Ta’lim qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
1) ta’lim omillari, shart-sharoitlari va natijalari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning mavjudligi;
2) ta’lim jarayonining ijtimoiy omillar va jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liqligi;
3) ta’lim, rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro birligi;
4) har qanday ta’lim jarayonida o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘rganilayotgan obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning talab etilishi;
5) ta’lim jarayoni samaradorligining o‘quvchilar tomonidan ko‘rsatiladigan o‘quv faolligi asosida ta’minlanishi;
6) malakalarning muayyan operatsiya va harakatlarning muntazam, ko‘p bora takrorlanishi natijasida hosil bo‘lishi;
7) o‘zlashtirishning puxtaligi takrorlashning izchilligiga bog‘liq ekanligi; 8) o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan murakkab faoliyat usullarining o‘qituvchi tomonidan ularga eng oddiy faoliyat usullarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi natijasi ekanligi.
Ta’lim qonuniyatlari asosida unga qo‘yiladigan talablar – ta’lim tamoyillari aniqlanadi. Pedagogik amaliyotlarda ba’zan “o‘qitish prinsiplari” atamasi ham ishlatiladi. Lekin ta’lim tamoyillari (prinsiplari) ta’lim jarayonining ikkala subyekti o‘qituvchi va o‘quvchi-talabaga ham daxldor. Shuning uchun taniqli didaktik olimlar O.Roziqov, A.Zunnunov, U.Mahkamov ularni ta’lim prinsiplari deb atashni ma’qul ko‘radilar. Chunki ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, qoidalar, ta’lim prinsiplari deb ataladi. Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo‘lib, ular ta’limning barcha turlari, darajalari, subyektlari, o‘quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlariga daxldor umumiy qoidalardir. Prinsiplar va ta’lim qonuniyatlari uzviylikda mavjuddir. Qonuniyatlar prinsiplarning ayrim tomonlarini yoritadi. Prinsip umummilliy xususiyatiga ega bo‘lib, ta’limda barcha o‘quv fanlarini o‘qitish bosqichlarida qo‘llanadi52.
T
Ta’lim tamoyillari – o‘qitish asosida yotadigan, ta’lim va uni tashkil etish jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini tanlanishini belgilaydigan boshlang‘ich asoslardir.
a’lim jarayonida quyidagi tamoyillar ustuvor xarakter kasb etadi: ijtimoiy – g‘oyaviylik; onglilik va faollik; ilmiylik va tushunarlilik; ko‘rgazmalilik; mustahkamlik; tarbiyalovchi xarakterga egalik; fundamentallik va amaliy yo‘nalganlik (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi); tabiat bilan uyg‘unlik; madaniy taraqqiyot bilan uyg‘unlik; ta’limning o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi; insonparvarlik; oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi; pedagogik hamkorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |