Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda alohida shaxsga taalluqli jihatlarni asos
qilib olish va shu asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi. Monizm so'zi bitta alohida ma'nosini
anglatadi.
Psixologiyaning sohalari. Psixologiya fani ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amal
qiladi. Chunki qayerda inson faoliyat ko'rsatar ekan, o'sha yerda inson ruhiyati bilan bog'liq
muammolar yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda psixologiyaning 70 dan ziyod sohalari faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan:
umumiy psixologiya, medisina psixologiyasi, sport, muhandislik, oila, harbiy, yuridik, aviasiya,
kosmik, yosh davrlar psixologiyasi, pedagogik, etnopsixologiya, differensial psixologiya va
hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |