan adolatsizlik o‘rtasidagi va insoniy munosabatlardagi maqbul va nomaqbul, man etilmaydigan va man etiladigan ishlarni, xatti – xarakatlarni belgilab beradi. Axloqiy tarbiyaning vazifasi jamoatchilik axloqi, insonparvarlik axloqi, faol ta’sirchan axloqni tarkib toptirishdan iborat.
uammo va masalaning yechimi borligini anglash bola ruhiyatini ko‘taradi va yangi cho‘qqilarni zabt etishga turtki bo‘ladi. Undan tashqari, agar bola masalaga ijodiy yondashsa, u ushbu masalaning bir qancha yechimi borligiga amin bo‘ladi. Farzandimizga masala yechimini topishda tashabbus va ijodkorlikdan cho‘chimasdan harakat qilishni o‘rgatishimiz lozim. Bolalarimiz kuchi, mahorati, tashabbuskorligi va aqliga ishonib, masala yechimlarini mustaqil ravishda topishga imkoniyat berib biz ularga o‘zimiz tomonimizdan eng qimmatli narsani bergan bo‘lamiz.41
Axloq normalari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat normalariga zid xatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo‘lsa, axloq ixtiyoriydir. Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli, vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo‘lishga o‘rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi. Axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi.42
Do'stlaringiz bilan baham: |