5.3. Xonadagi chang miqdori qaysi usul bilan aniqlanadi?
5.4. CHREM (PDK) suzining mazmuni nimadan iborat?
5.5. Ishlab chiqarish xonalarida chang kamaytirishning qanday usullarini bilasiz?
10- MASALA
SHOVQINNI PARAMETRLARINI ANIQLASH
Tikuv sexidagi texnologik dastgohdan chiqayotgan shovqin pasayishni hisoblash. Shovqinni pasaytirishda, zaruriy choralarni rejalashtirish.
Masalani yechish uchun ko‘rsatma:
Sexdagi shovqin yig‘indisi:
L = L1 + 10lg · n, dB.
L1 - bir manbaadan chiqayotgan shovqin darajasi, dB;
n - shovqin manbaalarining soni.
Oktava darajasining o‘rtacha geometrik chastotasida yahni
125 Gs - L1 = 94 dB,
250 Gs - L1 = 93 dB.
Shovqin darajasini pasayishini aniqlash.
L=Lf- Ld, dB
bu yerda: Lf - shovqinning haqiqiy darajasi, dB
Ld - shovqinning yo‘l qo‘yilish darajasi, dB oktava
darajasining o‘rtacha geometrik chastotasida ya’ni
125 Gs Ld - 92 dB,
250 Gs Ld - 86 dB.
3. Sexda shovqin yutilishini tahminlash uchun, sex devorlari g‘ovvakli shtukaturka (suvoq), devorida bo‘lishi qatlamlarini xosil qilish yo‘llari ishlatiladi.
Sexda shovqin darajasini pasaytirish uchun shovqin yutgich – devor prokladkasini tanlaymiz.
AGP plitalari ular gipsdan tayyorlangan bo‘lib ichi mineral paxta bilan to‘ldirilgan, uning tovush yutish koeeffitsenti - 0,09;
Sex shift (potolok) esa mineral paxta plitalari bilan birga shishatola ishlatiladi, uning tovush yutish koeefitsienti – 0,188.
Sexda tovush darajasining pasayishi
α 2•S2 0,09(h1•l• 2+h1• b • 2)+ 0,188(l•b)
L =10 lg ________ =10 lg __________________________________________________
α1 • S1 0,03[(h1 -h2 ) l•2+h 2·b·2]+0,0015(h•l•2+b·2·h2)+0.02(b·l)
Bu yerda: α 2•S2 - Qurilmaning ovoz yutish tahmiridan so‘ng xonadagi ovoz
yutish summasi (yig‘indisi);
α1·S1 - Qurilmaning ovoz yutish tahmirigacha honadagi ovoz yutish
summasi (yig‘indisi);
α1·α 2 - panellar va shiftning devordagi ovoz yutish koeffitsienti
α1 - 0,03, 0,02, 0,0015;
S1·S2 – devor , panellar va shiftning maydoni.
Masalani yechish uchun variantlar.
Beril
Gan
|
V1
|
V2
|
V3
|
V4
|
V5
|
6
|
V7
|
V8
|
V9
|
V10
|
N
|
10
|
20
|
40
|
30
|
20
|
50
|
10
|
30
|
40
|
10
|
h1,m
|
6
|
8
|
6
|
10
|
8
|
7
|
5
|
7
|
8
|
9
|
h2,m
|
3
|
4
|
3
|
5
|
4
|
2
|
3
|
5
|
4
|
2
|
L,m
|
40
|
45
|
50
|
44
|
46
|
42
|
40
|
38
|
42
|
50
|
b,m
|
12
|
14
|
13
|
15
|
10
|
12
|
11
|
13
|
15
|
10
|
Beril
Gan
|
V11
|
V12
|
V13
|
V14
|
V15
|
V16
|
V17
|
V18
|
V19
|
V20
|
N
|
8
|
9
|
10
|
15
|
14
|
17
|
21
|
18
|
11
|
13
|
h1,m
|
5
|
7
|
8
|
6
|
8
|
7
|
8
|
6
|
5
|
4
|
h2,m
|
3
|
4
|
5
|
3
|
5
|
4
|
3
|
4
|
3
|
2
|
L,m
|
25
|
30
|
27
|
24
|
22
|
19
|
20
|
21
|
23
|
24
|
b,m
|
13
|
14
|
12
|
10
|
11
|
9
|
12
|
11
|
13
|
15
|
11- MASALA
“TITRASH (VIBRATSIYA) PARAMETRLARINI ANIQLASH “
1. Umumiy malumot.
1.1. Ishning maqsadi.
Vibratsiyaning asosiy parametrlarini o‘rganish,vibroulchagich qurilmalardan olingan tajriba ishlarini,vibratsiya himoyasini effektivligini baholashni urganishdan iboratdir.
1.2. Ishning mazmuni
1.2.1. Asosiy vibratsiya parametrlarini uskunalar yordamida o‘lchash, tajriba qurilmasini urganish.
1.2.2. Asosiy vibratsiya parametrlarini qurilmada o‘lchash ruxsat etilgan qiymatini solishtirish.
1.2.3. Vibratsiya himoyalash amartizatorligini baholash va o‘rganish.
2. Vibratsiya tug‘risida kerak bulgan ma’lumot.
Qayishqoq jismlarning va mexanik sistemalarni mexanik tebranishlari vibratsiya deb ataladi.
Vibratsiya quyidagi asosiy parametrlar bilan ta’riflanadi.
Vibratsiya chastotasi - f, Gs
Vibr siljish - A, mm
Vibrotezligi - v, mm/s
Vibrotezlanish - w, mm/s2
1-jadvalda GOST 12.1012-78 bo‘yicha 8 soatlik smenada ishlab chiqarish sharoitida chegaraviy vibratsiya spektri tarzida odamga ta’sir qiluvchi vibratsiyaning gigienik me’yorlari, ya’ni vibrotezlik v ning chastotalarning oktava polosalaridagi urtacha kvadratik qiymatlari yoki ularning desibel hisobidagi logarifmik sathlari Lv kursatilgan logarifmik sathlar vibrotezlikning asosiy qiymati uchun qabul qilingan 5x10-5 mm/s qiymatiga nisbatan quyidagi formula yordamida topilgan:
Moslamalar, asboblar va ishlov beriladigan detallar, agar ular bilan ishlashda vibratsiya (1-jadvalda kursatilgan) yul quyilgan qiymatlaridan 20% dan ortib ketsa, vibratsiyalanadigan asbob-uskunalar deb hisoblanadi..
Ichkariga joylashtirilgan ish o‘rnidagi qo‘l qamrab oladigan joylardagi vibratsiyaning vibrotezligini tegishli normadagidan 20% ga ortadigan mashinalar yoki mashinalardan asosga beriladigan dinamik nagruzka 50 N dan ortadigan mashinalarning standartlariga va texnik shartlariga vibratsiya xarakteristikalar va ish sharoitlari uchun hamda ishlovchilarga maksimal vibratsiya ta’sir qiladigan sharoitlar uchun ularni nazorat qilish usullari kiritilishi kerak. Agar mashinaning normativ-texnik hujjatlarida kursatilgan ishlatish rejimlarining loaqal bittasida mashina hosil qiladigan vibratsiya 1-jadvaldagi tegishli normalardan ortib ketsa, u vibrohavfli hisoblanadi va vibrohavfsiz mehnat sharoitlari yaratish uchun qo‘shimcha tadbirlar ko‘rilishi yoki ishlovchilar himoya qilish vositalaridan foydalanishi kerak.
Vibrohimoya sifatini ta’riflovchi asosiy ko‘rsatkich harfi bilan ifodalanadigan o‘tkazish koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich mashina harakatidagi umumiy F0 kuchining qanday G‘ – dinamik kuch ulushi mavjudligi va vibrohimoyalar orqali bino poydevoriga berilishini kursatadi, hamda quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Bu yerda: f – vibratsiya manbaining majburiy tebranishlari chastotasi, Gs
f0 – prujinali amartizatorlarga o‘rnatilgan vibrohimoyali sistemaning uz tebranishlari chastotasi, Gs.
Ma’lum bo‘lishicha vibrohimoya samarasi qanchalik f/f0 nisbati katta bo‘lsa shunchalik yuqori buladi. Agarda f=f0 bo‘lsa bunda rezonans hodisasi paydo bo‘ladi va bu holatda amartizatorlar bino asosiga o‘tkazilayotgan dinamik kuchlarni pasaytirmaydilar, balki ko‘paytirib beradilar.
Pulat prujinali amartizatorlarga urnatilgan vibrohimoyani mashinaning uz tebranishlari chastotasini qulayroq aniqlash uchun quyidagi nisbatdan foydalanish mumkin:
Bu yerda: λst - amartizatorning statik og‘ib egilishi, sm.
l - bilan ifodalangan amartizatorning erkin holatdagi uzunligini o‘lchash yo‘li bilan va vibrohimoya mashinaning ma’lum yuk bilan tuldirilishidan sung (l0) aniqlanadi, ya’ni
λst=l-l0
3. Vibratsiya darajasini kamaytirish
Vibratsiya ishchi organizmiga mahalliy va umumiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mahalliy vibratsiya ishchining quliga tasir qilsa, umumiy vibratsiya oyoqlar yoki urindiq orqali butun tanaga tarqaladi.
Sanoat korxonalarida ishchilarni mashinalar vibratsiyasi tasiridan ehtiyot qilish maqsadida quyidagilar joriy qilingan:
- ishlab chiqarishdagi vibratsiyalarning gigienik xarakteristikasi va normasini belgilash.
- vibratsiyaning ta’sir etish vaqtini chegaralash va mehnat rejimiga rioya qilish.
- mashinalarning vibratsion xarakteristikasiga bulgan talablarini kuchaytirish.
- mashinalarning texnik holatini va shuningdek vibratsiya xavfi bor ishchi o‘rnining holatini nazorat qilib bori shva to‘g‘ri saqlashga qaratilgan tashkiliy texnik tadbirlar ko‘rish;
Bu tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- texnik-normativ xujjatlarda joriy qilingan muddatlarda ishchi o‘rnidagi vibratsiya darajasini muntazam o‘lchab turish umumiy vibratsiya uchun yiliga ikki marta;
- rejali va profilaktik ta’mirlardan keyin mashinalardan vibratsion ta’rifini nazorat qilish;
- vibratsiya jihatdan havfli mashinalarni ularning vibratsion xarakteristikasi bo‘yicha hujjatlash va hisobini tashkil qilish;
- mashina va himoya vositalarini ekspluatatsiya qilishning qoida va sharoitlarini ta’minlash hamda nazorat qilib borish; ularni tavsiya qilingan ish tartibiga baho beriladi;
- me’yorlanadigan parametrlarni chastotali /spektral/ tahlil qilish;
- me’yorlanadigan parametrlarni chastotasi bo‘yicha integral baho berish;
- vibratsiya fazasini aniqlash;
Ish joylardagi vibratsiyalar maxsus vibratsiya o‘lchash asbobi yordamida o‘lchanadi va joriy qilingan uslub bilan tahlil qilinib maxsus bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
O‘lchov asboblari.
Vibratsiyani urganish alohida laboratoriya qurilmasida bajariladi. Vibratsiya manbasi sifatida valiga debalans o‘rnatilgan elektromator ishlatiladi. /5-rasm/.
1-rasm. Vibratsiya parametrlarini o‘lchash qurilmasining rasmi.
2-rasm. Vibratsiya parametrlarini o‘lchash qurilmasining sxemasi.
Tok manbasi.2.Debalans bilan elektrodvigatel.
3.EVM-YeP-2 vibrometri.4.Uzgartirgich II
5.O‘zgartirgich II 6. Datchik burchagi.
Vibratsiya manbasi prujinali amartizatorlar yordamida o‘z asosidan vibrohimoyalangan holatda o‘rnatilgan. Bunday aktiv vibrohimoya dinamik kuchlarni manbaa va asosga kamaytirilgan holda o‘tkazish uchun xizmat qiladi.
Qurilmada vibrosiljish amplitudasi gorizontal yuzada va dvigatelning muvozanatsiz burchak holatini o‘lchash uchun elektrobalans vibrometri, ya’ni /EVM-BP 2/ asbobi qo‘llaniladi.
Asbobning ta’rifi:
- vibrosiljish amplitudasining o‘lchov diapazoni, 10-100 Rs, 20-50 mkm;
- chastotaning ishchi diapazoni, 10-100 Gs;
- muvozanatsiz burchak holatini aniqlashning chastotali diapazoni,10-65 Gs.
Vibrometr panelining yuzaki qismida quyidagi boshqaruv va nazorat a’zolari joylashgan:
O‘zgartirgich I va II pereklyuchateli.
« o‘lchash chegaralari, mkm» shkala pereklyuchateli.
«Ish turi» pereklyuchateli.
Ko‘rsatayotgan asbobning gradiurovka qilingan shkalasi, mkm,
«Kompensatsiya I va II rezistorlar uqi, vibroo‘zgartirgichlarning ikki sathining muvozanatlash paytida chiqish kuchlanishining kompensatsiyalash uchun mo‘ljallangan.
«Susaytirish» I va II rezistorlar uqi, ikki sathida muvozanatlangan holatda vibrouzgartirgichlardan kelayotgan signalni unglashga mo‘ljallangan.
Asbobning orqa tomonida uzgartirgich I va o‘zgartirgich II ayiruv dastalari joylashgan, bular vibroo‘zgartirgichlarni ishga tushirishga mo‘ljallangan va shuningdek datchik ayruv dastasi burchak ko‘rsatkichini ishga tushirish uchun kabi dastalar joylashgan.
Induksion o‘zgartirgich texnik tebranishlarni vibrotezlikka proporsional holatda elektr sinallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan. O‘zgartirgich tarkibida harakatsiz biriktirilgan g‘altak ichidagi doimiy magnitning vibratsiya ta’siri ostida siljish jarayonida vibrotezlikka proporsional elektr harakatlantiruvchi kuch yo‘naltiriladi.
O‘zgartirgich o‘lchov bloki kabel orqali ulanadi. Elektr harakatlantiruvchi kuch uzgartirich tomonidan kuchlanishi mobaynida shkaladagi uq og‘ishlari uchun yetarli bo‘ladi. Shuning uchun vibrosiljishlar amplitudasining o‘lchovlarida ayni asbob ma’lum manbadan quvvat olmay ishlaydi. Asbobning vibratsiyali yuza bilan aloqasi sezuvchan dasta orqali amalga oshiriladi.
Vibratsiya manbasi maydonchasida uzgartirgich I urnatilgan, uzgartirgiya II esa tug‘ridan-tug‘ri vibrocheklangan asosda joylashtirilgan.
Ishni bajarish tartibi:
Gorizontal yuzada zaruriy amplituda diapazon vibrosiljish amplitudasini I va II uzgartirgichlar yordamida aniqlanadi.
O‘zgartirgich dastgichini o‘lchash asbob blokining orqa tomonidagi ayirgichga ulanadi.
Vibrosiljish amplitudasini o‘lchashda «Ish turi» pereklyuchateli AM PL holatga o‘tkaziladi. «O‘zgartirgich pereklyuchateli es I xolatga o‘tkaziladi. « o‘lchash chegaralari pereklyuchateli olinadi va olingan natijalar jadvalga yozib boriladi.
Pereklyuchatellar shundayligicha qoldiriladi, «o‘zgartirgich» pereklyuchateli esa shu xolatning uzida II-chi xolatga o‘tkaziladi, olingan vibrohimoya asosining siljish amplitudasining ko‘rsatkichi jadvalga yozib qo‘yiladi.
Muvozanatsiz dvigatelning burchak holati belgisi dvigatelni ikki marotaba yurgizishdagi belgilangan aylanishlar soni sharti bo‘yicha aniqlanadi.
A1 vibratsiya amplitudasini o‘lchash uchun dvigatelni yurgizilsin. Asbobning maksimal ko‘rsatkichiga erishish uchun soat strelkasi bo‘yicha datchik dastasi burchagini aylantirib «ish tartibi» pereklyuchatelini «faza» holatiga urnatiladi sung dastani aylantirishning davom ettirib asbobdagi ko‘rsatkichni nolga o‘rnating. Bu burchak dastlabki kordinatasi buladi. Dvigatelni uchiring!
Yuk namunasini tirmashish nuqtasi savatidagi revba teshigiga burab o‘rnating. Dvigatelni II-chi marotaba yurgizing. A2 vibrosiljish amplitudasini ulchang hamda burchakni II-chi kordinatasini o‘lchang.
Vazinsizlik yuk massasini aniqlash uchun olingan natijalar bo‘yicha quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Bu yerda: birinchi va ikkinchi kordinatalar orasidagi burchak.
- yuk namunasining soni, bu quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Bu yerda: G - tekislikda vibrosiljish amplitudasini o‘lchayotganda tayanchga tug‘ri keladigan moslamaning massasi, kg.A – vibrosiljish amplitudasini shkalasi
R – aylanish o‘qida joylashtiriladigan yuk namunasining radiusi.
Muvozanatlashtiruvchi yuk joylashtiriladigan uning joylanish radiusini saqlash sharti burchagini aniqlash:
Holatida burchagini namunaviy yukni o‘rnatish joyidan burchak datchik tomonidan, soat o‘qiga qarshi yunalishda hisoblanadi. Agar burchagi > 180oS, bu holda burchagi namunaviy yuk o‘rnatilgan joydan soat o‘qi yo‘nalishi bo‘ylab hisoblanadi.
5.10. Hisoblangan burchakka muvozanatlashtiruvchi yukni o‘rnating, dvigatelni yurgizing va hisob to‘g‘riligini tekshiring. Buyum muvozanatsizligi holatida namunaviy yukdan burchak hisobining yo‘nalishini o‘zgartiring.
Texnika havfsizligi bo‘yicha ko‘rsatma:
Qurilmani elektr tarmog‘iga ulashdan oldin, elektr jihozlarning butunligini tekshirib oling. Agarda simlar himoyasida razetka, vilka va boshqa qismlarda kamchilik topsangiz yoki elektr qurilmasi yerga ulangan holatda bo‘lsa bu haqida o‘qituvchiga darhol habar qiling.
Asboblarni elektr tarmog‘iga ulash faqat o‘qituvchi ruhsati bilan amalga oshiriladi.
Ushbu ishini bajarish jarayonida faqat ayni ishga dahldor shaxslarga asbobdan foydalanishga ruxsat etiladi.
Chaqnashlar ruy bersa ish tuxtatiladi.
Ishini tugatgach asboblarni elektr tarmog‘idan o‘chirish kerak.
Nazorat savollari
Vibratsiya deb nimaga aytiladi.
Vibratsiya qaysi parametrlar bilan ta’riflanadi.
Ish joyida vibratsiya sathini mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichda keltiring.
Vibratsiyani kamaytirish uchun qanday usullar qo‘llanilgan?
O‘tkazish koeffitsientini aniqlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |