Oilada iqtisodiy tarbiya. bolalarga tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob – kitob va shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Zotan, pul, mol-u dunyo oila iqtisodining negizini tashkil etadi. Iqtisod atamasi “uy xo‘jaligi” ma’nosini anglatadi. Demak, oila iqtisodi – uy – ro‘zg‘or yuritish haqidagi bilim, malaka va ko‘nikmalar yig‘indisidan iboratdir. Abdulla Avloniy ta’rifiga ko‘ra “Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytiladur” [1]. “Pul-u – davlati ko‘p bo‘lgan inson boy emas, balki iqtisodchi inson boydir”. Oila iqtisodini shakllantirish, boshqarish va nazorat qilishda har bir a’zosining o‘z o‘rni va ulushi mavjud. Oila iqtisodini rejalashtirmasdan turib, mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |