Bilim sohasi


1. Tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi



Download 7,14 Mb.
bet62/345
Sana08.08.2021
Hajmi7,14 Mb.
#142483
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   345
Bog'liq
Умумий педагогика 1-қисм (2)

1
1. Tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi
.
Tarbiyachi o‘z faoliyatida davlat va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi. Davlat xizmatidagi shaxs sifatida u tarbiya jarayonida davlat buyurtmasini bajaradi. Ammo u bola shaxsiga monopolist sifatida emas, xalqning vakolatli vakili sifatida munosabatda bo‘lishi kerak. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib shuni ta’kidlash kerakki, bugun O‘zbekistonda yosh avlod tarbiyasida ijtimoiy manfaatlar ustuvorligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2017-yilda “Yoshlar ittifoqi”ning tuzilganligi, yoshlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va hissasini oshirish choralari ko‘rilayotganligi fikrimiz isbotidir. Oliy ta’lim muassasalarida “Miliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” kursi, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi” fanining o‘quv jarayoniga kiritilishi ham aynan shu maqsadga – yoshlar tarbiyasini ijtimoiy yo‘naltirish, ularni davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchini anglaydigan shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan.

2


2. Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi.
. Bolani real hayotdan, mehnat faoliyatidan ajralgan holda tarbiyalash mumkin emasligini qadimgi ajdodlarimiz ham yaxshi bilganlar. Tarbiyalanuvchini yoshlikdan ijtimoiy faol hayotga jalb qilish uning jamiyatda tezda o‘z o‘rnini topishiga, tezroq oddiy mehnat ko‘nikmalarini egallab borishiga zamin hozirlaydi. Mehnat faoliyatiga jalb etish kechikkani sayin, bolaning umumiy rivojlanishi ham kechika boradi.

Zero, mehnat faoliyati davomida bola kattalar bilan muloqot qiladi, ularning topshiriq va ko‘rsatmalarini bajaradi, xulq-atvor asoslarini egallaydi. Shu boisdan, bolani oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, umumiy o‘rta ta’lim maktabida mehnat faoliyatiga jalb etib borish yaxshi samara beradi. Oilada bo‘lib o‘tadigan boshqa tadbirlarda, masalan birgalikdagi mehnat jarayoni, to‘y va marosimlarda ishtirok etishi ham bola dunyoqarashini kengaytiradi, kattalar o‘rtasida o‘zini tutish, ular bilan to‘g‘ri muloqot qilish ko‘nikmasini rivolantiradi. Bu ko‘nikma bolaning kelajak faoliyatida qo‘l keladi, albatta. Eng asosiysi, mehnat faoliyatida ishtirok etish mehnatning qadrini bilish, o‘zgalar mehnatini hurmat qilishga o‘rgatadi. Mehnat darsida biron buyumni yasaganda o‘z mehnati mahsulini ko‘rib quvonadi, ruhan ko‘tarinkilikni his qiladi. Mehnat bolaning irodasini chiniqtiradi, qiyinchiliklarga bardosh berishga, kelajakka ishonch bilan yashashga o‘rgatadi.

3
3. Tarbiyada bola shaxsining ijobiy jihatlariga tayanish. yo’nalganligi
. Tarbiyachi birinchi navbatda tarbiyalanuvchini hurmat qilishi, uning ijobiy yoki salbiy jihatlarini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishi kerak. Tarbiya jarayonida bola shaxsidagi ijobiy xislatlarni ko‘paytirish hisobiga uning salbiy jihatlari bartaraf etib boriladi. Tajribali pedagoglar boshqalarga nisbatan sho‘xroq bolalarda ham ijobiy sifatlarni ko‘ra oladilar. Ayrim tarbiyachilar bunday bolalarga doimo tanbeh berib, nuqsonlarini tanqid qiladilar. Bunday munosabat ularda umidsizlik uyg‘otadi, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni so‘ndiradi. Aksincha, Ota-onalar va o‘qituvchilar bola xulqidagi ijobiy jihatlarni topib, ularni yanada ko‘paytirishga harakat qilishlari lozim. Ta’lim jarayonida yetarli darajada o‘zini namoyon qila olmagan o‘quvchi sportda, mehnatda yoki tashkilotchilikda boshqalardan ustun bo‘lishi mumkin. Pedagoglar va ota-onalar tomonidan aynan shu jihatlarga bo‘lgan e’tibor ularda o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘otadi va o‘qishda ham ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishiga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Taniqli pedagog Sh.Amonashvilining pedagogik faoliyati tarbiyada ijobiy jihatlarga tayanish tamoyili bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

4


4. Tarbiyaning insonparvarligi.
. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining birinchi moddasida “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar.

Ularga aql va vijdon ato qilingani, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak”, – deyilgan. Aynan shu tamoyil ta’lim-tarbiya jarayonini ham insonparvarlik ruhida tashkil etish uchun asos vazifasini o‘tashi lozim. Insonparvarlik tamoyili quyidagilarga asoslanadi:



  • tarbiyalanuvchining shaxsiga insonparvarlik nuqtayi nazaridan yondashish;

  • uning huquq va erkinliklarini hurmat qilish;

  • tarbiyalanuvchiga uning imkoniyatlari darajasidagi talablarni qo‘yish;

  • tarbiyalanuvchining fikrini hurmat qilish;

  • tarbiya jarayonida jismoniy jazo choralarini qo‘llamaslik va boshqalar.

Ammo ta’lim-tarbiya jarayonida haddan tashqari talabchanlik yoki ko‘ngilchanlik qilish ham mumkin emas. Bu borada ko‘rsatmalar ta’lim muassasasi ichki tartib-qoidalarida batafsil bayon qilingan bo‘lishi zarur. Zero, Abu Nasr Forobiy ham bolaga nisbatan dastlab yumshoq usulni, bu natija bermasa jiddiyroq usulni qo‘llash maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan edi.

5


5. Tarbiyada individual yondashuv.
. Tarbiyalanuvchining shaxsiy sifatlariga tayanib ish ko‘rishni, uning yosh va individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olishni nazarda tutadi.

Shaxsiy sifatlar tarbiya uchun o‘ta muhim tavsiyalarni o‘zida aks ettiradi – shaxsning yo‘nalganligi, qadriyatlari tizimi, hayotiy rejalari, faoliyati va xulq-atvori motivlari.




Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish