153
I V . G L O S S A R I Y
Adekvatlik – teng, o‘xshash, muvofiq kelmoq.
Analogiya – psixik xodisalar va xulq-atvor xususiyatlarining o‘xshashligi.
Anketa – metodlardan biri bo‘lib, respondent to‘g‘risida aniq ko‘zlangan ma’lumotlarni
yig‘ish maqsadida qo‘llaniladi.
Assotsiatsiya – psixik xodislar orasidagi o‘zaro bog‘lanish, u ma’lum qonunlar bo‘yicha
tarkib topadi.
Attraksiya – bir kishini boshqa kishi ko‘rib qolganda, idrok etishda yuz beradigan tafakkur
turi.
Apatiya – kishining tevarak atrofdagi olamga nisbatan befarqlik xolati.
Astenik – shaxsning faolligini susaytiruvchi kechinmalar.
Audivizual idrok – shaxsning bir vaqtning o‘zida ham eshitib, ham ko‘rib idrok qilishi.
Autogen mashq – shaxsning o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘zini idora qilishga asoslangan
psixoterapevtik usul.
Affekt – kuchli, jo‘shqin va nisbatan qisqa muddatli emotsional kechinmalar sifatida ro‘y
beradigan psixologik holat.
Biografik metod – odamni uning tarjimai holi bilan bog‘liq bo‘lgan xujjatlar orqali o‘rganish
usuli.
Bixeviorizm – psixologiyaning o‘rganish predmeti sifatida odam xulq-atvorini olinishi
nazariyasi.
Breynshorming – aqlga xujum – baxslarni tashkil etishda qo‘llaniladigan interfaol usuldir.
Bosqichlar – muloqotda mavjud bo‘lgan shaxsning o‘zi bilan, boshqalar bilan va avlodlar
orasida kechadigan jarayoni.
Verbal – og‘zaki ifodalangan nutq.
Vegetativ nerv tizimi – nerv tizimining organizm ichki a’zolari faoliyatini va modda
almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi.
Genotip – ota-onadan farzandga o‘tadigan irsiy belgilar majmui.
Gerontopsixologiya – psixologiya tarmog‘i, qarilik davri psixologiyasini o‘rganadi.
Gnostik – butun borliqni bilishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish xarakteri kabi
qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o‘zining tutgan o‘rniga
qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari
yig‘indisi.
Depressiya – tushkunlik kayfiyati.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma’lum ob’ektga uzoq vaqtdavomida muttasil
qaratilishi.
Diqqatning ko‘lami – bir vaqtning o‘zida diqqatning bir qancha ob’ektga qaratilishi
imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha ob’ektga taqsimlanish xusuiyati.
Diqqatning ko‘chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob’ektdan ikkinchisiga ko‘chirish.
Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro og‘zaki gaplashishi
.
Dialogik nutq – nutq turlaridan bo‘lib, bunda so‘zlovchilar barobar teng, birgalikda faollik
ko‘rsatadi.
Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o‘rnatishda o‘z fikrini o‘tkazish
xislatining yorqin namoyon bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: