O‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari
O‘quv haftasi va o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligini ta’minlash; dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o‘z vaqtida samarali o‘tkazilishini ta’minlash; har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi a’zolariga o‘quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish; yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish; sinf va guruh jurnallarining to‘g‘ri yuritilish va saqlanishiga javob berish; o‘quvchilarning bilim darajasini DTS asosida tahlil qilib borish; o‘quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |