Asosiy sifatlar
Holerik
Sangvinik
G`legmatik
Melanholik
Senzitivlik
Past
Past
Past
YUqori
Reaktivlik
YUqori
YUqori
YUqori
Past
Faollik
YUqori
YUqori
YUqori
Past
Reaktivlik va faollik
Reaktiv va
faol
Og`ir vazmin
Faol va reaktiv Past faollik o`rta
reaktilik
Reaksiya turi
Tezlashgan
Tezlashgan
Sekinlashgan
Sekinlashgan
Plastiklik
-
+
-
-
Rigidlik
+
-
+
+
Ekstravertlik
+
+
-
-
Introvertlik
-
-
+
+
Emotsional
qo`zg`aluvchanlik
YUqori
YUqori
Past
Sekinlashgan
Inson asab tizimi bilan bog`liq individual sifatlarni bilish orqali, bevosita mehnat va o`qish
jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etish mumkin.
Asabga bog`liq bo`lgan tabiiy xususiyatlarni umuman o`zgarmas deb bo`lmaydi, chunki tabiatda
o`zgarmaydigan narsaning o`zi yo`q. V.S.Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning
hayotiy vaziyatlarda namoyon bo`lishini boshqarish masalasida ko`p ishlar qilgan.
SHuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat
temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga ham bevosita bogliqdir.
Psixologik ma’lumotlarda e’tirof etilishicha, irsiyat va turmush sharoitlari ham temperament tiplari
o`rtasidagi tafovutlarning sababchisi bo`lishi mumkin. SHundan kelib chiqqan holda temperament
tiplarini ko`rib chiqamiz.
Sangvinik - juda faol, qiziquvchan bo`lib, atrog`dagi narsalar, insonlar diqqatini tez jalb
etadi. U imo-ishoralarni ko`p ishlatib, uning chehrasiga qarab kayg`iyatini anglab olish qiyin emas.
Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz ta’sirni seza olmaydi, serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik
bilan reaktivlik munosabati muvozanatli bo`ladi, imtizomli, o`zini tiya biladi va boshqara oladi.
Uning xatti-harakati jo`shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql idroki teran, qiziqishlari,
kayg`iyati, intilishlari o`zgaruvchandir. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi, ko`ngli ochiq,
dilkash, muloqotga tez kirishadi, uning g`antaziyasi yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlarga
xozirjavob. Besabab xoholab kulish mumkin, arzimagan narsaga qattiq jahlini chiqarish ko`zatiladi.
Barcha narsa faollik va intilish bilan munosabat bildiradi. Uning yo`zidan kayg`iyatini bilish
mumkin. Diqqatini tez to`playdi. His-tuyg`uga beriluvchan. Past ovoz va past yorug`lik
qo`zg`atuvchilarni ilg`amaydi. Uzoqvaqt ishlab charchamasligi mumkin, ishiga ishtiyoq bilan
kirishadi. Tartib intizomli. Ekstravert. Fikrlar tezligi juda yuqori. Odamlar bilan juda tez kirishadi,
yangi odamlar, vaziyat, holatga tez ko`nikadi. Yig`lab turib, kulib yuborish holatlari ko`zatiladi.
Tez ishga kirishadi va tez sovishi mumkin. Bir yo`nalishda uzoqishlay olmaydi. Va’da berib ba’zan
bajaraolmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |