157
bo‘lishida namoyon bo‘ladi.
Flegmatik – temperament turlaridan biri bo‘lib, harakatlar sekinligi, barqarorligi, emotsional
xolatlarning tashqi ko‘rinishlari kuchli emasligida namoyon bo‘ladi.
Xarakter – kishidagi barqaror psixik xususiyatlarining individual birligi bo‘lib, shaxsning
mehnatga, narsa va xodisalarga, o‘ziga va boshqa kishilarga munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Harakat – maqsadga muvofiq yo‘naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar
yig‘indisi. H. Ongli faoliyatning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir.
Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakllaridan bo‘lib, bir qancha xukmlar asosida
ma’lum xulosa chiqariladi. X.ch. induktiv, deduktiv va analogik turlarga ajratiladi.
Xolerik – temperament turi bo‘lib, xissiyot jo‘shqinligi, kayfiyatning tezda o‘zgarishi,
hissiyotning muvozanatsizligi va umuman xarakatchanligi bilan ajralib turishi xosdir.
SHaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi betakror
odam.
SHaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat
jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.
SHaxslararo munosabat – muloqot jarayonidagi o‘zaro ta’sir etish natijasida ro‘y beradigan
ijtimoiy-psixologik hodisalar
.
SHakllar – bevosita va bavosita tur bo‘lib, yuzma-yuz yoki vosita orqali amalga oshishi
ko‘zda tutiladi.
SHakllanganlik - odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‘lishi bilan
bog‘liq psixologik jarayon.
SHartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko‘ra biror guruhga taalluqli deb
qarash.
Emotsiya – odam va hayvonlarning sub’ektiv ifodalangan ichki va tashqi qo‘zg‘oluvchilar
ta’siriga javob reaksiyasi.
Egotsentrizm – men, markaz ma’nosida individualizm va egoizmning eng tuban turi.
Ekstrovert shaxs – shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‘z ichida kechayotgan
fikrlarini bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.
Empatiya – boshqa odamlarning psixik holatini tushunish
O‘qish – shaxsning bilim va faoliyat usullarini egallashga hamda uni mustahkam esda
saqlab qolish jarayoni.
O‘yin – faoliyat turlaridan biri bo‘lib, bolalarning kattalar faoliyatini, ish xarakatlarini aks
ettirishda ifodalanadigan va atrofni bilishga qaratilgan faoliyatdir.
Qobiliyat – shaxsning ma’lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biror
faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyati.
Qiziqish – shaxsning o‘zi uchun qimmatli va yoqimli narsa yoki xodisalarga munosabati.
Qobiliyatlar – shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron
faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: