5.14-rasm. Zamonaviy ultraskanerlovchi apparatlar
Biologik muhitlarning to’lqin qarshiliklari havonikiga nisbatan 3000 martakatta. Shu sababli UT-nurlatgichlar odam tanasiga qo‘yilsa, ultratovush tanaichkarisiga otmasdan nurlatgich va odam tanasi orasida hosil bo’lgan yupqahavo ustunidan qaytadi. Havo qatlami hosil bo’lmasligi uchunnurlatgichning sirti yuzasiga yupqa moy qatlami surtiladi.
Ultratovush to’lqinlarining tarqalish tezligi va ularning yutilishi muhitningholatiga bog’liq; shunga asoslanib moddalarning molekular xossalarinio‘rganishda ultratovushdan foydalaniladi. Bu turdagi tadqiqotlar molekularakustika foniga taalluqlidir.
To’lqinlar intensivligi doiraviy chastotakvadratiga to‘g‘ri proporsional, shunga asoslanib nisbatan kichik amplitudalito’lqinlardan ham katta intensivliklarga ega bo’lganto’lqinlarni hosil qilishmumkin. Ultratovush tolqinlari ta’siridagi zarrachalar tezlanishi juda kattabo’lishi mumkin, bu esa katta ta’sir kuchlari paydo bo’lishini,biologik obyektlar ultratovush yordamida nurlantirilganda ularga hamzarrachalarga shunday kuchlar ta’sir qilishini ko‘rsatadi.
Ultratovush tarqalishida hosil bo’ladigan zichlashish va siyraklashishlarsuyuqliklar ichida uzilishlar hosil qiladi, bunga kavitatsiya deyiladi.
Kavitatsiya uzoq vaqt ushlanib qolmay, tez yopiladi, bunda uncha kattabo'lmagan hajmda ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqib, moddalarning isishiva shu bilan birga molekulalarning ionizatsiyasi va dissotsiatsiyasi yuz beradi.
Biologik obyektlarda ultratovush ta’siri bilan bog‘liq holda yuz beradiganfizik jarayonlaming asosiy effektlari quyidagilardan iborat:
hujayra va subhujayra darajasidagi mikrovibratsiyalar;
biomakromolekulalami parchalash;
biologik membranalarini jarohatlash va ularning joylanishlarini o'zgartirish,membranalar o‘tuvchanligini o‘zgartirish;
issiqlik ta’siri;
—hujayra va mikroorganizmlaming buzilishi. Ultratovushning tibbiy-biologikqo‘llanishlarini asosan ikki yo‘nalishga ajratish mumkin: birinchisi kuzatish va diagnostikausullari, ikkinchisi ta’sir etish uslublari.
Birinchi yo‘nalishdagi usullarga asosan impulsli nurlanishlardan foydalanuvchilokatsion usullar kiradi. Bu exoensefalografiya — bosh miya o‘smalari vashishlarini aniqlash (8.15- rasmda “Angiodin EXO/U” ko‘rsatilgan);ultratovush kardiografiyasi — yurak o’lchovlarini dinamikada o‘lchash;oftalmologiyada — ko‘z muhitlari kattaliklarini o‘lchash uchun ultratovushlokatsiyasi. Ultratovushning Dopler effektidan foydalanib yurak klapanlariharakatining xarakteri o‘rganiladi va qon oqish tezligi o'lchanadi. Diagnostikamaqsadlari uchun ultratovush tezligiga asosan o‘sib chiqqan va jarohatlangansuyaklarning zichliklari hisoblab topiladi.
Ikkinchi yo‘nalishga ultratovush fizioterapiyasi taalluqlidir. 8.16- rasmda shu maqsadlarda qollaniluvchi apparat“ИОНТО СОНО С2” ko‘rsatilgan. Ultratovush bilan bemorga ta’sir etish apparatning maxsusnurlatgich kallagi yordamida bajariladi. Ko‘pincha terpapevtik maqsadlar uchunchastotasi 800 KHz, o‘rtacha intensivligi 1 W/sm2 ga yaqin va undan uzoq bo’lganultratovushlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |