Belgilari
Tashxislash turlari –
Tashxislash tamoillari –
|
Amaliy ko‘nikmalar
Korreksion pedagika barcha sohalar bilan bog‘liq. Sizning kasbiy faoliyatingizda zarur amaliy-nazariy korreksion pedagogik bilimlar qay darajada bo‘lgani ma’qul.
|
3-topshiriq: Ushbu labirintdan quyida berilgan so‘zlarni toping
D
|
O
|
L
|
I
|
G
|
O
|
F
|
R
|
E
|
N
|
I
|
Y
|
A
|
N
|
Q
|
A
|
I
|
N
|
K
|
L
|
Y
|
U
|
Z
|
I
|
V
|
A
|
L
|
K
|
V
|
L
|
B
|
B
|
A
|
H
|
O
|
L
|
A
|
S
|
H
|
M
|
U
|
S
|
O
|
A
|
O
|
P
|
R
|
O
|
G
|
N
|
O
|
Z
|
R
|
A
|
S
|
H
|
X
|
M
|
Z
|
G
|
S
|
E
|
M
|
A
|
N
|
T
|
I
|
K
|
U
|
A
|
A
|
O
|
M
|
I
|
O
|
P
|
N
|
U
|
T
|
Q
|
O
|
N
|
G
|
Y
|
Q
|
N
|
S
|
U
|
F
|
P
|
A
|
T
|
G
|
L
|
E
|
N
|
S
|
I
|
I
|
A
|
O
|
X
|
N
|
A
|
E
|
K
|
S
|
X
|
K
|
O
|
N
|
S
|
T
|
R
|
U
|
Q
|
T
|
I
|
V
|
D
|
A
|
Q
|
L
|
I
|
Y
|
K
|
N
|
A
|
I
|
N
|
Z
|
N
|
K
|
I
|
I
|
D
|
P
|
A
|
N
|
E
|
A
|
D
|
S
|
E
|
K
|
N
|
U
|
A
|
Y
|
Y
|
E
|
A
|
S
|
R
|
M
|
T
|
X
|
G
|
Z
|
A
|
A
|
Q
|
T
|
G`
|
A
|
M
|
Q
|
R
|
I
|
N
|
F
|
O
|
R
|
M
|
A
|
T
|
S
|
I
|
O
|
N
|
I
|
O
|
L
|
I
|
X
|
Z
|
H
|
O
|
N
|
O
|
A
|
O
|
V
|
X
|
P
|
K
|
X
|
M
|
P
|
K
|
I
|
D
|
A
|
Q
|
S
|
P
|
N
|
O
|
A
|
F
|
A
|
S
|
N
|
E
|
R
|
V
|
K
|
H
|
N
|
A
|
M
|
A
|
S
|
H
|
Q
|
T
|
I
|
F
|
L
|
O
|
P
|
E
|
D
|
I
|
Y
|
A
|
M
|
E
|
A
|
X
|
Tiflopedagogika
Oligofreniya
Diagnostika
Korreksiya
Konstruktiv
Baholash
Prognozlash
Anomal
Logopediya
|
Psixik
Nuqson
Semantik
Ekzogen
Kommunikativ
Inklyuziv
MTE(maxsus ta’limga ehtiyoj)
Vazifaviy
Nutq
|
Akademik
Mashq
Mantiq
Glen
Domom
Usul
Nerv
Ong
Informatsiya
Aqliy
|
ELEKTRON PEDAGOGIKA VA PEDAGOGNING KASBIY AXBOROT MAYDONINI LOYIHALASH
Reja:
1. Ta'limda axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalar.
2. Pedagogik faoliyatda amaliy va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish.
3. Internet texnologiyalari. Internet xizmatlari bilan ishlash.
4. Pedagogning elektron portfoliosini shakllantirish.
Tayanch tushunchalar: axborot texnologiyalari, pedagogik dasturiy vositalar, Virtual borliq. Internet xizmatlari, forum, portal, veb – sayt, ZiyoNet, qidiruv tizimlari, Internet kataloglar, ixtisoslashgan qidiruv tizimlari, pedagogning axborot maydoni, ta’lim portali, virtual muloqot, reklama sayt, informatsion sayt, ta’limiy sayt.
Mavzuning qisqacha mazmuni: ushbu mavzuda ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uchun zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar, pedagogik dasturiy vositalar, pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish muammolari, ta’limiy saytlar, Internet xizmatlari bilan ishlash, Internet texnologiyalari haqida so‘z yuritiladi.
TA’LIMDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR
Texnologiyalar rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib o‘qitishda birgina kompyuterning mavjudligi kifoya bo‘lib qoldi. Avvallari televizor, videomagnitofon, kinoproyektor, diaproyektor va boshqalar bajargan funksiyalarni kompyuter muvaffaqiyat bilan o‘z zimmasiga oldi. Qolaversa, axborotni uzatish, saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada ortdi.
Hozirgi kunda kompyuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisi bo‘lib, har bir insonga qayerda, qaysi sharoitda ishlamasin zaruratga aylanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videoko‘z, videokamera, LCD proyektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intellekt tizimlarini kiritish mumkin.
Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– kompyuter, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta'minoti;
– uskunaviy dasturiy ta'minot;
– virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran protsessorlari va hokazo;
– axborotlar majmui – ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va boshqalar;
– texnik ko‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma'lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o‘zlashtirish va kabilar).
Axborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir.
O‘quv-tarbiya jarayonida kompyuterlar asosan to‘rt tartibda:
passiv qo‘llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi;
reaktiv muloqot – kompyuter imtihon oluvchi sifatida;
faol muloqot – kompyuter talabaga yo‘l-yo‘riq berish va imtihon olishda;
interfaol muloqot – kompyuter sun’iy intellekt sifatida, ya’ni talaba bilan muloqat qilishda foydalaniladi.
Ta’limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi:
– fan sohalarini axborotlashtirishga;
– o‘quv faoliyatni intellektuallashtirishga;
– integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishga;
– ta’lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi.
Pedagogik ta’lim jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:
– masofaviy o‘quv kurslari va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;
– pedagoglar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini;
– ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonga joriy etilishi:
– talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga;
– o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasining chuqur o‘zlashtirilishiga;
– o‘quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga;
– interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o‘qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga;
– sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish strategiyasini egallashiga;
– axborot jamiyati a'zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;
– o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqish va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Portal – bu foydalanuvchiga axborotlarni oddiy navigatsiya va keng ko‘lamli qulay interfeys orqali yetkazish uchun turli axborot resurslarini birlashtiruvchi telekommunikatsiya tarmog‘i tuguni. U quyidagi jihatlari bilan tavsiflanadi:
– ko‘p sonli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishi;
– axborotlar ko‘lamining kengligi;
– asosiy tarmoq formatlarini qo‘llash;
– oson va samarali qidirish tizimini joriy etilish;
– axborot resurslari integratsiyasi;
– axborot xavfsizligini ta'minlash;
– axborotlarni tabaqalashtirish;
– bilimlarni boshqarish – tahlil etishi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |